Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 204
w www.oriens.uz March 2022 asalarichilik xo‘jaliklarini tashkil etilishi ham aholi turmushini qisman
yaxshilanishiga olib keldi. Belgilab berilgan reja bajarilib, ortiqcha mahsulotdan o‘z
ulushiga ega bo‘lgan dehqon tirikchiligi o‘zgardi desa bo‘ladi.
Moliya, bank, kredit masalalari ham to‘ppadan to‘g‘ri markazga yo‘naltirilgan,
yillik qilinayotgan daromad qancha va uning ixtiyori masalasida gap bo‘lishi mumkin
emas edi. “Sobiq ittifoqdan mo‘rt, zaif xom ashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan, arzon
xom ashyo, hamda strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros
bo‘lib qolgan edi.”
2
[2. 6.] Katta yer osti zaxirasiga ega bo‘lgan viloyatda iqtisodiy
tanglik oldindan saqlanib kelayotgani sir emasdi. Masalan, “1953 yilda Stalan – tepa,
keyinchalik, 1056 yilda Gazli makonidan topilgan 500 mlrd. m3 gaz zaxirasi
Respublika aholisini gaz bilan ta’minlashga qaratilmasdan, Sobiq Ittifoqning Yevropa
qismiga – Ural sanoat ob’ektlariga jo‘natilishi natijasida”
3
mahalliy aholining asosiy
yoqilg‘isi tezak va ko‘mir bo‘lib qolaverdi. Ilgari markazda hal etilgan ayrim
mahalliy masalalar – boshqaruvni joylarda yaqinlashtirish, boshqaruv apparatini
qisqartirish, korxonalarning xo‘jalik mustaqilligini kengaytirish, tomarqalarni
boshqarishning hududiy tartibiga o‘tish tadbirlari boshlangandi. Eng yomoni bu
tadbirlar iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning chuqur qatlamlariga borib
yetmayotgandi. Yuqoridan belgilangan rejali ko‘rsatkichlar qisqarib, ishlab
chiqarilgan mahsulotlar emas, realizatsiya qilingan mahsulot bilan ishlab chiqarish
ko‘rsatgichi belgilandi. Siyosiy vaziyat o‘zgarayotgani bois iqtisodiy islohot
o‘tkazish zarurati ko‘zga yaqqol tashlana boshladi. Buxoro aholisining asosiy katta
qismi qo‘l uchida tirikchilik qilishiga asosiy sabab mavjud tuzumning o‘tkir ijtimoiy,
ekologik muammolari ediki, yerlarining nihoyat darajada sho‘rlanishi, yaqin
masofadagi Orol dengizi muammosining kuchayib borayotgani iqtisodiy – ijtimoiy
holatlarga sabab bo‘layotgandi.
Respublika iqtisodiyotidagi tanglikni boshqa mintaqalar qatori Buxoro viloyati
ishlab chiqarishi, sanoati va hattoki madaniy sohalarda ham kuzatish mumkin edi.
Boshqaruvdagi ma’muriy buyruqbozlik siyosiy inqiroz ko‘rinishlarini ham yuzaga
keltira boshladi. “Butun o‘sha davr to‘g‘risidagi haqiqatni xolisona aytadigan, u
zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, shuni
ochiq aytish kerakki, u paytda O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – Markazga
butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan, yarim mustamlaka
mamlakat qatoriga aylangan edi”.
4
[3. 245.]
2
Қ. Усмонов, М. Содиқов. Ўзбекистон тарихи. Т. “Шарқ” 2003 й. 245-б.
3
Аминова. А.М. Зарафшон бўйида саноат шаҳарларининг шаклланиши тарихидан. “Ўтмишга назар”. 2021 й. №
4. 7- б.
4
Каримов И. А. “Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда”. Т.: Ўзбекистон, 1999, 6-бет.