2022 suv tejamkor texnologiyalardan foydalanishda xorijiy tajribalar va uni mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga tatqiq etish natijalari



Yüklə 389,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix20.11.2023
ölçüsü389,79 Kb.
#162771
1   2   3   4   5   6   7   8
suv-tejamkor-texnologiyalardan-foydalanishda-xorijiy-tajribalar-va-uni-mamlakatimiz-qishloq-xo-jaligiga-tatqiq-etish-natijalari

 
 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
804 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
KIRISH 
So’nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini 
boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo’jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish 
va rivojlantirish bo’yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga
global iqlim o’zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining o’sishi, ularning 
suvga bo’lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi 
yildan-yilga kuchayib bormoqda. Foydalanilgan o’rtacha yillik suv miqdori 51 — 53 
mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan,1,9 foizi kollektor 
tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga 
nisbatan 20 foizga qisqargan. 
Respublikada 2020 — 2030 yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlash, sug’oriladigan yerlarning meliorativ 
holatini yaxshilash, suv xo’jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda 
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, suv xo’jaligi ob’ektlarining ishonchli 
ishlashini ta’minlash hamda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini 
oshirishga qaratilgan kontseptsiyani ishlab chiqilishi aynan suv xo’jaligi sohasida olib 
borilayotgan islohotlar natijasidir.
Ayniqsa bugungi suv tanqisligi sharoitida qishloq xo’jaligi ekinlarini 
yetishtirishda suv tejovchi sug’orish texnologiyalarini joriy qilishni yanada 
kengaytirish va davlat tomonidan rag’batlantirish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar 
va grantlarni jalb qilish masalalarini amalga oshirish dolzarb vazifalardan sanaladi. 
Ma’lumki, iqlim o’zgarishi O’zbekistonda suv taqchilligini yanada 
keskinlashtirishini, 2000, 2008, 2011, 2014 va 2018 yillardagi kabi qurg’oqchilikning 
davomiyligi va davriyligi ko’payishiga olib kelishini hamda iqtisodiyotning suv 
resurslariga bo’lgan ehtiyojini qondirishda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi 
mumkinligini ko’rsatmoqda. Keyingi 15 yil ichida aholi jon boshiga suv ta’minoti 3 
048 kub metrdan 1 589 kub metrga qisqardi. Shu bilan birgalikda, respublikada aholi 
soni yiliga o’rtacha 650 — 700 ming nafarga oshib, 2030 yilga borib 39 mln nafarga 
yetishi, ularning sifatli suvga bo’lgan talabi 2,3 mlrd kub metrdan 2,7 — 3,0 mlrd 
kub metrga (18 — 20 foiz) yetishi kutilmoqda.
Shu nuqtai nazardan suvtejamkor texnologiyalardan foydalanishda xorijiy 
tajribalarning ahamiyatli jihatlarini ayrim davlatlar misolida ko’rib chiqamiz va uni 
mamlakatimizning sug’oriladigan yerlarida foydalanish bo’yicha taklif va tavsiyalar 
beramiz. 

Yüklə 389,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin