2022 suv tejamkor texnologiyalardan foydalanishda xorijiy tajribalar va uni mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga tatqiq etish natijalari



Yüklə 389,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix20.11.2023
ölçüsü389,79 Kb.
#162771
1   2   3   4   5   6   7   8
suv-tejamkor-texnologiyalardan-foydalanishda-xorijiy-tajribalar-va-uni-mamlakatimiz-qishloq-xo-jaligiga-tatqiq-etish-natijalari

 
 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
805 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
METODLAR
Tadqiqot jarayonida qiyosiy taqqoslash, mantiqiy va abstrakt fikrlash 
usullaridan foydalanildi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish borasida Turkiya tajribasi alohida 
ahamiyatga molikdir. Xususan, Turkiyaning o’rtacha yillik suv resurslari 180-190 
milliard kubometrni, yer osti suvlari esa 10-15 milliard kubometrni, jami suv 
resurslari esa 200 milliard kubometrni tashkil qilsa-da, uning faqatgina 30-35 mlrd. 
m3 (15 foizi) ishlatiladi. Shundan oqova suv resurslari 25-26 mlrd. m3 va yer osti 
suvlari resurslar 5-6 mlrd. m3.
Turkiya iqlimi qishloq xo’jaligi uchun juda ko’p qulayliklar yaratadi va bu 
barcha turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish imkonini beradi. Ammo 
qishloq xo’jaligi tarmog’i yaxshi rivojlanmagan, masalan, katta imkoniyatlar mavjud 
bo’lgan sharoitda asosiy qishloq ho’jaligi ekini bo’lgan g’allaning o’rtacha 
hosildorligi 21 tsentnerni tashkil qiladi va aholi jon boshiga yetishtiriladigan go’sht 
miqdori o’rtacha 18 kg tashkil qiladi. 
Suv xo’jaligi bilan bog’liq barcha ishlarni rejalashtirish, loyihalash, qurish, suv 
toshqinlariga qarshi kurash, qishloq xo’jaligi ekinlari maydonlarini suv bilan 
ta’minlash, suv resurslarini shahar va qishloqlarga yetkazib berish ishlarini Davlat 
suv xo’jaligi boshqarmasi (DSI) amalga oshiradi. Shu bilan bir qatorda, suv bilan 
bog’liq bajariladigan va bajarilishi lozim bo’lgan ishlar bilan shaxsan Bosh Vazir 
shug’ullanadi va nazorat olib boradi.
Turkiyada qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orish maqsadlarida ishlatiladigan 
suvga to’lovlar bo’yicha mahalliy sharoit hisobga olingan mexanizm ishlab chiqilgan. 
Sug’oriladigan yerlarning 55,8 foizi eski sug’oriladigan va 44,2 foizi yangidan 
o’zlashtirilgan yerlar bo’lib, eskidan sug’oriladigan yerni sug’orish uchun 
ishlatiladigan suvga xaq olinmaydi. Bunda ekin maydonlarini sug’orish va suvni 
taqsimlash, suvdan foydalanish inshootlari qadimdan mavjud bo’lganligi e’tiborga 
olingan. Hozirgi kunda Turkiyada 152 ta suv ombori ishlab turibdi, yana yangidan 50 
dan ziyod suv omborlari qurilmoqda. Ahamiyatli jihati shundaki, davlat tomonidan 
suv xo’jaligi tizimi faoliyati uchun sarflanayotgan umumiy mablag’larning 40 
foizidan ortig’i gidroenergetika resurslarini sotish hisobidan qoplanadi. Mamlakatda 
sug’oriladigan yerlaning ahamiyatli jihatlari juda katta bo’lib, bunday yerlarni 
aholiga uy-joy qurish yoki boshqa maqsadlar uchun taqsimlashtirish ishlari qattiq 
nazoratga olingan.



Yüklə 389,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin