2022 davlat sektorida moliyaviy nazoratini tashkil etishning nazariy va tashkiliy asoslari safarov Anvarjon Rustamovich



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix28.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#168354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
59 Safarov Anvarjon Rustamovich 441-451

Ключевые слова: финансы, объекты управления, бюджет, принципы, 
органы местного самоуправления, экономика, счетная палата. 
 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
442 
w
www.oriens.uz
September
2022
 
KIRISH
Moliyaviy nazoratning yuzaga kelishi va rivojlanishi davlat moliyaviy 
tizimining tashkil etilishi va rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Moliyaviy 
nazoratni tashkil etish bu moliyaviy resurslarni boshqarishning majburiy elementi 
hisoblanib, bunday boshqaruv jamiyat oldidagi javobgarlikni aks ettiradi. Nazorat bu 
oxirgi maqsad hisoblanmaydi, nazorat bu boshqarish tizimining ajralmas qismi bo’lib, 
mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy shartidir. 
Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan 
davlat nazoratining tarkibiy elementi bo’lib hisoblanadi. 
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev taʼkidlaganidek - “Makroiqtisodiy 
barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning yuqori surʼatlarini 
saqlab qolish, jumladan, Davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va 
ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini taʼminlash - eng muhim ustuvor 
vazifamizdir”
1
.
Davlat budjeti budjet mablag’lari boshqaruvchilarining ehtiyojlarini 
moliyalashtirish orqali muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Iqtisodiyot va 
umuman jamiyatni rivojlantirish uchun muhimligiga qaramay, O’zbekiston budjet 
tizimi yuqori markazlashuv, davlat qarzining yuqori darajasi sharoitida budjet 
taqchilligini moliyalashtirish muammolari va boshqalar bilan bog’liq ma’lum 
kamchiliklarga ega.
Nazorat boshqarish siklining shakli sifatida qabul qilinayotgan yoki qabul 
qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va samaradorligini baholash, bu 
qarorlarning amalga oshirilish darajasini haqiqiy natijalarning o’rnatilgan 
parametrlari va meʼyoriy ko’rsatmalardan og’ish (farq qilish) darajasini aniqlash va 
salbiy holatlarni bartaraf etishga qaratiladigan boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
maqsadida boshqariluvchi obyekt faoliyatini kuzatish, solishtirish, tekshirish va tahlil 
qilish tizimidir. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin