Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 206
w www.oriens.uz March 2022 Iqtisodiyotda yuz bergan inqiroziy holat xalq ta’limiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Garchi respublika maktablari umumiy o‘rta ta’limga o‘tishni yakunlagan bo‘lsada,
umumta’lim maktablari soni 20 yil ichida, ya’ni 1985 yilda 8716 tadan, 9188 taga
yetgan bo‘lsada, xalq ta’limidagi jiddiy muammolar hal etilmadi. Buni Buxoro
viloyati misolida sinf xonalarining soni qanchalik oshmasin, bolalar sonining tabiiy
o‘sishidan orqada qolayotgani misolida ko‘rish mumkin edi. Maktab binolarining
yetishmasligi, moddiy texnik jihatdan zaif ekanligi achinarli edi. Maktablarning
moddiy ta’minoti ham orqada bo‘lib, belgilangan rejaga ko‘ra amal qilinardi.
Buxoro viloyati xalq ta’lim sohasida yetakchi pedagoglar faoliyat ko‘rsatsada,
maktablardagi ta’lim – tarbiya ishlarining mazmuni o‘sha g‘alamis kommunistik
mafkuraga bo‘ysundirilgan bo‘lib, ta’lim – tarbiyada milliy xususiyatlar, tarixiy –
madaniy qadriyatlar, an’analar inobatga olinmasdi. Bu albatta xalq ta’limi sohasida
yuz berayotgan inqiroz edi. Iqtisodiyotdagi keskin inqiroziy vaziyat qanchalar pinhon
tutilmasin, moddiy ta’minotdagi yetar – yetmaslik, sun’iy qisib qo‘yishlik maktab
ta’limini oqsashiga sabab bo‘layotgandi. Bu paytda mahalliy kadrlarni qo‘llab –
quvvatlash, aholi o‘rtasida jipslik va ishchanlik ruhiyatini yaratish, intizomni
mustahkamlash muhim masala edi. Bu masalaga yondoshadigan insonlar bor
bo‘lsada , ularni rag‘batlantirish deyarli sezilmasdi. Umuminsoniy qadriyatlardan
o‘quvchilarni uzoqlashtirish uchun informatika, hisoblash kurslari o‘qitilmadi.
Buning asosiy sababi iqtisodiy tanglik, markazga tobelik edi. Bu paytda Yevropaning
ilg‘or bo‘lmagan mamlakatlari ta’lim tizimi, yoki iqtisodiyoti ancha ilgarilab ketgan,
ular maxsus kompyuter texnologiyalari asosida ta’lim va ishlab chiqarishni
boshqarayotgan edi. Iqtisodiy inqiroz sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak, maktab islohoti
ijtimoiy tangliklar orasida qolib ketdi. Shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ta’lim tarbiya
jarayonini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish orzuligicha qolaverdi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy zahiraga shunchalik boy bo‘lishiga qaramay,
olib borilayotgan islohotlar samarasizdek tuyulardi. “Iqtisodiyotni ko‘tarish uchun
qabul qilingan yillik rejaning bajarilmagani oqibatida yuz bergan oqibatni viloyatda
faoliyat ko‘rsatib kelayotgan DSK, “Uzradstroy”, SIMK – 21 tresti, Trest № 20
boshqarmasi, “”Amubuxorokanalstroy”, “MK–7, “Uzelektrostroy” kabi tashkilotlar
faoliyatida ham ko‘rish mumkin edi. Shuningdek, xom ashyoni tejash, mashinasozlik
va mexanizmlarning qisqartirilishi oylik maoshni sezilarli darajada pasayishiga sabab
bo‘ldi.”
7
[
Ф. № 24-CX.]
Ta’lim sohasida ham islohotlar o‘tkazish vaqti kelib qolgan edi. Birgina 1985
yilda tayyorlangan oliy ma’lumotli mutaxasislar oliy o‘quv yurtlari moddiy texnika
7
Фонд № 24 – СХ. Бухоро вилоят архиви.