Savol 1. Ingliz tarixchisi G.T.Boklning (1821-1862): "Jamiyat jinoyat tayyorlaydi, jinoyatchi sodir etadi" degan fikriga qanday qaraysiz? Buni gazetalardan olingan misol bilan tushuntiring.
Men tushunamanki, har qanday jinoyat huquqbuzarning shaxsiyatini shakllantirgan yoki uning sodir etilishiga sabab bo‘lgan vaziyatni yaratgan ijtimoiy omillar bilan bog’liq. Jinoyatchi esa, xuddi bu vaziyatni salbiy hal qiladigan "ijrochi" rolini o‘ynaydi.
Savol 2. Siz frantsuz dramaturgi J. Rasin (1639-1699): “Katta jinoyatlarning oldida har doim kichik jinoyatlar keladi.
Savol 3. Jinoyatchilikka qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi. Bir tomon bahslashdi: “Penalti kuchaytirilishi kerak. Singapurga qarang. Ular sizni giyohvand moddalar bilan - o‘lim jazosi, noqonuniy qurollar bilan ushladilar, hatto siz ularni ishlatmagan bo‘lsangiz ham. Ba'zi musulmon mamlakatlarida qonunga ko‘ra, o‘g’irlik uchun qo‘l kesiladi. Va u erda uzoq vaqt hech kim o‘g’irlik qilmagan ». Yana biri e'tiroz bildirdi: “Jazolarning shafqatsizligi jinoyatni yanada shafqatsiz qiladi. Asosiysi, jazoning muqarrarligi. Agar hamma bilsa, har qanday jinoyat ochiladi, jinoyat keskin kamayadi ”. Bu masala bo‘yicha qanday fikrdasiz? Javobingizni bahslashing.
Har qanday sud xatolardan himoyalanmagan, lekin u qaror qabul qilishi kerak. O‘lim jazosi ostida begunoh odam azob chekishi mumkin va buni tuzatib bo‘lmaydi. Jazoning muqarrarligi jinoyat sodir etish imkoniyatini minimal qiladi, jinoyatchi topilishini va jazolanishini tushunadi.
4-Mavzu: O‘smirlarda xulq-atvor buzulishlarining biologik va psixologik asoslari Mashg’ulot maqsadi: O‘smirlarda xulq-atvor buzulishlarining biologik va psixologik asoslari haqida bilimlarga ega bo‘lish
Foydalanilgan adabiyotlar: Yu. Asadov R. Musurmanov O‘smirlar deviant xatti-harakatining ijtimoiy psixologik xususiyatlari (diagnostika, profilaktika, korreksiya) “Sano-standart” nashriyoti Toshkent – 2011 125-b
Rozikova M., Aliyeva K. Psixologik tashxis metodikalari . – T., 2013. – B.
www.psy.piter.com
www. ziyonet.uz
www. tashxis.uz
O‘smirdagi axloqning muomala belgilari
his-hayajonli portlashlar;
kattalar bilan janjallar;
kattalarning qoidalari yoki iltimoslarini mensimaslik yoki bajarishni rad etish;
boshqa odamlarni jo‘rttaga bezor qilish;
o‘z xatolarida boshqa birovlarni ayblash;
jizzakilikning eng keskin darajasi;
badjahllik, darg’azablik, qasoskorlik, kek saqlash;
haqoratlar va uyatsiz so‘zlarni tez-tez ishlatish. Tadqiqotlarga ko‘ra, bunday tajovuzkorlik, gipperfaollik va ota-onalari bilan o‘zaro munosabatlarda qiyinchilik alomatlari yaqqol ko‘rinib turgan bolalar kattaroq yoshga yetganlarida hayotda bunday muammolari bo‘lmagan bolalarga nisbatan besh marta ko‘proq jinoyatchi yoki ichkilikboz bo‘lib yetishganlar.
O`smir yoshida uydan chiqib ketish, daydilik qilish, maktabga bormaslik yoki ta'lim olishdan bosh tortish, tajovuzkor axloq, promiskuitet (tartibsiz jinsiy aloqa), graffiti (devorga uyatsiz xaraktyerdagi rasmlar chizish va yozuvlar yozish), submadaniy deviatsiyalar (slyeng, shramlash, tatuirovkalar) birmuncha tarqalgan. Bolalarda esa uydan qochib ketish, daydilik, maktabga bormaslik, tajovuzkor axloq, qiybat qilish, yolqon, o`g’rilik, ta'magirlik (tilanchilik) kabi ko`rinishlarda uchraydi. Asotsial axloqning chegaralari, ayniqsa, o`zgaruvchan, chunki u boshqa axloqiy deviatsiyalardan ko`ra madaniyat va vaqtning ta'siri ostidadir. Autodestruktiv (o`z-o`zini parchalovchi axloq) – bu tibbiy va psixologik me’yorlardan og`ishgan, shaxsning rivojlanishi hamda umuman o`ziga xavf soluvchi axloq. O`z-o`zini parchalovchi axloq zamonaviy dunyoda quyidagi asosiy shakllarda yuzaga chiqadi: suitsidal axloq, ozuqaga muhtojlik, kimyoviy moddalarga muhtojlik (psixofaol moddalarni iste'mol qilish), fanatik axloq (masalan, destruktiv-diniy madaniyatga tortilish), autik axloq, hayot uchun aniq ko`rinib xatarli faoliyat (sportning ekstremal turlari, avtomobilda yurganda tezlikni o`ta oshirish va boshqalar). O`smir yoshda autodestruktiv axloqning xususiyati (avvalgi shakliga o`xshash) uning guruhli qadriyatlar bilan bilvosita bog’liqligi hisoblanadi. O`smir kiritilgan guruh autodestruktsiyaning quyidagi shakllarini tuqdiradi: giyohvandlikka mute bo`lib qolgan axloq, o`z-o`zini kesish, kompyutyerga boqlanib qolish, ozuqa addiktsiyalari, kamroq – suitsidal axloq. Mustaqillika erishganimizdan so‘ng milliy kadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan e’zozlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz an’analarimiz (bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug’larning xam ta’siri) bu borada katta axamiyatga ega. Lekin ba’zan oilada tarbiyaviy faoliyatning susayishi targ’ibot-tashviqot ishlarining komilligi natijasida oila a’zolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlari ta’siriga berilish, ma’naviy buzuqlik yo‘liga kirish) paydo bo‘lishi tashvishlanarli hollardan biridir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muxim funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oilada tarbiya orqali shaxsga ma’lum bir siyosat g’oyaviy dunyoqarash, axloqiy me’yorlar va xulk namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Xalqimizda «Qush uyasida ko‘rganini qiladi», deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me’yorlar va kadriyatlarni o‘zlashtiradi ijtimoiy xayotga kirib boradi. Ota-onalar va farzandlar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar xam tarbiyaviy ishni qiyinlashtiradi, o‘smirlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday nizo, kelishmovchiliklar o‘smirlarning axloqiga ta’sir etadi. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqni xisobga olmasa, Yoshlar, o‘smirlarning bo‘sh vaqtini mustaqil tashkil etilmasa Ota-onalar ichkilikka ruju qo‘ysa yoki or-nomusni yig’ishtirib qo‘yib buzuqichilik qilsa xulqi og’ishgan bolalar ko‘payadi. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida tarbiyasi kiyin o‘smirlar ko‘payadi. Insonning biologik, fiziologik, psixologik o‘sishining (rivojlanishining) eng murakkab o‘zgarishlar, kayta qurishlar, umid, intilishlar davri va shu bilan birga og’ir inqirozlar salbiy holatlar, kechinmalar davri hamdir. Ma’lumki, affektiv ko‘zg’aluvchanlik ko‘p jihatdan o‘smirlik davriga to‘g’ri keladi. Bu xolat me’yorda ham kuzatiladi. Uning vujudga kelishi bu yosh fazasining vegitativ-endokirin jihatdan kayta qurilishi bilan uzviy bog’liqdir. Bu yosh davri xam psixologik tomonidan o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Bu o‘smir yosh davrining fenomeni xamdir. Biologik o‘zgarish endokrin sistemaning qayta ko‘rilishi bo‘lsa, psixologik o‘zgarish portlash va agressiyaga (tajovuzkorlik) moyil bo‘lgan affektiv qo‘zg’aluvchanlikdir. Bu holat ko‘pincha ijtimoiy adaptasiyaning (moslashishning) buzilishi jumladan konunbuzarlikning sabablaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ammo psixik sog’lom atrof-muxitning qulay sharoitlarida tarbiyalanayotgan o‘smirlarda affektiv qo‘zgaluvchanlik adaptasiyaning buzilishiga olib kelmaydi. Statistikaning ko‘rsatishicha xar bir o‘ninchi jinoyat voyaga yetmaganlar tomonidan sodir kilinar ekan. Bu faktning ma’nosi faqat qonunbuzarlar tomonidan yetkazilgan zarar bilan aniqlanmaydi, albatta. Zero balog’atga yetmagan jinoyatchining shaxsi jinoyatchilik muammosining krizis «Kristallashgan» markazi bo‘lib hisoblansa, uni o‘rganish va korreksiyasi esa bu nuqson bilan kurashishning eng dolzarb savollaridan biri hisoblanadi. O‘smir shaxs xarakteridagi «og’ish» larning shakllanishi ularning tiplarini aniqlash tibbiy-psixologik va tibbiy pedagogik ishlarni aktiv olib borish zarurdir. Noto‘g’ri, yoki hozirda ba’zan og’ib turadigan deb ataladigan ahloqning subyektiv psixologik asosi avvalo, shaxsning axlokiy-irodaviy rivojlanishining yetishmasligidir.