Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi ta’limotni Karl Marks o‘zining «Kapital», «Siyosiy iqtisod tanqidiga doir» kabi asarlarida ilgari surgan. Marks nazariyasining mohiyatini, uning bir qancha qoidalari orqali ifodalash mumkin: 1ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – sifat jihatidan aniq, yaxlit ijtimoiy tizim bo‘lib, uning muhim elementi odamlarning hayot faoliyati jarayonida ular o‘rtasida o‘rnatiladigan moddiy (iqtisodiy), ma’naviy (mafkuraviy) va boshqa aloqalar va munosabatlardir. Moddiy va ma’naviy munosabatlarning o‘zaro aloqasida moddiy munosabatlar etakchi rol o‘ynaydi. Ularning o‘zagini ishlab chiqarish munosabatlari tashkil qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy tizim faoliyatini belgilovchi asoshisoblanadi; 2ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya turli mamlakatlarda ular rivojlanishining muayyan bosqichida ijtimoiy hayotga xos bo‘lgan umumiy jihatlarni aks ettiradi. Kapitalizmni o‘rganish va turli mamlakatlardagi moddiy va ma’naviy munosabatlarni taqqoslash jarayonida bu munosabatlarning ko‘pgina tomonlari takrorlanishining va mazkur mamlakatlar ijtimoiy rivojlanishning bir bosqichi – kapitalistik bosqichda, degan xulosaga