O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
“PSIXOLOGIYA VA GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI
SHARAFITDINOV
5210204-Oila psixologiyasi, 5210205-Yoshlar psixologiyasi bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun “Destruktiv xulq psixologiyasi” fanidan seminar mashg‘ulotlari uchun
USLUBIY KO‘RSATMA
Jizzax - 2021
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
“PSIXOLOGIYA VA GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI
“Tasdiqlayman”
“Psixologiya” fakulteti dekani
_______________ N. Alimov
Oliy ta’limning 210000– “Sotsiologiya va psixologiya” ta’lim sohasidagi
5210204 – Psixologiya (Oila psixologiyasi)
5210205 – Psixologiya (Yoshlar psixologiyasi)
bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun
“Destruktiv xulq psixologiyasi” fanidan olib boriladigan
seminar mashg’ulotlariga
USLUBIY KO‘RSATMA
Tuzuvchi: A. Sharafitdinov O‘zMU Jizzax filiali
“Psixologiya va gumanitar fanlar” kafedrasi
assistenti
Taqrizchi:
` R. Abdurasulov – “Psixologiya” kafedrasi
professori, psixologiya fanlari doktori
Jizzax – 2021
Destruktiv xulq psixologiyasi fanidan seminar mashg’ulotlari ishini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma 5210204 –5210205 Psixologiya
(Oila psixologiyasi va Yoshlar psixologiyasi) bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 20 -yil _____________dagi _____- sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Destruktiv xulq psixologiyasi” fan dasturi asosida tayyorlangan.
Destruktiv xulq psixologiyasi fanidan uslubiy ko‘rsatma talabalarga seminar mashg’ulotlarini o‘zlashtirish jarayonida uslubiy ko‘mak berish maqsadida tuzilgan va unda seminar mashg’ulotlari bayoni, nazorat savollari, foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati, internet saytlar, glossariylar keltirilgan. Talaba kerakli ma’lumotlarni o‘zlashtirish imkoniga ega.
Destruktiv xulq psixologiyasi fanidan seminar mashg’ulotlarini olib borish uchun uslubiy ko‘rsatma “Psixologiya va gumanitar fanlar” kafedrasining 2021 yil “___” ____________dagi ___ -sonli yig’ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet uslubiy kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: ____________ B. Nosirov
“Destruktiv xulq psixologiyasi” fanidan uslubiy ko‘rsatma “Psixologiya” fakulteti 2021- yil “____” ________ dagi uslubiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan.
Fakultet uslubiy kengashi raisi: _______________ N. Alimov
KIRISH
Destruktiv xulq psixologiyasi fanidan tayyorlangan seminar mashg’ulotlari uslubiy ko‘rsatmasi psixologiya yo‘nalishidagi bakalavr talabalarning bilimlarini oshirish uchun zarur bo‘lgan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Bu fanni o‘tish davomida, murojaat etiladigan mavzularda inson, uni o‘rab turgan dunyo va ijtimoiy muhitga o‘z mavjudligi va rivojlanishidan og’ish xususiyatiga egaligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ta’lim-tarbiya jarayonida og’uvchi xulq xususiyatlarini, stereotiplarini, xulq-atvorning psixologik sabablarini izlash, gumanistik psixologik g’oyalarini aks ettirish, bilimlar, ko‘nikma va malakalar bilan boyitilgan holda talabalarga singdirishga qaratilgan.
Destruktiv xulq psixologiyasi bo‘yicha seminar mashg’ulotlari uslubiy ko‘rsatmasida xulq-atvorning nazariy-amaliy asoslariga, uning shakllanish omillari va sabablariga oid qarashlarni antidiskriminatsion, madaniy-senzitiv tushunishga va psixosotsial yordam ko‘rsatish hamda uni tashkil etish kompetensiyasini shakllantirish uchun tizimlashtirishlari yoritilgan.
Uslubiy ko‘rsatmada tushunchaviy-kategorial apparata bilan tushuntirish; destruktiv xulq-atvor shakllari va turlari mohiyatini tahlil qilish; destruktiv xulqning asosiy omillaridagi o‘ziga xoslikni ochib beruvchi biologik, psixologik va ijtimoiy nazariyalarning moxiyatini ochib berish; o‘quv jarayonida talabalar tanqidiy fikrlashi uchun sharoit yaratish: destruktiv xulq-atvor ko‘rinishlari bilan psixosotsial ish olib borish soxasida shaxslilik professional kompetensiyasining yaxlit tizimini shakllantirish mazmunan ochib berilgan.
Dostları ilə paylaş: |