“jinoyat elementlari”
(elements of offence)
tushunchasi, tasnifi va ahamiyati xususida to‘liq ma’lumot berilgan. Jumladan,
Kodeks 3.1-moddasiga ko‘ra, jinoyat o‘z ichiga moddiy va ayb elementlarini
(physical and fault elements)
qamrab oladi. O‘z navbatida, 4.1-moddada
keltirilishicha, jinoyatning moddiy elementlari quyidagilardan iborat:
a) xulq-atvor
(conduct);
b) xulq-atvor natijasi
(a result of conduct);
c) xulq-atvor va uning natijasi o‘rtasidagi holat
(circumstance)
[11].
Ushbu elementlar orasida xulq-atvor ikki xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
harakat
(act)
va harakatsizlik
(omission)
. Bevosita milliy qonunchiligimizga
solishtiradigan bo‘lsak, harakat va harakatsizlikni o‘z ichiga olgan xulq-atvor
ijtimoiy
xavfli qilmishga
; xulq-atvor natijasi
ijtimoiy xavfli oqibatga
; xulq-atvor va uning
natijasi o‘rtasidagi holat esa
ijtimoiy xavfli qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy
bog‘lanishga
to‘g‘ri keladi. Demak, Avstraliya Jinoyat kodeksida belgilangan
moddiy elementni jinoyatning obyektiv tomoni deb, atashimiz mumkin. Avstraliya
Jinoyat kodeksining 5.1-moddasiga ko‘ra, jinoyatning ayb elementlari quyidagilar
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
1005
w
www.oriens.uz
March
2022
bo‘lishi mumkin: a) qasd
(intention)
; b) xabardorlik
(knowledge)
; c) beparvolik
(recklessness)
; d) ehtiyotsizlik
(negligence)
.
Ma’lumki, Jinoyat kodeksimizda aybning qasd va ehtiyotsizlik shakllari nazarda
tutilgan. Avstraliya jinoyat qonuni esa, xabardorlik va beparvolik shakllarini ham
ajratib ko‘rsatgan. Aslida, bu tushunchalar ham begona emas. Negaki, xabardorlik
deganda, shaxsning o‘zi sodir etgan qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglashi
va undan kelib chiqadigan oqibatlarga ko‘zi yetishi tushunilsa, beparvolik o‘z-
o‘zidan ehtiyotsizlikning turi hisoblanadi. Shunday qilib, Avstraliya Jinoyat
kodeksida belgilangan aybning 4 ta elementi jinoyatning subyektiv tomonini tashkil
qiladi. Garchi Kodeksda jinoyat obyekti to‘g‘risida so‘z yuritilmagan bo‘lsa-da,
jinoyat qonunidagi har bir norma alohida ijtimoiy munosabatni qo‘riqlaydi va ular
jinoyat obyekti sanaladi. Jinoyat subyekti uchun Kodeksda yosh va aqliy sog‘lomlik
belgilari o‘z aksini topgan. Yuqorida Rossiya, Moldova, Germaniya va Janubiy
Koreya jinoyat qonunchiligini tahlil qilganimizda, subyekt yoshining minimal
chegarasi 14 yosh ekanligini ko‘rgan edik. Ammo, Avstraliya jinoyat qonunida bu
chegara 10 yosh hisoblanadi. Avstraliya JK 7.1-moddasiga muvofiq, 10 yoshdan
kichik bo‘lgan bolalar jinoyat uchun javobgarlikka tortilmaydi. 7.2-moddada
ta’kidlanishicha, 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘z xulq-atvorining
huquqqa xilofligini anglay olgan taqdirdagina, jinoyat uchun javobgarlikka tortiladi.
Demak, qilmishni Avstraliya Jinoyat kodeksidan kelib chiqib, kvalifikatsiya qilishda
yuqoridagi jinoyat elementlarining barchasi aniqlanishi lozim.
XULOSA
Xulosa qiladigan bo‘lsak, garchi yuqoridagi davlatlar qilmish uchun turli xil
jinoiy javobgarlikni belgilasa-da, ularning barchasida qilmishni kvalifikatsiya qilish
jinoyat tarkibi belgilaridan kelib chiqib, amalga oshiriladi. Ya’ni, real hayotda sodir
etilgan bitta qilmishni boshqasidan farqlash uchun unga xos bo‘lgan belgilar jinoyat
qonunida javobgarlik belgilangan jinoyatning obyektiv va subyektiv belgilari bilan
taqqoslab ko‘riladi. Sodir etilgan qilmishning belgilari jinoyat qonunidagi qaysi
modda belgilari bilan mos tushsa, qilmish aynan o‘sha modda bilan kvalifikatsiya
qilinib, jazo ham mazkur modda sanksiyasi doirasida tayinlanadi.
Shu bilan birga, amaliyotda ba’zan sud-tergov organlari tomonidan jinoyat
tarkibi barcha elementlarining aniqlanmasligi sababli jinoyat hisoblanmagan
qilmishlarni jinoyat deb topish yoki qilmishni boshqa jinoyat sifatida noto‘g‘ri
kvalifikatsiya qilish holatlarning oldini olish maqsadida faqat jinoyat huquqi
nazariyasida emas, balki Moldova va Avstraliya tajribasida bo‘lgani kabi O‘zbekiston
|