MUHOKAMA VA NATIJALAR 1985 yil yakunida viloyat aholisi 1,017 million kishini tashkil etib, viloyatda 89
xil millat va elat vakillari istiqomat qilardi. Viloyatda 10 ta tuman, 10 ta viloyat
tarkibidagi shahar, 3 ta shahar posyolkalar, hamda 84 ta qishloq sovetlari mavjud edi.
Buxoro viloyatida 80 ta ishlab chiqarish korxonasi ish olib borardi. Eng qattiq zarbani
viloyatning yengil sanoat tarmog‘i – paxta tozalash va oziq – ovqat sohasi boshidan
kechirdi. 1985 yilda aholi uchun ishlab chiqarilgan mahsulot 422 million so‘mni
tashkil qildi. Ayniqsa yirik ishlab chiqarish korxonasi sanalgan Buxoro tekstil
korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulot 172 million so‘mdan oshib ketdi. Jami
qishloq xo‘jalik maxsulotlari 413 million tonnani tashkil etdi. 1984 yilning noyabr
oyi hisobiga ko‘ra viloyatda 384 ming tonna paxta yetishtirildi.”
1
[Ф. № 2084. (48)]
Bir so‘z bilan aytganda inqiroziy vaziyat vujudga keldi. Iqtisodiyotdagi siljish ancha
pasaydi. Iqtisodiy islohotlar o‘tkazish vaqti kelgandi. Xuddi shunday ko‘rinishni
1920 yil, keyin esa 1960 yillarda xalqimiz boshidan kechirgandi. U vaqtda ham
sanoat ishlab chiqarish butunlay markazga bo‘ysundirilgan, nazorat qat’iy tekshiruv
asosida, iqtisodiy reja va shartnomalar faqat bir tomonlama belgilab berilardi. 80 –
yillarda yuz bergan iqtisodiy tanglik oldingilaridan tubdan farq qilib, endi ishlab
chiqarish rejalari qayta qurish tadbirlariga amal qilardi. Buxoro viloyati ham
Respublikaning boshqa viloyatlari kabi o‘z tabiiy boyliklari, o‘rmon va
qo‘riqxonalariga ega bo‘lib, o‘zi ularga o‘zi egalik qila olmas edi. Ingichka tolali
paxtaga yaxshi haq to‘langanligi va viloyat ko‘proq shu nav bilan xom ashyo
yetishtirishga ixtisoslashtirilganligi uchun xo‘jaliklar iqtisodi bir oz mustahkamlandi.
Ya’ni paxtani qayta ishlash, ip yigirish, tola va bo‘z tayyorlash tezlashdi. Afsuski,
uning xaridori ham Markaz bilan “gaplashardi”. Faqatgina bitta ijobiy tomoni bor edi,
u ham bo‘lsa, paxta maydonlarini kengaytirilishi, qishloq xo‘jalik maxsulotlari turini
ko‘payishi natijasida dehqonchilik qiluvchi aholining asosiy qatlami ish bilan
ta’minlandi. Buxoro tumanida uzumchilik, Vobkent va Shofirkon tumanlarida
1
Фонд – № 2084. (48) Бухоро вилоят архиви.