Psixologiya va gumanitar fanlar


Shaxs og`ishgan xulqining psixologik mexanizmlari



Yüklə 466,48 Kb.
səhifə5/21
tarix16.12.2023
ölçüsü466,48 Kb.
#182447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
uslbiy KO\'RSATMA DESTRUKTIV

Shaxs og`ishgan xulqining psixologik mexanizmlari
Og’ishgan xulqning ijtimoiy omillari.
Odam axloqiga jamiyat jarayonlari va ijtimoiy guruhlarning ta’siri dastavval ijtimoiy yondoshuv doirasida ko‘rib chiqiladi. (Mikroijtimoiy sharoitlar ko‘pincha psixologik-pedagogak tadqiqotning predmeti sifatida yuzaga chiqadi va keyingi bo‘limlarda ko‘rib chiqiladi.)
Sotsiologik nazariyalar deviant axloqni ushbu jamiyat ichida tasdiqlangan jamoatchilik jarayonlari va me’yorlari kontekstida ko‘rib chiq - joniga qasd qil. Ijtimoiy deviatsiya ijtimoiy qonunchilikka bo‘ysunadi, ular vaqt va jamiyatga bog’liq, ularni prognoz qilish, qator hollarda esa ularni boshqarish mumkin.


3-Mavzu: Ijtimoiy normalar
Reja:

  1. “Ijtimoiy me'yor” tushunchasi

  2. Ijtimoiy me'yor turlari va uning ishlash mexanizmlari

  3. Ijtimoiy og’ish


Mashg’ulot maqsadi: Talabalar mavzu yuzasidan ilmiy-nazariy bilimlar almashinish, ijtimoiy me'yor tushunchasi, ijtimoiy me'yor turlari va uning ishlash mexanizmlari va ijtimoiy og’ish haqida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. YU. Asadov R. Musurmanov O‘smirlar deviant xatti-harakatining ijtimoiy psixologik xususiyatlari (diagnostika, profilaktika, korreksiya) “Sano-standart” nashriyoti Toshkent – 2011 125-b

  2. Rozikova M., Aliyeva K. Psixologik tashxis metodikalari . – T., 2013. – B. 16

  3. www.psy.piter.com

  4. www. ziyonet.uz

  5. www. tashxis.uz

V.A.Petrovskiyning fikricha , bu o‘ziga xos muvofiqlik postulati (isbotsiz qabul qilinadigan qoida)da ifodalanadi. Bu o‘rinda har qanday ruhiy jarayonlar va xulqiy xatti-harakatlarning boshlang’ich moslashuv yo‘nalishi haqida so‘z yuritilmoqda. Muvofiqlik postulatlarini uch turga ajratiladi: gomeostatik, gedonik (huzur-halovatga intilish insonga xos xislat deb hisoblovchi axloqiy ta’limot), pragmatik.


Gomeostatik variantida muvofiqlik postulati muhit bilan o‘zaro munosabatlardagi ziddiyatlarni bartaraf qilish, ruhiy zo‘riqish darajasini pasaytirish, muvozanat o‘rnatish shaklidagi talablar kabi namoyon bo‘ladi.
Gedonik variantida kishining harakatlari ikki birlamchi affekt: qoniqish va azob orqali aniqlanadi; axloqning namoyon bo‘lishi esa qoniqishni maksimalashtirish va azobni kamaytirish sifatida izohlanadi.
Pragmatik variant maqbullashtirish tamoyilidan foydalanadi, bunda diqqat markaziga axloqning tor amaliy jihati: foyda, naf yoki muvaffaqiyat qo‘yiladi. Demak, kishining voqelik (borliq) bilan o‘zaro aloqalarining tahlili deviant axloqni baholashning asosi bo‘lib xizmat qiladi, zero me’yorning hukmron tamoyili shaxsning nimagadir yoki kimgadir (ya’ni real borliqqa) moslashuvidan kelib chiqadi. Shaxs va borliqning o‘zaro munosabatlarini beshta usul bilan aniqlash mumkin: 1) moslashuv; 2) qarshilik ko‘rsatish; 3) ro‘para bo‘lish; 4) vaziyatdan qochish; 5) mensimaslik. Yetuk intellektual salohiyatli shaxslar voqelikka moslashuvni tanlaydi. Qarshilik ko‘rsatishda shaxs faol ravishda o‘ziga, dunyoqarashiga mos kelmaydigan borliqni o‘zgartirishga, ya’ni uni o‘zining shaxsiy qarashlari va qadriyatlariga muvofiq o‘zgartirishga harakat qiladi. U o‘zi duch kelayotgan barcha muammolar borliqning ijtimoiy me’yorlariga asoslanganligiga ishonadi va borliq bilan kurash, borliqni o‘ziga moslashtirib o‘zgartirishga harakat qilish yoki jamiyat me’yorlarini buzuvchi axloqdan maksimal darajada foydalanish uning o‘z maqsadlariga erishishining yagona usuli bo‘lib qoladi. Bunda mazkur shaxsga nisbatan borliq tomonidan qaytariladigan javob ham xuddi shunday qarshi harakat qilish, shaxsni o‘zgartirish, uni voqelik talablariga moslashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Borliqning shaxsning dunyoqarashiga zid bo‘lgan ijtimoiy me’yorlariga qarshilik ko‘rsatishi kriminal va delinkvent xulq-atvorda uchraydi. Borliqning qarshilik ko‘rsatishi, uni o‘zlashtirish va tushunishning subyektiv ravishda buzib ko‘rsatilishi sabablari, tevarakolam tomonidan dushmanlarcha qabul qilinadigan ruhiy nuqson alomatlari va ruhiy-patologik buzilishlar bilan bog’liq. Ruhiy kasallik alomatlari atrofdagilarning qilmishlari sabablarini bir xil baholash imkoniyatini izdan chiqaradi, buning oqibatida muhit bilan o‘zaro samarali munosabatlar qiyinlashadi. Borliqni negativ va oppozitsion baholaydigan kishilar borliq bilan o‘zaro munosabatda o‘zini unga moslashishga layoqatsiz deb hisoblab, ongli yoki ongsiz ravishda tanlaydilar. Ular shuningdek, nomukammalligi, konservativligi, bir qolipdaligi, ekzistensial qadriyatlarni ezib tashlashi yoki ochiqchasiga insonparvarlikka qarshi faoliyat olib borishi sababli, moslashishga «loyiq bo‘lmagan» borliqqa moslashishni istamaslikni nazarda tutishlari ham mumkin. Borliqni mensimaslik, shaxs o‘zining shaxsiy tor dunyosida mavjud bo‘lgan holda borliqning talablari va me’yorlarini hisobga olmaganda, uning hayoti va faoliyatining avtonomizatsiyalashuvida (mustaqilligida) namoyon bo‘ladi. Bunda na to‘qnashuvlar, na qarshi harakatlar va na voqelikdan chiqib ketish holati sodir bo‘ladi. Har kim o‘zicha (mavjud bo‘lib) yashaydi.
Demak, bunday holatda deviant axloqni jamiyatga zid va ijtimoiy xarakterdagi ko‘rinishlarga tahdidi va jamoat uchun xavfliligining namoyon bo‘lish darajasi bo‘yicha farqlash mumkin. Jamiyatga zid (antisotsial) bo‘lgan og’ishlarga odamlar orasidagi shaxsning g’arazli, g’arazli-zo‘ravon, tajovuzkor-zo‘ravonlik qarashlari yoki jinoiy axloqning boshqa turlariga xos bo‘lgan kriminal shakldagi jamiyatda qabul qilingan o‘zaro munosabatlar qoidalarini ongli (kamdan-kam hollarda ongsiz) ravishda buzishga qaratilgan qilmishi va harakatlarini kiritamiz. G’arazli yo‘nalish deganda, noqonuniy yo‘l bilan moddiy manfaat, pul yoki mulkiy manfaat olish maqsadida moddiy boyliklarni taqsimlashga tajovuz qiluvchi huquqbuzarlik va qilmishlarni tushunish lozim. Bu toifaga quyidagilar kiradi: a) g’arazgo‘y-xo‘jalikka oid jinoyatlarni sodir etishga moyil jinoyatchilar (tovarlarni qalbakilashtirish, ishlab chiqarishning ekologik me’yorlariga rioya qilmaslik, soliq to‘lashdan bosh tortish, noqonuniy tadbirkorlik, xakerlik va boshqalar); 8 v) g’arazgo‘y-mansabdor jinoyatchilar (mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan talon-taroj qilish, savdo qoidalarini buzish, mizojlarni aldash, poraxo‘rlik va boshqalar); d) o‘g’rilar, talonchilar (mulkni yashirin ravishda o‘g’irlash – o‘g’rilik bilan bog’liq g’arazli tajovuzlar); ye) firibgarlar (hujjatlar, qimmatli qog’ozlar, pul belgilari va boshqalarni qalbakilashtirish); f) zo‘ravon bo‘lmagan tovlamachilar – poraxo‘rlar. Talon-taroj qilish – o‘g’rilik, firibgarlik, o‘zlashtirish, rastrata qilish, bosqinchilik yoki qaroqchilik shaklida noqonuniy ravishda o‘zganing mulkini tekinga olish O‘g’rilik – o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish. Pora – mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchining foydasiga bajarilgan harakat uchun pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa mulk yoki manfaatlar olishi. Firibgarlik – aldov yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini talon-taroj qilish. G’arazgo‘y-zo‘ravon yo‘nalish deganda, shaxs ustidan zo‘rlik ishlatish bilan bog’liq g’arazli jinoiy tajovuzlarni tushunish lozim. Bu toifaga quyidagilar kiradi: Bunday pora uchun butun umr korrupsiyaga qarshi kurashaman!!! 9 a) bosqinchilar; v) bosqinchilik hujumlari ishtirokchilari; d) zo‘ravon talonchilar – reketirlar (tovlamachilar); ye) g’araz maqsadda odam o‘ldirishdan qaytmaydigan qotillar. Tajovuzkorona-zo‘ravonlik deganda, insonlarning hayoti, sog’lig’i va shaxsiy qadr-qimmatiga o‘ta hurmatsiz munosabatda namoyon bo‘ladigan insonparvarlikka zid jinoiy yo‘nalish tushuniladi. Bu toifaga quyidagilar kiradi: a) bezorilar; v) haqoratlash va tuhmat qilish yo‘li bilan shaxsning sha’ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazuvchi shaxslar; d) shaxsga qarshi og’ir jinoyat sodir qiluvchi shaxslar – odam o‘ldirish, zo‘rlik ishlatish, og’ir tan jarohatlari yetkazish va boshqalar. Bunday holda, tajovuzkor-zo‘ravonlik yo‘nalishi ham verbal (og’zaki) (so‘z bilan haqoratlash), ham noverbal (jismoniy ta’sir) holatda, kriminalgacha va kriminaldan so‘nggi darajada, ya’ni ma’naviy qoralashni keltirib chiqaruvchi qilmishlar va axloqsizlik ko‘rinishida yoki jinoiy javobgarlikka tortiluvchi harakatlar shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Haqorat – o‘zga shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beadab shaklda ifodalangan harakat orqali kamsitish. Bezorilik – fuqarolarga nisbatan zo‘rlik ishlatish yoxud zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitish, shuningdek o‘zganing mulkini nobud qilish yoki shikast yetkazish tarzida jamiyatdagi yurish-turish qoidalarini qo‘pol ravishda buzish. Kaltaklash – badanning anatomik butunligini buzmagan holda ko‘plab zarbalar berish. Qiynash –zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan muttasil ravishda jismoniy yoki ruhiy azoblar berish. Nomusga tegish - zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, qurbonning ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish. Odam o‘ldirish – boshqa odamga nisbatan qasddan o‘lim yetkazish. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar deganda - jinoiy ehtiyotsizlik yoki o‘ziga ishonganlik oqibatida vositalar va tizimlardan foydalanish orqasida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, maishiy, tibbiy, ekologik xavfsizlik va shu kabilarning buzilishiga olib keluvchi harakatlar tushuniladi. 10 Ijtimoiy axloqning og’ishi jamiyatga qarshilik ko‘rsatishning nisbatan «passiv» (qoloq) tipi deb tavsiflanadi. Ular faol hayot tarzidan voz kechishga intilish, o‘z fuqarolik majburiyatlari, burchidan bo‘yin tovlash, shaxsiy va ijtimoiy muammolarni hal etishni istamaslikda ifodalanadi. Bunday hollarga ishdan, o‘qishdan bo‘yin tovlash, daydilik, fohishalik, kishini sun’iy xomxayollar dunyosiga g’arq g’iluvchi va uning ruhiyatini yemiruvchi alkogol, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar iste’mol qilishni kiritish mumkin. Asotsial axloqning oshib ketishi – o‘zini o‘zi o‘ldirish – suitsid (suitsid - suiside ing. tilidan o‘z joniga qasd qilish) deyiladi. Shunday qilib, deviant (og’adigan) axloqqa, shaxsning mazkur jamiyatda (ijtimoiy guruhda) rasmiy o‘rnatilgan yoki ilgaridan vujudga kelgan me’yor va taomillarga mos kelmaydigan va subyektni undan ajratib qo‘yishga, davolash, tuzatish yoki jazolashga olib keluvchi axloq va harakatlar kiritiladi.
Deviant axloqning asosiy turlariga jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘zini o‘zi o‘ldirish, daydilik, fohishalik va ruhiyat buzilishini kiritamiz. Og’uvchi axloq - axloq moslashuvini yo‘qotishning turli shakllarda ifodalanuvchi salbiy ruhiy-ijtimoiy rivojlanishi va ijtimoiylashtirish jarayoni buzilishining natijasi hisoblanadi. Moslashuv (lotincha adaptare – moslashtirmoq) - atrofdagi shartsharoitlarga moslashuv. Insonning moslashuvi ikki: biologik va ruhiy jihatga ega. Biologik moslashuv organizmni muhitning barqaror va beqaror shart-sharoitlari: harorat, atmosfera bosimi, namlikka, yorug’lik va boshqa fizik sharoitlarga, shuningdek organizmdagi o‘zgarishlarga, kasallikka, biron-bir a’zoni yo‘qotish yoki uning funksiyalarini cheklashga moslashuvini o‘z ichiga oladi. Moslashuv maqsadida inson o‘zining faoliyat mahsuli hisoblanuvchi turli yordamchi vositalardan (uy-joy, kiyim, harakatlanish vositasi va hokazo) foydalanishi mumkin. Shu bilan birga, kishida ba’zi biologik jarayonlar va holatlarni erkin ruhiy boshqarish qobiliyati paydo bo‘ladi, bu esa uning moslashuv imkoniyatlarini kengaytiradi. Ruhiy moslashuv kishining shaxs
Me'yorlar jamiyat tizimini qochib bo`lmaydigan o`zgarishlar sharoitida hayotga layoqatli muvozanat holatini tutib turuvchi mexanizmi hisoblanadi. Jamiyatda bir vaqtning o`zida turlicha– ilmiydan tortib jinoiygacha me'yoriy submadaniyat mavjud. Umuman olganda me'yor tushunchasi yetarlicha munozarali hisoblanadi.
Ijtimoiy me'yor aniq bir jamiyatda odamlar, shuningdek, ijtimoiy guruhlar
va tashkilotlarning yo`l qo`yilgan yoki majburiy axloqida tarixan vujudga kelgan
oraliqni mustahkamlaydi. Tabiiy-ilmiydan farqli ravishda ijtimoiy me’yor
rivojlanishning xolis qonunlariga muvofiq kyelishi va muvofiq kyelmasligi
mumkin.
"Norma" so‘zi lotin tilidan kelib chiqqan va "qoida, naqsh, standart, rahbarlik printsipi" degan ma'noni anglatadi.
Norm (lat. norma - qoida, namuna, standart) ob'ekt o‘z mohiyatini saqlab qoladigan, o‘zi qoladigan chegaralarni bildiradi.
Normlar texnik (masalan, xavfsizlik standartlari), tabiiy (ekologik, tibbiy standartlar) va ijtimoiy bo‘lishi mumkin.

Yüklə 466,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin