2022 suv tejamkor texnologiyalardan foydalanishda xorijiy tajribalar va uni mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga tatqiq etish natijalari



Yüklə 389,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix20.11.2023
ölçüsü389,79 Kb.
#162771
1   2   3   4   5   6   7   8
suv-tejamkor-texnologiyalardan-foydalanishda-xorijiy-tajribalar-va-uni-mamlakatimiz-qishloq-xo-jaligiga-tatqiq-etish-natijalari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
807 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, barcha davlatlarda XXI asr boshidan boshlab 
insoniyat uchun global muammoga aylanib borayotgan suv resurslari taqchilligi 
masalasini hal qilishga, ulardan oqilona foydalanishga e’tibor berib, o’z iqtisodiy 
ko’rsatkichlari, ichki va tashqi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda dasturlar 
tayyorlamoqdalar va dasturlarni ma’lum darajada amalga oshirmoqdalar. 
Suvdan foydalanish jarayoni tahlil qilinganda yana bir masalaga e’tibor qaratish 
lozim, ya’ni dunyodagi davlatlardan birortasining qishloq xo’jaligida O’zbekiston 
kabi deyarli 100 foiz sug’oriladigan yer maydonlaridan foydalanilmaydi. Markaziy 
Osiyo hududida, xususan, O’zbekiston hududida yozda o’simliklarning vegetatsiya 
davrida yog’ingarchilik umuman kuzatilmasligi tufayli tuproq namini ushlab turish 
faqatgina sug’orish tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Bu holat nafaqat mas’uliyatni, 
shuningdek katta mablag’ni sarflab turishni taqozo etadi. O’zbekiston sug’oriladigan 
yer maydonlari, bu maydonlarga ishlov berish va yuqori hosil yetishtirish 
jarayonlarida suv xo’jaligi tizimining ahamiyati kattaligi bo’yicha ham, bu sohaga 
davlat tomonidan ajaratilayotgan mablag’ miqdoriga ko’ra ham boshqa davlatlardan 
keskin farq qiladi. 
Ma’lumki, rivojlangan davlatlarda sug’orish texnologiyasini takomillashtirishga 
katta ahamiyat beriladi. Sug’orish texnologiyasining progressiv usullari dastlabki 
kapital quyilmalarni ko’proq talab qilsa ham, suv sarfini va mehnat sarfini tejash 
imkoniyatini beradi. Bu, ayniqsa, ish kuchi qimmat bo’lgan davlatlarda juda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, O’zbekiston sharoitida tomchilatib sug’orish tizimlari asosan 1975 
yildan boshlab tajriba tariqasida bog’ va uzumzorlarda tadbiq qilina boshlangan.
Bu davrda, ya’ni 1975 yilda esa SANIIRI institutining Jizzax viloyati Zomin 
tumanidagi tajriba xo’jaligida avval 10 ga, keyinchalik 200 ga maydondagi 
uzumzorni, 1977 yilda Xorazm viloyatining Xiva tumanida 1,5 ga maydondagi 
bog’ni, Shreder nomidagi bog’dorchilik va uzumchilik ilmiy tadqiqot institutining 2,0 
ga maydondagi bog’ini sug’orish uchun mahalliy sharoitlarda yaratilgan tomchilatib 
sug’orish tizimlari joriy qilingan. Tomchilatib sug’orish tizimlarini qo’llash 1990 
yillar boshida ancha kengaytirildi va ularning maydoni 1993 yilga kelib 1134 
gektarga yetkazildi. Shu jumladan, 1991-1992 yillarda Isroil texnologiyasi asosida 
Andijon viloyatining Qo’rg’ontepa tumanidagi “Savay” xo’jaligida 1 ming ga paxta 
maydonida 6,6 mln. AQSh dollari qiymatiga ega bo’lgan tomchilatib sug’orish tizimi 
joriy qilish ishlari olib borildi va uning 500 gektarli qismi ishga tushirildi.
Xuddi shu yillarda tomchilatib sug’orish tizimlarini paxta yetishtirishda qo’llash 
mumkinligi o’rganildi. SANIIRIda olib borilgan tadqiqotlar natijalari paxta 



Yüklə 389,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin