2022 autentifikatsiya muammolari, usullari va vositalari fozilov Shavkatjon Ibrohimjon o’g’li



Yüklə 106,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix25.12.2023
ölçüsü106,05 Kb.
#194408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
autentifikatsiya-muammolari-usullari-va-vositalari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1204 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
Sertifikat elektron shakl bo’lib, tarkibida qo’yidagi axborot bo’ladi: 

ushbu sertifikat egasining ochiq kaliti; 

sertifikat egasi xususidagi ma’lumot, masalan, ismi, elektron pochta 
manzili, ishlaydigan tashkilot nomi va h.; 

ushbu sertifikatni bergan tashkilot nomi; 

sertifikatsiyalovchi tashkilotning elektron imzosi – ushbu tashki-
lotning maxfiy kaliti yordamida shifrlangan sertifikatsiyadagi ma’lumotlar. 
Qat’iy autentifikatsiyalash. 
Kriptografik protokollarida amalga oshiriluvchi 
qat’iy autentifikatsiyalash g’oyasi quyidagicha.Tekshiriluvchi (isbotlovchi) taraf 
qandaydir sirni bilishini namoyish etgan holda tekshiruvchiga o’zining haqiqiy 
ekanligini isbotlaydi. Masalan, bu sir autentifikatsion almashish taraflari o’rtasida 
oldindan xavfsiz usul bilan taqsimlangan bo’lishi mumkin. Sirni bilishlik isboti 
kriptografik usul va vositalardan foydalanilgan holda so’rov va javob ketma-ketligi 
yordamida amalga oshiriladi. Eng muhimi, isbotlovchi taraf faqat sirni bilishligini 
namoyish etadi, sirni o’zi esa autentifikatsion almashish mobaynida ochilmaydi.Bu 
tekshiruvchi tarafning turli so’rovlariga isbotlovchi tarafning javoblari yordami bilan 
ta’minlanadi. Bunda yakuniy so’rov faqat foydalanuvchi siriga va protokol 
boshlanishida ixtiyoriy tanlangan katta sondan iborat boshlang’ich so’rovga bog’liq 
bo’ladi. Aksariyat hollarda qat’iy autentifikatsiyalashga binoan har bir foydalanuvchi 
o’zining maxfiy kalitiga egalik alomati bo’yicha autentifikatsiyalanadi. Boshqacha 
aytganda foydalanuvchi uning aloqa bo’yicha sherigining tegishli maxfiy kalitga 
egaligini va u bu kalitni axborot almashinuvi bo’yicha haqiqiy sherik ekanligini 
isbotlashga ishlata olishi mumkinligini aniqlash imkoniyatiga ega. 
X.509 standarti tavsiyalariga binoan qat’iy autentifikatsiyalashning quyidagi 
muolajalari farqlanadi: 

bir tomonlama autentifikatsiya

ikki tomonlama autentifikatsiya; 

uch tomonlama autentifikatsiya. 
Bir tomonlama autentifikatsiyalash bir tomonga yo’naltirilgan axborot 
almashinuvini ko’zda tutadi. Autentifikatsiyaning bu turi quyidagilarga imkon 
yaratadi: 

axborot almashinuvchining faqat bir tarafini haqiqiyligini tasdiqlash; 

uzatilayotgan axborot yaxlitligining buzilishini aniqlash; 

"uzatishning takrori" tipidagi xujumni aniqlash

uzatilayotgan autentifikatsion ma’lumotlardan faqat tekshiruvchi taraf 
foydalanishini kafolatlash. 



Yüklə 106,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin