Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 565
w www.oriens.uz March 2022 hamdo‘stlikda yashaganlar. Bu esa xalqimizga xos bo‘lgan diniy bag‘rikenglikning
ma’naviy asosini tashkil etadi.
Bugun ham yurtimizda diniy bag‘rikenglik va osoyishtalikni ta’minlash
Konstitutsiyamizda qat’iy belgilab qo‘yilgan bo‘lib, olib borilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar doirasida diniy e’tiqod erkinligi sohasida tub o‘zgarishlar amalga
oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining diniy sohada davlat siyosatining asosiy
ustuvor yo‘nalishlari fuqarolarning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi kafolatlash,
konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda bag‘rikenglik
madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR “Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, – degan qoida
diniy bag‘rikenglik uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ularni anglash uchun
avvalo, “ektremizm”, “terrorizm” qanday yuzaga kelgan degan savollarga javob topa
bilishimiz kerak.
“Ekstremizm” so‘zi lotincha
extremis - ashaddiy, atamasidan olingan bo‘lib,
“keskin fikr va choralarni yoqlash, keskin choralarga tarafdorlik” ma’nosini
anglatadi
1
.
Olimlar “ekstremizm” iborasini siyosiy atama deb qaraydilar. Bu
atamaning siyosat bilan bog‘liq jihatlari shundaki, norasmiy ekstremistik tashkilot
rahbarlari siyosiy masalalar yuzasidan “keskin, qat’iy choralar ko‘rish yo‘li bilan”,
ya’ni kuch ishlatish, zo‘rlik bilan davlatning rasmiy hokimiyatni konstitutsiyaga
xilovf ravishda o‘zgartirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganligidadir. Ularning
norasmiy deyilishiga sabab, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Siyosiy