Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 466,48 Kb.
səhifə9/21
tarix16.12.2023
ölçüsü466,48 Kb.
#182447
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
uslbiy KO\'RSATMA DESTRUKTIV

Nazorat savollari:

  1. Agressiya va agressiv davr aniq qabuli

  2. Agresssiyaning turlari haqida nimalarni bilasiz.



6-Mavzu: Delinkvent xulq-atvor
Reja:

  1. Delinkvent xulq-atvor haqida tushuncha

  2. Delinkvent xulq-atvor yuzaga kelishi sabablari



Mashg‘ulot maqsadi: Delinkvent xulq-atvor haqida tushunchalarga ega bo’lish
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. I.M. Hakimova. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. // o‘quv qo‘llanma; Toshkent -2014; 28-bet.

  2. Umarov B.M. Bolalar va o`smirlarda xulq og`ishining kelib chiqishi va uning oldini olishning ayrim psixologik masalalari. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 28-bet.

  3. www.expert.psychology.ru

  4. www.psycho.all.ru



DELINKVENT XULQ 
Delinkvent va kriminal xulq ko‘p bosqichli ijtimoiy jarayonlar vositasida saqlanib turadi. Delinkvent hodisalarning faqat individual muammolariga to‘xtalib, jinoyat xulqining ijtimoiy sabablarini ko‘rsatmaslik to‘g’ri bo‘lmaydi. Robert Mertonning fikricha hozirgi ite’molchilik jamiyatida ko‘pchilik odamlar nima qilib bo‘lsa ham daromad, ite’mol va muvaffaqiyatga intilishadi. Jamiyat tomonidan inkor qilingan, tan olinmagan, chetga surib qo‘yilgan odamlar uchun bu maqsadlarga qonuniy yo‘l bilan yetishish juda oir. Shuning uchun ular muvaffaqiyatga kriminal yo‘l bilan erishishga chog’lanishadi. Bunday odamlar kamomad qilishadi, aldashadi, yoki talashadi, qisqasi qonun yo‘li bilan olishlari mumkin bo‘lgan narsaga jinoyat yo‘li bilan ega bo‘lishadi. Bir qaraganda bunday odamlar jamiyatning past tabaqasiga mansub kishilardan iborat degan xulosa kelib chiqadi. Lekin keyingi paytlarda avj olib ketayotgan industrial kriminalistika (sotib olish, pora, kamomad) ko‘rinishidagi jamiyatning oliy tabaqasiga mansub jinoyatchilikni ham esdan chiqarmaslik kerak. Ba’zan jamiyatdagi "yorliq yopishtirish" odati ham kriminal shaxs taqdirida katta rol o‘ynaydi. Odam bir marta jinoyat qilib, bundan buyoniga kriminal harakat qilmasdan yashash imkoniyatini yo‘qotadi. Delinkvent karpera shunday qilib quyidagi ketma-ketlikda amalga oshadi: 
1. Birlamchi, tasodifiy sodir qilingan jinoyat (delinkventlilik) 
2. Jazolash. 
3. Ikkilamchi delinkventlik. 

4.Yanada qattiqroq jazolash. 


5. Yanada jiddiyroq delinkvent xulq. 
Shunday qilib, delinkvent shaxs aylanib yurib o‘ziga va atrofdagilarga zarar 
keltiradigan yopiq doira vujudga keltiradi. Delinkvent shaxs bilan uni ta’qib 
qilayotganlar o‘rtasida o‘ziga xos munosabatlar stereotipi vujudga keladiki, bir tomon ikkinchi jabrlanuvchi tomon shaxsi bilan hisoblashmasdan o‘z hokimiyatini namoyish qiladi. Bir tomonda hokim davlat muassasalari: milisiya, prokuratura, sud bo‘lib ularning qonuniyligi demokratiya tomonidan tasdiqlangan. Ikkinchi tomonda go‘yoki o‘ziga tegishi kerak bo‘lgan ulushni olishga xaqqi bo‘lgan delinkvent shaxs. "olish" jarayoni yoki talonchilik yoki bilvosita firibgarlik, kamomad yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Paul Reyvalpdning fikricha jamiyat, tasavvurga simasa ham, oqlab bo‘lmaydigan harakatlari va o‘ta jiddiy jazo choralari bilan o‘zi qutilmoqchi bo‘lgan
Jinoyatchilarni tarbiyalaydi. Bu fikrga shuning uchun qo‘shilsa bo‘ladiki, individual delinkvent shaxs va uni ta’qib qilayotgan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro taqqooslashni baholashda shaxsiy himoya mexanizmlari ishtirok etadi. Bu proyektiv jarayon bo‘lib, har bir odamdagi kriminal komponentlar u yoki bu jinoyatni chindan ham amalga 
oshirayotgan odamlarga proyeksiya qilinadi, ko‘chiriladi, natijada bu odamlar aslidagiga qaraganda ham ko‘proq jinoyatchiroq bo‘lib ko‘rinadilar. Shuning uchun jazo ba’zan jinoyatga qaraganda og’irroq bo‘ladi. Aytish mumkinki, jazolash aslida shaxsiy agressivkriminal impulpslarni qondirishning ongsiz o‘rin almashtirish usulidir. Albatta bu qoida emas, har qanday jazo jarayonida ham shunday 
bo‘lavermaydi. Lekin ayrim o‘ta og’ir jazo choralari belgilanganda xuquqshunosning shaxsiy kriminal agressiv impulpslari ham ma’lum rol o‘ynashi mumkin. O‘z o‘quvchilarini o‘zlari ichdan kechira olmagan kechinmalari uchun, kechinmalar qancha kuchli bo‘lsa, shuncha qattiq jazolaydigan o‘qituvchilar ham shu jarayonga misol bo‘la oladi. Masalan: sho‘xlik, o‘yinqaroqlik va hokazolar uchun. Delinkvent xulqning individual aspektlari. Delinkvent xulqli odamlar o‘zlarining ichki ziddiyatlarini nevrotiklarga o‘xshab himoya mexanizmlari bilan himoya qila olmaydilar. Lekin ular shizofreniklarga o‘xshab illyuziyalar dunyosiga chekinib, reallik bilan o‘z aloqalarini uzmaydilar ham. Ichki zo‘riqishga bardosh berish uchun ular ichki kasallikka ham murojaat qilmaydilar. Shunday bo‘lsa ham, ular reallik bilan aloqani uzadilar va o‘z ichki voqeliklaridan ta’qib’ qilinadigan, davlat tomonidan va qonun yo‘li bilan jazolanadigan taoqiqlangan harakatlar sodir qilish bilan qutuladilar. 
Agar bunday odamlarning xulq stereotiplariga nazar tashlansa, ularning bolaligida psixoz yoki pisxosomatik kasallik bilan origanlarga o‘xshab jarohatlovchi munosabatlar buzilishini kuzatish mumkin. Bunday odamlarni yoshligida yaxshi ko‘rishmagan, suyishmagan. Hech bo‘lmaganda ularga e’tibori berishmagan, ularning tarbiyasini "qo‘ldan chiqarishgan", bunday odamlar yetishmovchilik ekstremal holatini, kattalar tomonidan muloqat va e’tibori tanqisligini boshdan kechirishgan. Buning fojiali oqibati esa – ruhiy tuzilmadagi kuchli tanqislik bo‘lgan. 
Bunday ahvolga yana qo‘shimcha jarohatlovchi hodisalar: bolalarga nisbatan 
shafqatsiz munosabat (jismoniy jazo) yoki ularning ruhiy shafqatsizlik va befarqlik sharoitida tarbiyalanishlari ham qo‘shilishi mumkin. Delinkvent xulq tarbiyada jazolash usuli bilan uzviy bog’liq. Shunday muhitda o‘sgan bola jazolash va shafqatsiz muomala haqidagi bilimdan boshqa narsani o‘zlashtirmaydi. Bunday tarbiya qurboni keyinchalik o‘z tajribasini boshqa odamlarga ham tarqatadi . "Agressor bilan identifikatsiya" qilish hodisasi sodir bo‘ladi. Jinoyatchi o‘zi bilan bolalikda nima qilishgan bo‘lsa, o‘z qurbonlari bilan ham shunday qiladi. Delinkvent xulqli shaxs strukturasini o‘z-o‘zini yo‘qotish qo‘rquvi, birovni yaxshi ko‘rmaslik, yakkalanish, ma’nosizlik, ojiz, g’azab va umidsizlik bilan bog’liq kechinmali psixik holatlar tashkil qiladi. Agar bunday shaxs o‘ziga o‘xshagan odamlar bilan guruhga birlashsa o‘z shaxsiy vaziyatining chidab bo‘lmasligini unutishi oson bo‘ladi. Agar ular birgalikda jinoyat sodir qilishsa, bunday jinoyat odatda jamiyat vakillariga qaratilgan bo‘ladi. Guruh ishtirokchilari endi tarbiyani so‘zma-so‘z tushunib, ularga nisbatan qo‘llagan ota-onalarining qurbonlari bo‘lmay 
qoladilar. Shu bilan birga ular endi ularning ahvolini qoniqtiradigan machg’ulot bilan shug’ullanishga yo‘l qo‘ymayotgan turli instansiyalarning qurbonlari ham emaslar. Endi ular faol harakat qilayotgan aybdorlardir. Chunki hech bo‘lmaganda, o‘z xohishing bilan qonunni tepib o‘tayotganingdan ham qoniqish hosil qilish mumkin. 
Ko‘p hollarda qasos fantaziyasiga yana ululik va dabdababozlik fantaziyasi ham qo‘shiladi. Delinkvent xulq shaxsga o‘zini davlat va jamiyatning huquqini himoya qiluvchi organlariga qarshi tura oladigan odam - deb tasavvur qilish imkonini beradi. Agar davlat va jamiyat chindan ham biror narsada aybdor bo‘lishsa, bu qiyin emas albatta. Biroq delinkvent xulqda ko‘p hollarda shaxsiy negativ tasavvurni jamiyatga 

ko‘chirish hodisasi sodir bo‘ladi, jamiyat (illyuzor ko‘rinishda) aslidagidan ko‘ra yomonroq ko‘rina boshlaydi ("mentlar", "bulpdoglar" darajasiga tushirsa bo‘ladigan militsionerlar, voqeani jiddiy surishtirishiga va haqiqat qilishiga hech kim ishonmaydigan yuristlar). Niohoyat jinsiy o‘ziga xos delinkvent xulq haqida ikki oiz so‘z. Karol Smart ma’lumotlariga ko‘ra bolalarni o‘ldirish, fohishalik, magazinlarda o‘irlikni erkaklarga nisbatan ko‘proq ayollar sodir qilishadi. Erkaklar ko‘proq mashina o‘irlash, talonchilik, tan jarohati yetkazish, qotillik va zo‘rlash bilan shugoullanishadi. Sudda ko‘p hollarda ayollarni ayrishuuriy (nevmenyayemiy) deb tan olishadi va psixiatrik klinikaga jo‘natishadi. Lekin shunga qaramay so‘nggi yillarda erkaklar va ayollar kriminal xulqi o‘rtasidagi farq silliqlanib borayapti. Bu sohada ham o‘ziga xos raqobat jarayoni boshlandi.Yana bir kichik fakt shuki qotillik sodir qilganlarning 90% ini birinchi marta jinoyat qilganlar tashkil qilar ekan. Bu hodisa psixikada uyatchanlik, tortinchoqlik komponenti bilan bog’liq. Shunga mos ravishda Amerikada o‘tkazilgan tadqiqotlarda qamoqxonalarda saqlanayotgan retsidivist jinoyatchilarning 90% ni uyatchan, tortinchoq deb hisoblashgan. Jamiyatda narkotik ite’mol qiluvchilar muammosi keyingi yillarda yanada murakkablashdi. Ichkilik ite’mol qiluvchilardan farq qilib, geroin, kokain yoki gashish va marixuana ite’mol qiluvchilarko‘pchilik jamiyat a’zolari tomonidan ma’qullanmaydi. Bu yerda xuddi delinkvent xulqqa o‘xshab bir tomondan jamiyat ikkinchi tomondan alohida narkoman yoki narkomanlar guruhi o‘rtasidagi ongsiz jarayonlar katta rolp o‘ynaydi. Bu yerda birinchi navbatda ko‘pchilik fuqorolar o‘zlarining shaxsiy salbiy sifatlarini narkomanlarga ko‘chiradigan proyektiv jarayonlarni nazarda tutish kerak. Narkotik tobe odamlar bizning shaxsiy ite’molchilik xulqimizni aks ettirishadi; ya’ni biron narsani xo‘lash va xo‘lagan narsaga nima qilib bo‘lmasin ega bo‘lish, egalik va xususiychilik hissi, teppa-teng ravishda ijtimoiy sovuqlik va befarqlik. Bitta misol o‘zining ichkilikbozligini narkoman o‘g’lini ayblash bilan oqlashga urinadigan ota. Jamiyatning narkomanlarga bunday negativ munosabati yana shu bilan yengillashadiki, narkotik moddalar sotilishi taqiqlangan va narkoman xohlaydimi-


xohlamaydimi ularni noqonuniy yo‘l bilan sotib olishga majbur.

Yüklə 466,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin