2023-yil uchun o‘zbekiston respublikasining davlat budjeti to‘G‘risida


-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/46
tarix22.04.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#101619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
6-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent 
shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari 
2023-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent 
shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari 
6-ilovaga 
muvofiq ma’lumot 
uchun qabul qilinsin. 
2023-yil uchun respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika 
budjetiga va viloyatlarning mahalliy budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo 
transfertlar miqdorlari 
7-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlarini 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti va viloyatlarning mahalliy budjetlari daromadlari 
prognozining ijrosidan qat’i nazar, kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
7-modda. Ayrim to‘lovlar stavkalari 
2023-yil uchun: 
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam 
stavkalari 
8-ilovaga 
muvofiq (soliq solish maqsadlarida); 
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning 
cheklangan stavkalari 
9-ilovaga
 muvofiq; 
chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va 
uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari 
10-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda qo‘llaniladigan bojxona bojlari 
stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. 
8-modda. Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika 
budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar 
va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish 
2023-yil uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hajmi 800,0 mlrd so‘m 
miqdorida belgilansin. 
2023-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat 
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira 
jamg‘armalari tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining (bundan tumanlar va shaharlar 
budjetlarining jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga doir 
mablag‘lari mustasno) kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantiriladi. 


Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetini, viloyatlarning viloyat budjetlarini 
va Toshkent shahrining shahar budjetini, tumanlar va shaharlar budjetlarini ijro etish chog‘ida yuqori 
turuvchi budjetdan ajratiladigan budjetlararo transfertlar miqdorlari oshgan taqdirda tegishli budjetlar 
zaxira jamg‘armalarining belgilangan miqdorlari qayta ko‘rib chiqilmaydi. 
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratilgan taqdirda ushbu 
Qonunga o‘zgartishlar kiritilmaydi. 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin