2022 suv tejamkor texnologiyalardan foydalanishda xorijiy tajribalar va uni mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga tatqiq etish natijalari



Yüklə 389,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix20.11.2023
ölçüsü389,79 Kb.
#162771
1   2   3   4   5   6   7   8
suv-tejamkor-texnologiyalardan-foydalanishda-xorijiy-tajribalar-va-uni-mamlakatimiz-qishloq-xo-jaligiga-tatqiq-etish-natijalari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
806 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
Xitoy davlatining haydaladigan yer maydoni 100 mln. gektar bo’lib, shundan 50 
mln. gektari sug’oriladigan yerlar hisoblanadi. Yillik yog’ingarchilik miqdori 
o’rtacha 1200 mm.ni tashkil qiladi yoki har gektar yerga 12 ming kubometr suv 
zahirasi to’g’ri keladi. Bu yerda sug’orish ishlari uchun bir yilda o’rtacha 400 mlrd. 
kubometr suv ishlatilib, o’rtacha bir gektar maydonga 7,1 ming kubometr suv zaxirasi 
to’g’ri keladi. Xitoydagi yirik suv xo’jaligi tizimlaridan biri Xuanxe daryosi asosida 
faoliyat yurituvchi majmuadir. Majmuaning uzunligi 252 kilometr bo’lib, u 460 ta 
suv inshootlari, 13 ta dyukerni o’z ichga oladi. Bu yerda suv daryodan 40 metr 
balandlikka ko’tarib beriladi. Bugungi kunda Xitoy suv xo’jaligi vazirligi suvdan 
foydalanish borasida katta huquqlarga ega bo’lib, mamlakatda suv xo’jaligi bo’yicha 
alohida militsiya tizimi ham tashkil qilingan va bu suvdan foydalanish jarayonini 
nazorat qiladi. Amerika Qo’shma Shtatlarida 1960 yillarning boshida Richard Xapin 
tomonidan “Shudringli shlang” nomi (boshqa nomi “spagetti quvuri”) bilan 
tomizgichli lenta ishlab chiqildi va uning birinchi namunasi 1964 yilda amaliyotga 
joriy qilindi. Bunday shlanglar asosan daraxtlarni va issiqxonalarda yetishtiriladigan 
gullarni sug’orish uchun keng joriy qilindi.
Tomchilatib sug’orish tizimlaridan foydalanish 1980 yildan keyin ayniqsa 
kuchaydi va 2000 yilga kelib dunyo miqyosida tomchilatib sug’orish tizimlari joriy 
qilingan ekin maydonlari 3,2 mln. gektardan ortib ketdi. AQShning Xavay orollarida 
qiyalik maydonlarda shakarqamish yetishtirishda egatdan sug’orish usulini qo’llash 
mumkin bo’lmaganligi bois fermerlar yomg’irlatib sug’orishdan foydalanishgan va 
katta qiyinchiliklarga duch kelishgan. Tomchilatib sug’orish yaxshi samara berishi 
aniqlangandan so’ng esa Xavaydagi 11 shakarqamish plantatsiyasi 1986 yilda 
to’laligicha tomchilatib sug’orishga o’tkazilgan. 
Tomchilatib sug’orish tizimlarini qo’llashda Isroil, Kipr, AQSh, Italiya, 
Avstraliya va Iordaniya kabi jahon mamlakatlarida juda katta yutuqlarga erishildi. 
AQSh, Avstraliya, Isroil va boshqa bir qator mamlakatlarda yer ostidan 
tomchilatib sug’orish tizimlari ham keng tarqaldi. Ushbu tizimlar suvni o’simlikning 
ildiz qatlami ostidan yetkazib berishga moslashtirilganligi bilan boshqa tomchilatib 
sug’orish tizimlaridan keskin farq qiladi. Yevropa mamlakatlarida suv resurslaridan 
foydalanish va ularni samarali boshqarish masalasi eng dolzarb mavzular qatoriga 
kiradi. Masalan, Ispaniyada keyingi yillarda qurg’oqchilik sababli kelib chiqayotgan 
qator muammolar natijasida avvalroq vujudga kelgan og’ir ekologik vaziyatni 
yaxshilash dasturlari, daryolarni bir-biriga oqizish tadbirlari amalga oshirilgan bo’lsa, 
yaqin yillardagi yog’ingarchiliklar va suv toshqinlari tufayli, uzoq kelajakka 
mo’ljallangan kuchli davlat tadbirlari ustida ish olib borilmoqda. 



Yüklə 389,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin