Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi bayoni.Yan Amos Komenskiyning pedagogik sistemasi
1656 yili SHved—polyak urushi vaqtida Leshnodagi chex qardoshlari jamoasi tor-mor qilinadi. Komenskiy Gamburgga qochadi. Undan Amsterdamga o’tadi. SHunda Gollandiya senatining buyrug’iga muvofiq uning asarlari to’plami bosilib chiqadi.

Komenskiy o’z vatanini juda sevar va uning mustaqilligi uchun kurash olib boradi. Uning ko’p asarlarida vatanparvarlik hissi aks etgan. U chex xalq poeziyasini yig’ib chex maqollar to’plamini tuzadi va o’z xalqining tilini saqlashga, sevishga undaydi.
Komenskiyning dunyoqarashi. Komenskiyning dunyoqarashida uch xususiyat ta’sirini ko’ramiz. 1. Natur falsafasi. 16—17-asrlarda ingliz faylasufi — materialist Bekon sensualistik falsafa nazariyasini ilgari suradi. Komenskiy o’qitish jarayoniga shu pozitsiyadan qaraydi. Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish bo’lmagan yerda bilish ham yo’q, deydi u. 2. Chex qardoshlari jamoasi diniy jamoa bo’lganligi uchun Komenskiy ham dindor ruhoniydir. Lekin Komenskiyning ruhoniyligi turmushga amaliy qarash bilan bog’liq edi. 3. Komenskiy dunyoqarashining ba’zi jihatlari Uyg’onish davri ta’sirida vujudga keladi. Odamlarga nisbatan muhabbat, hushchaqchaqlik, odamlarning yaxshilik yaratishiga ishonch bilan qarash, bularning hammasi o’rta asr odamiga nisbatan ishonchsizlik bilan qarashga qarama-qarshidir.
Komenskiy tashqi ob’ektiv dunyoning hukm surishiga ishonadi. Dunyo bir butun. Dunyoda hamma narsa bir-biri bilan bog’liq. Ajralib qolgan narsa yo’q. Dunyo qarama-qarshiliklardan iborat. Dunyo qotib qolgan emas. U o’sishda, o’sish esa o’z qonuniyatiga ega. Qonuniyat borliqqa, ya’ni xudoga tegishli, deydi.