Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 807
w www.oriens.uz February 2022 Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, barcha davlatlarda XXI asr boshidan boshlab
insoniyat uchun global muammoga aylanib borayotgan suv resurslari taqchilligi
masalasini hal qilishga, ulardan oqilona foydalanishga e’tibor berib, o’z iqtisodiy
ko’rsatkichlari, ichki va tashqi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda dasturlar
tayyorlamoqdalar va dasturlarni ma’lum darajada amalga oshirmoqdalar.
Suvdan foydalanish jarayoni tahlil qilinganda yana bir masalaga e’tibor qaratish
lozim, ya’ni dunyodagi davlatlardan birortasining qishloq xo’jaligida O’zbekiston
kabi deyarli 100 foiz sug’oriladigan yer maydonlaridan foydalanilmaydi. Markaziy
Osiyo hududida, xususan, O’zbekiston hududida yozda o’simliklarning vegetatsiya
davrida yog’ingarchilik umuman kuzatilmasligi tufayli tuproq namini ushlab turish
faqatgina sug’orish tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Bu holat nafaqat mas’uliyatni,
shuningdek katta mablag’ni sarflab turishni taqozo etadi. O’zbekiston sug’oriladigan
yer maydonlari, bu maydonlarga ishlov berish va yuqori hosil yetishtirish
jarayonlarida suv xo’jaligi tizimining ahamiyati kattaligi bo’yicha ham, bu sohaga
davlat tomonidan ajaratilayotgan mablag’ miqdoriga ko’ra ham boshqa davlatlardan
keskin farq qiladi.
Ma’lumki, rivojlangan davlatlarda sug’orish texnologiyasini takomillashtirishga
katta ahamiyat beriladi. Sug’orish texnologiyasining progressiv usullari dastlabki
kapital quyilmalarni ko’proq talab qilsa ham, suv sarfini va mehnat sarfini tejash
imkoniyatini beradi. Bu, ayniqsa, ish kuchi qimmat bo’lgan davlatlarda juda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, O’zbekiston sharoitida tomchilatib sug’orish tizimlari asosan 1975
yildan boshlab tajriba tariqasida bog’ va uzumzorlarda tadbiq qilina boshlangan.
Bu davrda, ya’ni 1975 yilda esa SANIIRI institutining Jizzax viloyati Zomin
tumanidagi tajriba xo’jaligida avval 10 ga, keyinchalik 200 ga maydondagi
uzumzorni, 1977 yilda Xorazm viloyatining Xiva tumanida 1,5 ga maydondagi
bog’ni, Shreder nomidagi bog’dorchilik va uzumchilik ilmiy tadqiqot institutining 2,0
ga maydondagi bog’ini sug’orish uchun mahalliy sharoitlarda yaratilgan tomchilatib
sug’orish tizimlari joriy qilingan. Tomchilatib sug’orish tizimlarini qo’llash 1990
yillar boshida ancha kengaytirildi va ularning maydoni 1993 yilga kelib 1134
gektarga yetkazildi. Shu jumladan, 1991-1992 yillarda Isroil texnologiyasi asosida
Andijon viloyatining Qo’rg’ontepa tumanidagi “Savay” xo’jaligida 1 ming ga paxta
maydonida 6,6 mln. AQSh dollari qiymatiga ega bo’lgan tomchilatib sug’orish tizimi
joriy qilish ishlari olib borildi va uning 500 gektarli qismi ishga tushirildi.
Xuddi shu yillarda tomchilatib sug’orish tizimlarini paxta yetishtirishda qo’llash
mumkinligi o’rganildi. SANIIRIda olib borilgan tadqiqotlar natijalari paxta