Elektron kutubxona deganda nimani tushunamiz? Uning tarkibiy qismlari nima?



Yüklə 112,17 Kb.
səhifə1/7
tarix20.09.2023
ölçüsü112,17 Kb.
#145542
  1   2   3   4   5   6   7
Elektron kutubxona deganda nimani tushunamiz


Elektron kutubxona deganda nimani tushunamiz? Uning tarkibiy qismlari nima? Xalqaro Tarmoqdagi minglab kitoblarni o'z ichiga oladigan saytlar elektron kutubxonami yoki kutubxona saytlari hammi? Raqamli kolleksiyalarni yaratish uchun qanday bilim va malakalar kerak bo'ladi? Ushbu ma`ruzada shu kabi savollarga javob topishga harakat qilamiz (maqolada "elektron kutubxona", "e-kutubxona" va "raqamli kutubxona" terminlari bir ma'noda qo'llaniladi).
Elektron kutubxona-Internetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Bu kutubxonaning elektron shaklidir. Kutubxona deganda, odatda, ko`plab kitoblar terib qo`yilgan , uzun, katta javonlar joylashgan xonalar ko`z oldimizga keladi. Elektron kutubxonada javonlar vazifasini jildlar, kitoblar vazifasini esa Internet saxifalari bajaradi. Bu kutubxona ma'lumotlari elektron ko`rinishda bo`ladi va ular kompyuterda joylashadi. Bu kutubxonadan foydalanish juda qulay. U orqali Siz dunyoning ixtiyoriy nuqtasidagi elektron kutubxona ma'lumotlaridan foydalana olishingiz mumkin. Yana bir qulay tomoni zarur ma'lumot nusxasini ko`chirib olishingiz mumkin. Elektron kutubxonadan foydalanishingiz uchun kompyuter, modem va Internet tarmog`i bo`lishi yetarli.
Faraz qilaylik, biror bir ma'lumot bilan tanishish uchun elektron kutubxonadan foydalanmoqchisiz. Kompyuter va Internet yordamida ma'lumotni bir necha daqiqada topish mumkin. Ma'lumot dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan bir zumda sizning kompyuteringiz ekranida tasvirlanadi. Buning uchun Siz kompyuteringiz tugmachasini bosishingiz va elektron kutubxonaga kirishingiz yetarlidir. Bir necha daqiqada ma'lumot ko`z oldingizda namoyon bo`ladi. Bu mujizani eslatadi. Bu mujiza virtuallik deb ataladi. Unga faqat kompyuter va maxsus tarmoq orqali erishish mumkin. Bir necha yil avval bir maqolani topish uchun oylab vaqt sarflash zarur edi. Bugun esa bu maqsadni amalga oshirish uchun boshqa shaharga borish va vaqt sarflash zarurati yo`qoldi. Elektron kutubxonalar yordamga keldi. Elektron kutubxonalarni turlicha nomlashadi: Elektron kutubxona, Virtual kutubxona, e-kutubxona, e-library, digital library.
Keyingi vaqtlarda virtual dunyo, virtual olam, virtual do`st kabi so`zlar paydo bo`ldi. Virtual so`zining ma'nosi bu tasavvur qilishdir. Virtual kutubxona bu odatdagi kutubxonaning abstrakt ko`rinishidir. Bu kutubxonaning kitoblari, jurnallari va ro`znomalari kitob javonlarida emas, balki kompyuter xotirasida joylashgan bo`ladi. Bu kompyuterda yoki kompyuter maxsus qurilmalarida raqamli formatda saqlanadigan ma'lumotlar to`plamidir. Bu: bosma audio, video va multimedia ma'lumotlaridir. Ma'lumotlar xajmiga qarab, serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog`langan bir necha kompyuterlardan iborat bo`ladi.
G'arb mamlakatlarida, masalan AQShda, kutubxonalarni avtomatlashtirish 60-yillardan boshlangan, kitoblarni kompyuterga kiritish orqali elektron kolleksiyalarni yaratish 1971 yildanoq bajarib kelinmoqda. Bizning mamlakatimizda Internet tarmog'ining 90-yillarning oxiri-2000 yillarning boshidan ommalashishi bugungi kunga kelib bizga elektron kutubxonalarni yaratib, mamlakatimiz aholisi va dunyo ahli bilan alishish imkonini bermoqda. Alisher Navoiy nomidagi Davlat Kutubxonasining kabi markaziy tashkilotlarning loyihalari, Internet tarmog'ida tashabbuskor vatandoshlarimiz tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan kolleksiyalar bunga misol. Bu loyihalarning bajarilish darajasi turlicha bo'lib, bu albatta malakali mutaxassislarning bu jarayonlarda zamonaviy bilimlarni qo'llagan holda ishtirok etganlari yoki etmaganlariga bog'liq. Xalqaro standartlar va muvaffaqiyatli amaliyotlar (best practice) dan xabardorlik va ko'p hollardagi vaziyatni tubdan yaxshilashi muqarrar. Shu maqsad yo'lida elektron kutubxonalar konsepsiyasi, uning tamoyillari va xorijda to'plangan tajribalar xususida so'z yuritamiz.
AQSh universitetlaridan biridagi "Elektron kutubxonalar" kursi talabalari ilmiy adabiyotdan ushbu atamaning 65 ta ta'rifini to'plab, umumiy xususiyatlarni ajratib olishdi. Unga ko'ra elektron kutubxona:
*ma'lum jamoalar yoki jamoalar majmuiga xizmat qiladi;
