2022 XX asrning 80 – yillarida buxoro viloyati iqtisodiyotida yuz bergan inqiroziy holatning ijimoiy hayotga ta’siri shirinova Firuza Inoyatovna



Yüklə 437,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix15.10.2023
ölçüsü437,3 Kb.
#155829
1   2   3   4   5   6   7
xx-asrning-80-yillarida-buxoro-viloyati-iqtisodiyotida-yuz-bergan-inqiroziy-holatning-ijimoiy-hayotga-ta-siri

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
206 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
Iqtisodiyotda yuz bergan inqiroziy holat xalq ta’limiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 
Garchi respublika maktablari umumiy o‘rta ta’limga o‘tishni yakunlagan bo‘lsada, 
umumta’lim maktablari soni 20 yil ichida, ya’ni 1985 yilda 8716 tadan, 9188 taga 
yetgan bo‘lsada, xalq ta’limidagi jiddiy muammolar hal etilmadi. Buni Buxoro 
viloyati misolida sinf xonalarining soni qanchalik oshmasin, bolalar sonining tabiiy 
o‘sishidan orqada qolayotgani misolida ko‘rish mumkin edi. Maktab binolarining 
yetishmasligi, moddiy texnik jihatdan zaif ekanligi achinarli edi. Maktablarning 
moddiy ta’minoti ham orqada bo‘lib, belgilangan rejaga ko‘ra amal qilinardi. 
Buxoro viloyati xalq ta’lim sohasida yetakchi pedagoglar faoliyat ko‘rsatsada, 
maktablardagi ta’lim – tarbiya ishlarining mazmuni o‘sha g‘alamis kommunistik 
mafkuraga bo‘ysundirilgan bo‘lib, ta’lim – tarbiyada milliy xususiyatlar, tarixiy – 
madaniy qadriyatlar, an’analar inobatga olinmasdi. Bu albatta xalq ta’limi sohasida 
yuz berayotgan inqiroz edi. Iqtisodiyotdagi keskin inqiroziy vaziyat qanchalar pinhon 
tutilmasin, moddiy ta’minotdagi yetar – yetmaslik, sun’iy qisib qo‘yishlik maktab 
ta’limini oqsashiga sabab bo‘layotgandi. Bu paytda mahalliy kadrlarni qo‘llab – 
quvvatlash, aholi o‘rtasida jipslik va ishchanlik ruhiyatini yaratish, intizomni 
mustahkamlash muhim masala edi. Bu masalaga yondoshadigan insonlar bor 
bo‘lsada , ularni rag‘batlantirish deyarli sezilmasdi. Umuminsoniy qadriyatlardan 
o‘quvchilarni uzoqlashtirish uchun informatika, hisoblash kurslari o‘qitilmadi. 
Buning asosiy sababi iqtisodiy tanglik, markazga tobelik edi. Bu paytda Yevropaning 
ilg‘or bo‘lmagan mamlakatlari ta’lim tizimi, yoki iqtisodiyoti ancha ilgarilab ketgan, 
ular maxsus kompyuter texnologiyalari asosida ta’lim va ishlab chiqarishni 
boshqarayotgan edi. Iqtisodiy inqiroz sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak, maktab islohoti 
ijtimoiy tangliklar orasida qolib ketdi. Shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ta’lim tarbiya 
jarayonini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish orzuligicha qolaverdi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy zahiraga shunchalik boy bo‘lishiga qaramay, 
olib borilayotgan islohotlar samarasizdek tuyulardi. “Iqtisodiyotni ko‘tarish uchun 
qabul qilingan yillik rejaning bajarilmagani oqibatida yuz bergan oqibatni viloyatda 
faoliyat ko‘rsatib kelayotgan DSK, “Uzradstroy”, SIMK – 21 tresti, Trest № 20 
boshqarmasi, “”Amubuxorokanalstroy”, “MK–7, “Uzelektrostroy” kabi tashkilotlar 
faoliyatida ham ko‘rish mumkin edi. Shuningdek, xom ashyoni tejash, mashinasozlik 
va mexanizmlarning qisqartirilishi oylik maoshni sezilarli darajada pasayishiga sabab 
bo‘ldi.”
7
[
Ф. № 24-CX.] 
Ta’lim sohasida ham islohotlar o‘tkazish vaqti kelib qolgan edi. Birgina 1985 
yilda tayyorlangan oliy ma’lumotli mutaxasislar oliy o‘quv yurtlari moddiy texnika 
7
Фонд № 24 – СХ. Бухоро вилоят архиви.



Yüklə 437,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin