Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
805
w
www.oriens.uz
February
2022
METODLAR
Tadqiqot
jarayonida qiyosiy taqqoslash, mantiqiy va abstrakt fikrlash
usullaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish borasida Turkiya tajribasi alohida
ahamiyatga molikdir. Xususan, Turkiyaning o’rtacha yillik suv resurslari 180-190
milliard
kubometrni, yer osti suvlari esa 10-15 milliard kubometrni, jami suv
resurslari esa 200 milliard
kubometrni tashkil qilsa-da, uning faqatgina 30-35 mlrd.
m3 (15 foizi) ishlatiladi. Shundan oqova suv resurslari 25-26 mlrd. m3 va yer osti
suvlari resurslar 5-6 mlrd. m3.
Turkiya iqlimi qishloq xo’jaligi uchun juda ko’p qulayliklar yaratadi va bu
barcha turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish imkonini beradi. Ammo
qishloq xo’jaligi tarmog’i yaxshi rivojlanmagan, masalan, katta imkoniyatlar mavjud
bo’lgan sharoitda asosiy qishloq ho’jaligi ekini bo’lgan g’allaning o’rtacha
hosildorligi 21 tsentnerni tashkil qiladi va aholi jon boshiga yetishtiriladigan go’sht
miqdori o’rtacha 18 kg tashkil qiladi.
Suv xo’jaligi bilan bog’liq barcha ishlarni rejalashtirish, loyihalash, qurish, suv
toshqinlariga
qarshi kurash, qishloq xo’jaligi ekinlari maydonlarini suv bilan
ta’minlash, suv resurslarini shahar va qishloqlarga yetkazib berish ishlarini Davlat
suv xo’jaligi boshqarmasi (DSI) amalga oshiradi.
Shu bilan bir qatorda, suv bilan
bog’liq bajariladigan va bajarilishi lozim bo’lgan ishlar bilan shaxsan Bosh Vazir
shug’ullanadi va nazorat olib boradi.
Turkiyada qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orish
maqsadlarida ishlatiladigan
suvga to’lovlar bo’yicha mahalliy sharoit hisobga olingan mexanizm ishlab chiqilgan.
Sug’oriladigan yerlarning 55,8 foizi eski sug’oriladigan va 44,2 foizi yangidan
o’zlashtirilgan yerlar bo’lib, eskidan sug’oriladigan yerni sug’orish uchun
ishlatiladigan suvga xaq olinmaydi. Bunda ekin maydonlarini sug’orish
va suvni
taqsimlash, suvdan foydalanish inshootlari qadimdan mavjud bo’lganligi e’tiborga
olingan. Hozirgi kunda Turkiyada 152 ta suv ombori ishlab turibdi, yana yangidan 50
dan ziyod suv omborlari qurilmoqda. Ahamiyatli jihati shundaki, davlat tomonidan
suv xo’jaligi tizimi faoliyati uchun sarflanayotgan umumiy mablag’larning 40
foizidan ortig’i gidroenergetika resurslarini sotish hisobidan qoplanadi. Mamlakatda
sug’oriladigan yerlaning ahamiyatli jihatlari juda katta bo’lib,
bunday yerlarni
aholiga uy-joy qurish yoki boshqa maqsadlar uchun taqsimlashtirish ishlari qattiq
nazoratga olingan.