2022 XX asrning 80 – yillarida buxoro viloyati iqtisodiyotida yuz bergan inqiroziy holatning ijimoiy hayotga ta’siri shirinova Firuza Inoyatovna



Yüklə 437,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix15.10.2023
ölçüsü437,3 Kb.
#155829
1   2   3   4   5   6   7
xx-asrning-80-yillarida-buxoro-viloyati-iqtisodiyotida-yuz-bergan-inqiroziy-holatning-ijimoiy-hayotga-ta-siri

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
1985 yil yakunida viloyat aholisi 1,017 million kishini tashkil etib, viloyatda 89 
xil millat va elat vakillari istiqomat qilardi. Viloyatda 10 ta tuman, 10 ta viloyat 
tarkibidagi shahar, 3 ta shahar posyolkalar, hamda 84 ta qishloq sovetlari mavjud edi. 
Buxoro viloyatida 80 ta ishlab chiqarish korxonasi ish olib borardi. Eng qattiq zarbani 
viloyatning yengil sanoat tarmog‘i – paxta tozalash va oziq – ovqat sohasi boshidan 
kechirdi. 1985 yilda aholi uchun ishlab chiqarilgan mahsulot 422 million so‘mni 
tashkil qildi. Ayniqsa yirik ishlab chiqarish korxonasi sanalgan Buxoro tekstil 
korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulot 172 million so‘mdan oshib ketdi. Jami 
qishloq xo‘jalik maxsulotlari 413 million tonnani tashkil etdi. 1984 yilning noyabr 
oyi hisobiga ko‘ra viloyatda 384 ming tonna paxta yetishtirildi.”
1
[Ф. № 2084. (48)] 
Bir so‘z bilan aytganda inqiroziy vaziyat vujudga keldi. Iqtisodiyotdagi siljish ancha 
pasaydi. Iqtisodiy islohotlar o‘tkazish vaqti kelgandi. Xuddi shunday ko‘rinishni 
1920 yil, keyin esa 1960 yillarda xalqimiz boshidan kechirgandi. U vaqtda ham 
sanoat ishlab chiqarish butunlay markazga bo‘ysundirilgan, nazorat qat’iy tekshiruv 
asosida, iqtisodiy reja va shartnomalar faqat bir tomonlama belgilab berilardi. 80 – 
yillarda yuz bergan iqtisodiy tanglik oldingilaridan tubdan farq qilib, endi ishlab 
chiqarish rejalari qayta qurish tadbirlariga amal qilardi. Buxoro viloyati ham 
Respublikaning boshqa viloyatlari kabi o‘z tabiiy boyliklari, o‘rmon va 
qo‘riqxonalariga ega bo‘lib, o‘zi ularga o‘zi egalik qila olmas edi. Ingichka tolali 
paxtaga yaxshi haq to‘langanligi va viloyat ko‘proq shu nav bilan xom ashyo 
yetishtirishga ixtisoslashtirilganligi uchun xo‘jaliklar iqtisodi bir oz mustahkamlandi. 
Ya’ni paxtani qayta ishlash, ip yigirish, tola va bo‘z tayyorlash tezlashdi. Afsuski, 
uning xaridori ham Markaz bilan “gaplashardi”. Faqatgina bitta ijobiy tomoni bor edi
u ham bo‘lsa, paxta maydonlarini kengaytirilishi, qishloq xo‘jalik maxsulotlari turini 
ko‘payishi natijasida dehqonchilik qiluvchi aholining asosiy qatlami ish bilan 
ta’minlandi. Buxoro tumanida uzumchilik, Vobkent va Shofirkon tumanlarida 
1
Фонд – № 2084. (48) Бухоро вилоят архиви. 



Yüklə 437,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin