2023 yilda abituriyentlar mutaxassislik fanlaridan qaysi taʼlim yo‘nalishlariga imtihon topshirishlari mumkin?



Yüklə 22,61 Kb.
səhifə1/10
tarix06.05.2023
ölçüsü22,61 Kb.
#108521
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2023 yilda abituriyentlar mutaxassislik fanlaridan qaysi taʼlim


2023 yilda abituriyentlar mutaxassislik fanlaridan qaysi taʼlim yo‘nalishlariga imtihon topshirishlari mumkin?
Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi belgilangan tartibda qabul boshlanishidan 6 oy oldin tasdiqlandi.
2023/2024 o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan taʼlim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.
Maʼlumot o‘rnida, Prezidentning 279-son qarori bilan Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligiga bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasini tasdiqlash vakolati berilgan.
2023 yilda abituriyentlar BIOLOGIYA (3.1 ball) va ONA TILI VA ADABIYOTI (2.1 ball) fanlaridan quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga imtihon topshirishlari mumkin:
- Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari)
- Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash)
-Maktabgacha taʼlim
- Maktabgacha taʼlim psixologiyasi va pedagogikasi
-Maxsus pedagogika: logopediya
-Maxsus pedagogika: oligofrenopedagogika
-Maxsus pedagogika: surdopedagogika
-Maxsus pedagogika: tiflopedagogika
-Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)
-Psixologiya (sport psixologiyasi)
-Psixologiya: amaliy psixologiya
-Psixologiya: oila psixologiyasi
- Psixologiya: yoshlar psixologiyasi
2023 yilda abituriyentlar BIOLOGIYA (3.1 ball) va KIMYO(2.1 ball) fanlaridan quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga imtihon topshirishlari mumkin:
- Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
- Agronomiya (anorchilik)
- Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)
- Agronomiya (sabzavotchilik va polizchilik)
- Agronomiya (yem-xashak ekinlari)
- Biologiya
- Biologiya (matematik biologiya)
- Biologiya (turlari bo‘yicha)
- Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)
- Davolash ishi
- Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (avtomobil transporti)
- Farmatsevtik biotexnologiya
- Ipakchilik va tutchilik
- Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish
- Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish
- Mevachilik va uzumchilik
- Oliy hamshiralik ishi
- Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash
- O‘rmonchilik
- O‘simlikshunoslik (ekin turlari bo‘yicha)
- O‘simlikshunoslik (gulchilik)
- O‘simlikshunoslik (yaylov cho‘l o‘simlikshunosligi)
- Pediatriya ishi
- Professional taʼlim: agronomiya
- Professional taʼlim: o‘rmonchilik
- Professional taʼlim: o‘simliklarni himoya qilish
- Professional taʼlim: qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
- Professional taʼlim: tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish
- Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)
- Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
- Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)
- Suv bioresurslari va akvakultura
- Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish
- Tuproqshunoslik
- Veterinariya biotexnologiyasi
- Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari
- Veterinariya farmatsevtikasi
- Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)
- Veterinariya meditsinasi (yirik shoxli mollar kasalliklari)
- Veterinariya sanitariya ekspertizasi
- Xalq tabobati
- Zooinjeneriya (asalarichilik)
- Zooinjeneriya (baliqchilik)
- Zooinjeneriya (parrandachilik)
- Zooinjeneriya (qorako‘lchilik)
- Zooinjeneriya (qoramolchilik)
- Zooinjeneriya (turlar bo‘yicha)
- Zooinjeneriya (yilqichilik va tuyachilik)
- Zooinjeneriya: asalarichilik

Yüklə 22,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin