Bu davrlarda yozuv, o’qish, hisob va din ilmlari yaratildi. Qadimgi Sharq mamlakatlarida maktablarda qattiq intizom o’rnatilgan, bolalarga nisbatan jismoniy jazo qo’llangan.Markaziy Osiyoda falsafiy, axloqiy, ma‘rifiy tafakkurning ilk kurtaklari xalq og’zaki ijodida o’z aksini topgan. Ularda yozuv paydo bo’lgunga qadar va undan keyin ham xalq ruhi va ma‘naviy faolligi aks etgan. Sharqda, jumladan O’zbekiston hududida ta‘lim-tarbiyaga juda katta e‘tibor berilib, bolalarni kichik yoshdan ilmga qiziqtirish, axloqan pok, vijdonli, mehr oqibatli qilib voyaga yetkazish, el-yurtga nafi tegadigan farzand qilib o’stirish masalalariga ota-bobolarimiz jiddiy e‘tibor qilishgan.

Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida ta‘lim-tarbiya, pedagogik qarashlar va ta‘limotlar.
Eramizdan oldingi VI asrdan milodiy V asrgacha bo’lgan davrda Yunonistondagi quldorlik davlatlari va Rim imperiyasida bir qadar demokratik tartiblar, Respublika boshqaruvi o’rnatildi. Bu davrda o’ziga xos ta‘lim-tarbiya tizimlari va mutafakkirlar tomonidan o’ziga xos pedagogik ta‘limotlar yaratildi.
Afinadagi quldorlar o’z bolalariga aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyalarni berganlar. Afinada bolalar 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan.7 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar «gramatist va kifaristlar» maktablarida ta‘lim olganlar So’ngra 14-15 yoshli bolalar «polistra» (kurash) maktablarida taxsil olgan.16-17 yoshli bolalar «Gimnaziya» da, 18-20 yoshli bolalar esa Efiliya maktablarida ta‘lim-tarbiya olganlar.