2022 muammoli ta’lim texnologiyasining mohiyati himmataliyev Do‘stnazar Omonovich



Yüklə 51,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü51,08 Kb.
#204875
1   2   3   4   5
muammoli-ta-lim-texnologiyasining-mohiyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1402 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
- kuzatilgan voqea va hodisalarni tushintirishda muntazamlik, ketma-ketlik; 
- tajriba; 
-o‘qitishning har bir vaziyatli, savol-javob shakli bilish jarayonini 
rivojlantiriladi[1]. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
O‘tgan asrning 60-yillarida muammoli ta’lim L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, 
V.Okon, I.Y.Lerner kabi tadqiqotchilarning qarashlari negizida yanada rivojlangan. 
S.L.Rubinshteynning “Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi” degan g‘oyasi 
muammoli ta’limning psixologik asosi sifatida qabul qilingan. 
Muammoli ta’lim texnologiyasining eng asosiy yutuq tomoni va ahamiyati 
shundan iboratki, ta’lim oluvchi o‘zida tanqidiy fikr yuritish bo‘yicha ko‘nikmalar 
hosil qiladi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Ta’limiy maqsadga to‘liq erishish uchun jarayonni to‘g‘ri tashkil etish, 
talabalarda o‘rganishga nisbatan motvatsiya hosil qilish, ularni tanqidiy fikrlashga 
o‘rgatish lozim bo‘ladi. Oliy ta’lim tizimida yuqoridagi vazifalarni amalga 
oshirishda eng maqbul ta’lim texnologiyalardan biri bu-muammoli-modulli ta’lim 
texnologiyasidir. Rus olimi M.Choshanov ushbu texnologiya haqida quyidagilarni 
bayon qiladi- “Muammoli-modul texnologiyasi orqali o‘qitishda asosiy e’tiborni biz 
talabalarning tanqidiy fikrlash orqali masalalarni hal qilishga o‘rgatilishiga 
qaratishimiz lozim bo‘ladi”[2]. Yana bir taniqli rus pedogog olimi A. Matyushkin 
fikriga ko‘ra “muammoli ta’lim texnologiyasi ta’lim oluvchilarning fiklash 
qobiliyatini yanada rivojlantiradi[3]”. Muammoli ta’lim deganda o‘kuv materialini 
o‘kuvchilar ongiga ilmiy izlanishga o‘xshash vazifalari va muammolarini vujudga 
keltiradigan yo‘sinda o‘rganish tushuniladi. O‘kuvchi (talaba)ning fikrlash faoliyatida 
muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular talaba (o‘kuvchi)ni ob’ektiv ravigsda 
izlanishga va mantikdn to‘g‘ri ilmiy hulosalar chiqarishni o‘rganishga da’vat etadi[4]. 
Muammoli ta’lim texnologiyasidan nafaqat oliy ta’limda balki ta’limning barcha 
bo‘g‘inlariga tadbiq etish lozim. Chunki bog‘cha yoshidanoq ta’lim–tarbiya 
jarayonida muammoli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’lim oluvchilarni 
fikrlash va tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirishimiz mumkin bo‘ladi. Bu 
amaliyot ta’limning qolgan bo‘g‘inlarida ham davom ettirilsa, ularda hosil bo‘lgan 
ko‘nikmalar orqali ta’lim beruvchining pedogogik vazifalarni bir muncha 
onsonlashishiga sababchi bo‘ladi. Tafakkurning rivojlanishi orqali ta’lim oluvchi 



Yüklə 51,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin