Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasiga xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha choralar
ko‘rish bilan birga tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan so‘rov
bilan murojaat qiladi hamda mazkur taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunda
belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tegishli chorakdagi mahalliy ijro hokimiyati organlarining
faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bajarilmagan va moliya
yili oxirigacha ushbu
mablag‘larning tushish ehtimoli mavjud bo‘lmagan budjet daromadlari turlarining prognoz
ko‘rsatkichlari aniqlashtiriladi hamda ushbu summa boshqa daromad manbalari yoki respublika
budjeti hisobidan qoplanadi. Tumanlar va shaharlar hokimliklari ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xuddi shunday tartibda murojaat
qiladi.
2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining umumiy o‘rta
ta’lim
tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari obyektlarini
loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash
va jihozlashga, shuningdek
sug‘oriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida obyektlarni
loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash hamda ta’mirlash-tiklash
ishlariga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining
respublika budjetidan, viloyatlarning
viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi.
Hududlardagi barcha issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan
issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) O‘zbekiston Respublikasi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy organlarining xulosalariga ko‘ra, tegishincha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar
Kengashlarining qarorlari bilan ma’qullanganidan keyin Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar
Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) yil davomida
qayta ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar aholiga pasaytirilgan
tariflar qo‘llanilishi natijasida ko‘rgan zararlarining o‘rnini qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larga
bo‘lgan talab Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining
va Toshkent shahri shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: