Moddiy, utilitar qadriyatdan farqli o‘laroq, ma’naviy qadriyat o‘ziga to‘q xusu-
siyat kasb etadi va o‘zidan tashqarida yotuvchi motivlarga muhtoj bo‘lmaydi. Utilitar pragmatik qadriyatlar faoliyat maqsadini belgilasa, ma’naviy qadriyatlar inson faoliyatining mazmunini belgilaydi.
SHunga mos ravishda shaxsning ma’naviy dunyosi ham o‘z ierarxiyasiga ega bo‘ladi. Inson ma’naviyati uchta: ma’rifiy, axloqiy va estetik asoslarni o‘z ichiga oladi.Ularga ma’naviy ijodkorlarning uch tipi: donishmand (biluvchi), taqvodor (avliyo) va san’atkor mos keladi. Bu asoslarning o‘zagi ma’naviyatdir. Bilim bizga haqiqatning tagiga etish uchun imkoniyat yaratib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsa, axloqiy va estetik asos insonning o‘z egoistik «Meni» chegarasidan chetga chiqib,ezgulik urug‘ini sochish qobiliyati va ehtiyojini nazarda tutadi.Ma’naviy qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular noutilitar va noinstrumental xususiyat kasb etadi: ular boshqa biror narsaga xizmat qilmaydi, aksincha, boshqa barcha narsalar ularga bo‘ysunadi va oliy qadriyatlar bilan bog‘liq holdagina muayyan mazmun kasb etadi.