Psixologiya va gumanitar fanlar


Seminar mashg‘uloti mavzulari



Yüklə 466,48 Kb.
səhifə2/21
tarix16.12.2023
ölçüsü466,48 Kb.
#182447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
uslbiy KO\'RSATMA DESTRUKTIV

Seminar mashg‘uloti mavzulari:

  1. Destruktiv xulq atvor tushunchasi: turlari, yondoshuvlar

  2. Destruktiv xulq-atvor nazariyalari

  3. Ijtimoiy normalar

  4. O‘smirlarda xulq-atvor buzulishlarining biologik va psixologik asoslari

  5. Agressiv xulq-atvor

  6. Delinkvent xulq-atvor

  7. Suidsidal xulq-atvor

  8. Addiktiv xulq-atvor

  9. Psixoseksual rivojlanish xususiyatlari

  10. Foxishabozlik ijtimoiy psixologik fenomen sifatida

  11. Graffitining psixologik jabxalari

  12. Kriminal xulq-atvor

  13. Destruktiv xulq-atvor profilaktikasi

  14. Og‘uvchi xulq-atvorning psixologik korrektsiyasi


1-Mavzu: Destruktiv xulq - atvor tushunchasi, turlari va yondoshuvlar
Reja
1. Axloqiy og’ishlarni tasniflash muammosi
2. Og`ishgan xulqning psi­xologik tasnif turlari
3. Axloqiy parokandalikni tibbiy tasniflash
4. Axloqiy fenomenlarning qiyosiy tavsifnomasi


Mashg’ulot maqsadi: Talabalarda destruktiv xulq - atvor tushunchasi, turlari va yondoshuvlar haqida bilimlarni shakllantirish.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. I.M. Hakimova. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. // o‘quv qo‘llanma; Toshkent -2014; 56-bet.

  2. Umarov B.M. Bolalar va o`smirlarda xulq og`ishining kelib chiqishi va uning oldini olishning ayrim psixologik masalalari. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 64-bet.

  3. www.expert.psychology.ru

  4. www.psycho.all.ru


Axloqiy og’ishlarni tasniflash muammosi.
axloqiy deviatsiyani bir necha asoslar bo`yicha guruhlanadigan ijtimoiy ko`rinish sifatida ko`rib chiqadi:
a) masshtabdan qat'i nazar ommaviy va shaxsiy og’ishlar ajratiladi;
b) oqibatlar ahamiyati bo`yicha – salbiy (zararli oqibatlar keltirib chiqaruvchi va potyentsial xavf tuqdiruvchi) va ijobiy;
v) sub'yekt bo`yicha – aniq shaxslar, norasmiy guruhlar (masalan, yo`lto`sar guruhlar faoliyati), rasmiy tuzilmalar, shartli ijtimoiy guruhlar (masalan, ayollar piyonistaligi) og’ishi;
g) ob’ekt bo`yicha – iqtisodiy, maishiy, mulkiy buzilishlar va boshqalar;
d) muddati bo`yicha – bir vaqtli va davomli;
ye) buzilgan me’yor turi bo`yicha – jinoyatchilik, ichkilik (piyonistalik) giyohvandlik, o`z-o`zini o`ldirish, axloqsiz xulq, daydilik, foxishabozlik, bezorilik, boqimanda bo`lish, sotqin, rasmiyatchilik, terrorizm, irqchilik, gyenotsid, destruktiv madaniyatlar.
Ijtimoiy moslashmaganlikning maktab yoshida anchagina masshtabli belgilari bo`lib quyidagilar chiqishi mumkin: psixofaol moddalarni muntazam istye'mol qilish (uchuvchi eritmalar, ichkilik, giyohvand moddalar), jinsiy deviatsiyalar, fog’ishabozlik, daydilik, jinoyat sodir etish. Oxirgi vaqtlarda maktab o`quvchilarining og`ishgan xulqida nisbatan kompyutyer o`yinlari yoki diniy syektalarga qaram bo`lib qolish bilan bog’liq bo`lgan yangi shakl kuzatilmoqda.
Juda yoshlikdan va maktab yoshidan og`ishgan xulq ko`rinishlari qaqidagi masala yanada chalkash. Umuman shaxsning “mustaqil bo`lmagan” bu bosqichida Deviant axloq qaqida gapirish mumkinmi? Pedagoglar va ota-onalar ko`pincha kichik bolalarda zararli odatlar (barmoqini so`rish, tirnoqini chaynash), ovqat yeyishdan bosh tortish, quloq solmaslik, tajovuzkor axloq, masturbatsiya, gipyerfaol axloq kabi axloqning shunday salbiy ko`rinishlari bilan to`qnashadilar.
Afsuski, jamiyatda og`ishgan xulqqa nosog’lomlik kabi munosabatda bo`lish ustundir. Uning ko`zga ko`ringan shakllari bilan to`qnashgach, odamlar avvalo tibbiy tashhis va unga tyegishli tibbiy yordam olishga harakat qiladilar.
Deviant axloq masalalari bo`yicha ilmiy adabiyotlarda birmuncha ishlab chiqilgan va anchagina odatlangan klinik yondoshuv hukmronlik qiladi. Ayni damda ma'lumki, shaxs axloqiga psixolgik jiqatdan – shaxsning o`ziga nasiqat qilib ta'sir ko`rsatish mumkin. Yaqqolki, mutaxassis og`ishgan xulq tasnifiga ikkita yetakchi yondoshuvni aniq diffyeryentsiyalashi zarur – psixologik va klinik.

Yüklə 466,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin