ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL
SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№ 3
323
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Quyida koʻrgazmali materiallar xususida ayrim fikr-mulohazalar bildirilgan. Koʻrgazmali
materiallar yordamida bir vaqtning oʻzida muhokama qilinayotgan savol, axborotni ham eshitish,
ham koʻrish orqali qabul qilish, shubhasiz, taʼlim oluvchilarning puxta bilim olishlariga yordam
beradi.
Bizga maʼlumki, koʻrgazmali materiallarning xilma-xil shakllari mavjud. Taraqqiyotning
oʻzi bir tomondan fanni chuqur oʻzlashtirishni zarur qilib qoʻysa, ikkinchi tomondan turli-tuman
yangi metodlar, koʻrgazmalilikni oshirish, texnika vositalaridan samarali foydalanish, ularni
qoʻllashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish, qiziqarli jarayonga aylantirishga
yordam beradi. Koʻrgazmalilik, odatda, xayolan koʻz oʻngiga keltirish
bilan yoki namoyish
qilish bilan taʼminlanadi. Koʻrgazmali materiallar: nomoddiy, texnik va moddiy turlarga
boʻlinadi.
Nomoddiy koʻrgazmali materiallar deyilganda, dars jarayonida soʻz bilan oʻqituvchi
tomonidan maʼlumotlarni yodga tushirish, taʼlim oluvchilarning xayolida gavdalantirish mumkin
boʻlgan ichki, xayoliy tushunchalar, yaʼni adabiyot, sanʼat
asarlari, badiiy film, badiiy asar
qahramonlari, hayotda yuz beradigan turli voqea, hodisa va turli vaziyatlarni tasavvur qilish
orqali hosil qilish tushuniladi.
Darsni boshlaganda oʻqituvchi oʻtilgan mavzuni taʼlim oluvchilarning yodiga tushiradi.
Oʻqituvchi yangi mavzuni boshlar ekan, taʼlim oluvchilar
diqqatini unga jalb qilish, fikrini
yoʻnaltirish uchun adabiyot, sanʼat asarlari yoki hayotda yuz bergan voqeani gapirib berishi
mumkin. Bu yangi mavzuni oʻrganishga taʼlim oluvchilar ruhi va kayfiyatini tayyorlaydi.
Masalan, «Pedagogika» fanidan «Taʼlim nazariyasi» mavzusini boshlashdan avval auditoriyaga
quyidagicha murojaat qilish mumkin: «Taʼlim nazariyasi», «taʼlim jarayoni» yoki «taʼlim tizimi»
deyilganda nimani tushunish mumkin? Ushbu savollarga taʼlim oluvchilar oʻzlari oldindan
bilgan, oʻqigan, eshitgan maʼlumotlarga tayanib, koʻz oldilariga keltirib, oʻz
fikr va
mulohazalarini bildiradilar.
Texnik koʻrgazmali materiallar deyilganda, taʼlim vositalarini tushunish mumkin. Chunki
pedagogikada taʼlim vositalari koʻrgazmali material sifatida qaraladi. Bugungi kunda, uzluksiz
taʼlim tizimini texnika vositalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Taʼlim vositalari deb, oʻqitilishi va
oʻrganilishi lozim boʻlgan har qanday bilimlarni yetkazuvchi va axborot tashuvchi vositalarga
aytiladi. Taʼlim vositalari uch turga boʻlinib oʻrganiladi: bosma, texnik va aniq oʻquv vositalari.
Bosma yoki chop etilgan oʻquv materiallariga chop etilgan barcha oʻquv va koʻrgazmali
materiallar kiradi. Bosma materiallar oʻz navbatida ikki turga boʻlinib oʻrganiladi, bular: matnli
va tasvirli bosma materiallar. Masalan, oʻquv yoki ishchi dasturlar, darsliklar, oʻquv va uslubiy
qoʻllanmalar, tarqatmali materiallar, ishchi varaqalari, nazorat yoki topshiriq varaqalari, oʻquv-
uslubiy majmualar, maʼruza matnlari va boshqalar matnli vositalarga misol boʻladi. Ular
maʼlumotlar olish va maʼlumotlarni qayta ishlash uchun xizmat qiladi. Tasvirli koʻrgazmali
materiallarga
slaydlar, diagrammalar, jadvallar, fotosuratlar, chizma-sxemalar, plakat kabilar
misol boʻladi. Ulardan umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun foydalaniladi.
Texnika vositalarini ikki turga boʻlish mumkin:
audiovizual, audiovirtual yoki
yordamchi-jihozli.