2022 Australia, Melbourne 108 O‘zbek tilida so‘z turkumlari tasnifi masalalari shodiyeva Gulrux Nazir qizi


PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix08.11.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#68004
1   2   3   4   5
108-113 (1)

PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS
 

2022 Australia, Melbourne 
111 
o‘rganadi. Lekin grammatika termini tilning grammatik qurilishi ma’nosida ham 
qo‘llanib, bu termin keyingi ma’noda ishlatilganda, grammatika fanining tekshirish 
ob’ektini ifoda qiladi. Til xususiyatlari uning fonetik, leksik va grammatik 
tuzilishida aks etib, hammasi bir butun sistemani hosil qiladi, demak, tilning 
grammatik qurilishi uning fonetik qurilishi bilan va leksik sistemasi bilan bog‘liqdir: 
tilning o‘zaro bog‘langan bo‘laklarning yaxlitligidan iborat bo‘lishi grammatikaning 
fonetika va leksikologiya bilan aloqada ekanligini tilimizdagi so‘zlar orqali 
anglanadi. Bundan kelib chiqadiki, tilning hamma tomonlari o‘zaro bog‘langan, 
o‘zaro shartlangan bo‘lib, grammatik qurilish til sistemasining bir qismi ekanligi 
sezilib turadi. Umuman olganda, grammatika so‘zlarni shakllantiradi, biriktiradi, 
ularning fikr anglatish vositasi sistemasidagi vazifasini namoyon qilib ko‘rsatadi. 
Tilshunoslik nuqtai nazaridan, ko‘pgina tillarning grammatik qurilishida 
o‘xshashliklar borligini ko‘ramiz, lekin, ikkinchi tomondan, bir oilaga kiradigan 
tillarning orasida ham ma’lum farqlar mavjud. Bunda o‘xshashlik nisbatan 
sintaksisda seziladi, farqlanish, noo‘xshashlik esa so‘z shakllarida kuchli 
hisoblanadi 
Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Xojiev, I.Rasulov, X.Doniyorovlar 
tomonidan nashr etilgan. Hozirgi o‘zbek arabiy tili darsligida so‘z turkumlarni 12 
turga bo‘lib mustaqil so‘zlarni - ot, sifat, son, olmosh, fel, ravish; yordamchi 
so‘zlarni – ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama; bundan tashqari modal so‘zlar, undov 
va taqlid so‘zlar tarzida o‘rganganligini ko‘ramiz. Lekin o‘zbek tili 
grammatikasining praktikumi
9
kitobida esa so‘z turkumlarni to‘rtta katta gruppaga, 
turkumga ajratgan: 
1. Mustaqil so‘zlar – ot, sifat, son, olmosh, ravish.
2. Yordamchi so‘zlar – ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.
3. Undov va taqlid so‘zlar.
4. Modal so‘zlar. 
9
O‘zbek tili grammatikasining praktikumi. Toshkent: O‘qituvchi, 1981. 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin