PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS
2022 Australia, Melbourne
108
O‘ZBEK TILIDA SO‘Z TURKUMLARI TASNIFI MASALALARI
Shodiyeva Gulrux Nazir qizi
Farg’ona Davlat Universiteti
Lingvistika: Ingliz tili yo’nalishi 1-bosqich magistranti
Ilmiy rahbar: Do’smatov H.
FarDU, tilshunoslik kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya. Maqolada so’z turkumlarining daslabki o’rganiish
davri va
uning rivojlanish bosqichlari, shuningdek o’zbek
tilshunosligi, morfologiya va
sintaksis bo’limlarining shakllanishiga oid tadqiqotlar tahlil qilngan. o‘zbek
tilida
so‘z turkumlari tasnifi masalalariga oid mavjud materiallar o’rganilib tegishli xulosa
va tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: So’z turkumlari,
morfologiya, sintaksis,
tilshunoslik,
grammatika.
KIRISH
Antik davrning buyuk olimi Aristotelning «Poetika» (Poeziya san’ati haqida)
1
asarida morfologiyaga oid ilk namunalar kuzatiladi. Asarning «Til va fikr» (XIX
fasl), «Nutq bo‘laklari» (XX fasl), «Otlarning turlari» (XXI) kabi fasllari bevosita
morfologiyaga oid qarashlarni o‘z ichiga oladi. Yana shuni ham qayd etish lozimki,
eramizdan oldingi 170-90 yillarda Aleksandr maktabi vakillaridan bo‘lmish
Dionisiy Frakiyskiy qadimgi grek tili uchun sakkizta so‘z turkumini (ot, fe’l,
sifatdosh, artikl, olmosh, ko‘makchi, ravish, bog‘lovchi) ajratib tahlil qilgan.
Olimning so‘z turkumlarini ajratish bo‘yicha qarashlari o‘zining aniqligi bilan
ajralib turadi: «Ot turlanuvchi so‘z turkumi bo‘lib, tana yoki narsa (telo-naprimer,
kamen; veщ-naprimer, vosptanie) va umumiy hamda xususiyning ifodasidir:
1
Aristotel. Poetika, adabiyot va san’at nashriyoti. – Toshkent, 1980. – B. 3– 149; 39–47.