Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
809
w
www.oriens.uz
February
2022
Ushbu rasmdan ham ko’rinib turibdiki, mamlakatimiz qishloq xo’jaligida
suvtejamkor texnologiyalarni qo’llash samaradorligi va 2025 yilgacha bo’lgan
prognoz ko’rsatkichlari keltirilgan bo’lib, bugungi global iqlim o’zgarishi
va suv
tanqisligi sharoitida sug’orishning suvtejamkor texnologiyalarni qo’llash davr talabi
ekanligini ko’rsatmoqda.
XULOSA
Xulosa qiladigan bo’lsak, xorijiy davlatlarda sug’orish texnologiyasini
takomillashtirishga katta ahamiyat berilgan. Dunyodagi ko’pgina
mamlakatlarning
har bir melioratsiya va suv xo’jaligi bo’yicha o’z tarixiy an’analariga, suv
resurslariga bo’lgan ehtiyojiga, iqtisodiyotning rivojlanish yo’liga, sug’orish tarixiga
egadir va ular bir - biridan farq qiladi. Suvdan foydalanish yo’nalishlari ularda,
asosan, davlatning taraqqiyot darajasiga qarab belgilangan.
Mamlakatimizda, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish, bunda davlat
tomonidan yaratilayotgan qulayliklardan foydalanish qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi takliflarni bermoqchimiz:
❖
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va
suv iste’moli hisobini yuritishda «Smart Water» («Aqlli suv»)
va shu kabi raqamli
texnologiyalarni joriy qilish;
❖
qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug’orish
texnologiyalarini joriy qilishni yanada kengaytirish va davlat tomonidan
rag’batlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va
grantlarni jalb qilish;
❖
sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini
ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirishga ko’maklashish,
tuproqning
sho’rlanish darajasini pasaytirish va oldini olish bo’yicha samarali texnologiyalarni
qo’llash;
❖
suv xo’jaligida bozor
iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan,
suvni yetkazish
xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan qoplash
tizimini joriy qilish, tushgan mablag’larni suv xo’jaligi ob’ektlarini o’z vaqtida sifatli
ta’mirlash-tiklash, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga
yo’naltirish;
❖
suv xo’jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish,
alohida
suv xo’jaligi ob’ektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun
berish hamda tejalgan mablag’larni suv xo’jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish va
xodimlar mehnatiga haq to’lash va rag’batlantirishga yo’naltirish;