Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1402
w www.oriens.uz March 2022 - kuzatilgan voqea va hodisalarni tushintirishda muntazamlik, ketma-ketlik;
- tajriba;
-o‘qitishning har bir vaziyatli, savol-javob shakli bilish jarayonini
rivojlantiriladi[1].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA O‘tgan asrning 60-yillarida muammoli ta’lim L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov,
V.Okon, I.Y.Lerner kabi tadqiqotchilarning qarashlari negizida yanada rivojlangan.
S.L.Rubinshteynning “Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi” degan g‘oyasi
muammoli ta’limning psixologik asosi sifatida qabul qilingan.
Muammoli ta’lim texnologiyasining eng asosiy yutuq tomoni va ahamiyati
shundan iboratki, ta’lim oluvchi o‘zida tanqidiy fikr yuritish bo‘yicha ko‘nikmalar
hosil qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Ta’limiy maqsadga to‘liq erishish uchun jarayonni to‘g‘ri tashkil etish,
talabalarda o‘rganishga nisbatan motvatsiya hosil qilish, ularni tanqidiy fikrlashga
o‘rgatish lozim bo‘ladi. Oliy ta’lim tizimida yuqoridagi vazifalarni amalga
oshirishda eng maqbul ta’lim texnologiyalardan biri bu-muammoli-modulli ta’lim
texnologiyasidir. Rus olimi M.Choshanov ushbu texnologiya haqida quyidagilarni
bayon qiladi- “Muammoli-modul texnologiyasi orqali o‘qitishda asosiy e’tiborni biz
talabalarning tanqidiy fikrlash orqali masalalarni hal qilishga o‘rgatilishiga
qaratishimiz lozim bo‘ladi”[2]. Yana bir taniqli rus pedogog olimi A. Matyushkin
fikriga ko‘ra “muammoli ta’lim texnologiyasi ta’lim oluvchilarning fiklash
qobiliyatini yanada rivojlantiradi[3]”. Muammoli ta’lim deganda o‘kuv materialini
o‘kuvchilar ongiga ilmiy izlanishga o‘xshash vazifalari va muammolarini vujudga
keltiradigan yo‘sinda o‘rganish tushuniladi. O‘kuvchi (talaba)ning fikrlash faoliyatida
muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular talaba (o‘kuvchi)ni ob’ektiv ravigsda
izlanishga va mantikdn to‘g‘ri ilmiy hulosalar chiqarishni o‘rganishga da’vat etadi[4].
Muammoli ta’lim texnologiyasidan nafaqat oliy ta’limda balki ta’limning barcha
bo‘g‘inlariga tadbiq etish lozim. Chunki bog‘cha yoshidanoq ta’lim–tarbiya
jarayonida muammoli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’lim oluvchilarni
fikrlash va tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirishimiz mumkin bo‘ladi. Bu
amaliyot ta’limning qolgan bo‘g‘inlarida ham davom ettirilsa, ularda hosil bo‘lgan
ko‘nikmalar orqali ta’lim beruvchining pedogogik vazifalarni bir muncha
onsonlashishiga sababchi bo‘ladi. Tafakkurning rivojlanishi orqali ta’lim oluvchi