Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 205
w www.oriens.uz March 2022 Belgilangan yillik va besh yillik rejada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
iqtisodiy usullarga o‘tish vazifalari qo‘yilardi. Taraqqiyotdagi depsinishni, iqtisodiy
holatdagi inqilobiy vaziyatni oddiygina ko‘z bilan ko‘rish mumkin edi. Butun
respublikada milliy daromadning o‘rtacha yillik o‘sishi pasayib, aholi jon boiga
to‘g‘ri keladigan milliy daromad 1965 yilgidan 1986 yilga kelib 7 barobarga kamaydi.
Buxoro viloyatida yuz bergan katta xato shundan iborat ediki, viloyat nafaqat
respublika, balki butun SSSR davlati miqyosida qishloq xo‘jalik sifat ko‘rsatkichi
bo‘yicha yetakchi viloyat sanalsada, viloyatda faqatgina Markazning buyutmasi
hisobiga qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilardi. “1985 – 1986 yillarda Buxoro,
G‘ijduvon, Shofirkon tumanlarida qoramol yetishtirish keskin kamayishini kuzatish
mumkin. Qorako‘l, Peshku, Vobkent tumanlarida sog‘in sigirlar hisobidangina
qoramolchilik sohasidagi ayrim nuqsonlar keskin ko‘zga tashlanmasdi. 1986 yilning
yanvaridan to avgust oyiga qadar viloyatning xo‘jaliklararo tarmoqlarida jami 9275
tonna tirik vazndagi qoramollar yetishtirildi. Bu esa qabul qilingan yillik rejaning
62,2% ini tashkil etardi. Shuningdek sut yetishtirish 36235 tonna, ya’ni 68, 2 % foizni,
38735 ming dona tuxum, ya’ni rejaning 75,6% foizini tashkil etdi. Vobkent tumanida
go‘sht yetishtirishni 30 % ga, Sverdlov tumanida 20%, Romitan tumanida 17,5%,
shuningdek, Buxoro shahrida 24 % ga keskin kamayib ketganini kuzatish mumkin”
5
[Ф.. № 2157.] Mahsulot sifati ham markazda belgilanardi. Ishlab chiqaruvchi asosiy
kuch yoshlar edi. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning xom ashyo sifati va
miqdoriga e’tiborsizlik natijasida minglab yoshlar ishsiz qolishiga sabab bo‘ldi.
Boshqa sohalar qatori ishlab chiqarishda ham boshqaruv partiya qo‘lida bo‘lganligi
vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Shuni e’tiborga olish muhimki, qishloq xo‘jaligiga
ixtisoslashgan agrar viloyatda asosiy mahsulot qishloqda yetishtiriladi. Shunday ekan,
yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ish unumdorligi va aholi
farovonligiga qaratilishi kerak.
“1984 yil 26 – 27 – mart kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan Butunittifoq iqtisodiy
qurultoyida aynan O‘zbekiston Respublikasining Buxoro viloyati iqtisodiyoti
masalalari; tajriba va qayta qurish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek Buxoro
viloyatida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va xom ashyo
bazasini kengaytirish masalasi muhokama etiladi.”
6
Xulosa esa o‘sha aytilayotgan
farovon turmush darajasiga borib taqaladi. Bu inqirozli holatni mavjud har bir sohada
ko‘p yoki yetarlicha holatda kuzatish mumkin edi.
5
Фонд - № 2157.(248) Бухоро вилоят архиви.
6
Газиянц. Э. И. Основные направления развития и рационального размыщения сельствохозяйственного
производства. Авторефарат. М. 1986 г. Стр. 11.