*yagona ob'ekt bo'lmasigi mumkin (ya'ni qismlar turi domenlar yoki tashkilotlarga biriktirilgan);
*barcha qismlar uchun umumiy bo'lgan mantiqiy tashkiliy strukturaga ega;
*nafaqat erkin foydalanish imkoni, balki ta'limiy komponentlarni o'z ichiga olgan;
*inson va texnologik resurslardan unumli foydalangan;
*tez, samarali va to'siqsiz kirishni ta'minlaydi;
*kirishning turli darajalarini ta'minlaydi (user, contributor, administrator va hok.);
*bepul foydalanishni taklif etadi (ehtimol foydalanuvchilarning faqat ayrim guruhlariga);
*resurslarga egalik va nazorat qilish;
*kolleksiyalar:
**yirik va uzoq muddatga saqlab kelinadigan;
**yaxshi tashkillashtirilgan va boshqariladigan (fayllarning mavjud kategoriyalarga to'g'ri kiritilishi, metadata qoidalarga mos shaklda ta'minlanishi va hok.);
**turli xil formatlarni o'z ichiga olgan;
**nafaqat ob'ektlar haqida ma'lumot (abstrakt, bibliografik ma'lumot va hok.), balki ularning o'ziga ham ega bo'lishi (kitob, maqola, jurnal va hok.);
**boshqa yo'l bilan qo'lga kiritib bo'lmaydigan noyob manbalarga ega bo'lishi;
**ba'zi fayllar raqamli shaklda yaratilgan (ab origine) bo'lishi mumkin.
Elektron kutubxona tushunchasining quyidagi ta'riflari alohida e'tiborga loyiq:
Elektron kutubxonalar shu turdagi tashkilotlarki, ular raqamli asarlar kolleksiyalarini ma'lum bir jamoalar yoki jamoalar majmuiga oson va iqtisodiy jihatdan qulay holda foydalanish uchun taqdim qiladi; saralash, strukturasini tuzish, intellectual yo'l ochish, talqin qilish, tarqatish, to'laligicha saqlab qolish uchun zarur resurslar, shu jumladan, ixtisoslashgan xodimlar bilan ta'minlaydi. [1]
Shuningdek:
1. Raqamli kutubxonalar elektron resurslar majmui bo'lib, axborotni yaratish, izlash va foydalanish uchun zarur texnik quvvatlarni o'z ichiga oladi. Bu ma'noda ular axborot saqlash va qidiruv sistemalarini to'ldiradi va kengaytiradi; distribyutlashgan tarmoqlardan job olib, har qanday ko'rinishdagi media (matn, surat, ovoz, sokin va dinamik suratlar)ni manipulyatsiya qiladi. Raqamli kutubxonaning tarkibida ma'lumotning o'zi va uning turli xossalarini tasvirlaydigan metadata (masalan, aks ettirish (representation) yo'llari, yaratuvchisi, egasi, qayta bo'yicha huquqlar va hok.) va boshqa ma'lumot yoki metadata (tashqi yoki raqamli kutubxona ichidagi)ga bo'lgan link yoki munosabatni ko'rsatadigan elementlardan tashkil topgan bo'ladi.
2. Elektron kutubxonalar foydalanuvchilar jamoasi tomonidan shakllantirilib, ularning funksional imkoniyatlari o'sha jamoaning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ular jamoalarning ajralmas qismi bo'lib, bundagi yakka shaxs va guruhlar bir-biri bilan ma'lumot, axborot va bilim resurslari hamda sistemalari orqali aloqada bo'ladilar. Shu ma'noda elektron kutubxonalar foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun turli resurslar to'planib, saqlanib, va taqdim etib kelinadigan an'anaviy informatsion tashkilotlarning mantiqiy davomi, kengayishi va integratsiyasidir. Shu kabi informatsion tashkilotlar sirasiga kutubxonalar, muzeylar, arxivlar va maktablarni kiritishimiz mumkin. Shuningdek, elektron kutubxonalar sinfxona, ofis, laboratoriya, uy va boshqa o'rinlardagi faoliyatni mazmunan boyitadi. [2]
Yuqoridagi ta'riflardan ko'rinib turibdiki, tom ma'nodagi elektron kutubxona ko'pchilik fikrlaganidek bir necha o'nlab kitobning elektron versiyasi joylashtrilgan veb-saytdan farqli xususiyatlarga ega. Bu nafaqat tashabbuskor foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar jamoasi tomonidan Wordpress, Joomla yoki boshqa ommabop kontentni boshqarish sistemasi (CMS)ning birlamchi versiyasiga joylashtirib chiqilgan elektron matnlar va hokazo fayllar majmui, balki ma'lum tayyorgarlikka ega bo'lgan mutaxassislar tomonidan bibliografik imkoniyatlari keng bo'lgan dasturdan foydalangan holda, resurslarni samarali izlab topilishi maqsadida to'g'ri metadata bilan ta'minlangan, doimiy faoliyat ko'rsatishi uchun muntazam ravishda boyitilib, hamda moliyaviy quvvatlanib kelinadigan butun boshli tuzilma hamdir. Shu o'rinda elektron kutubxonalar bilan chalg'itish oson bo'lgan boshqa narsalarni ajratib olsak:
Bu elektron kutubxona EMAS (balki kutubxona veb-sayti):

Bular ham elektron kutubxona emas (balki tijorat mahsuloti bo'lgan ma'lumotlar bazasi va kutubxonaning onlayn katalogidir):



Yüklə 112,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin