211-guruh Ahrorqulova Malika Ta'limning umumiy usullari Reja



Yüklə 12,46 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü12,46 Kb.
#165536
  1   2   3   4
Ta\'limning umumiy usullari


211-guruh Ahrorqulova Malika
Ta'limning umumiy usullari
Reja: 
1. Ta‘lim usullari to’g’risida tushuncha.
2. Ta‘lim usullarining turlari.
3. Ta‘lim jarayonida o’quvchilarni rag’batlantirish va tanbeh berish usullari
Ta‘lim jarayonida to’g’ri usul tanlar ekanmiz, ko’zlangan natijaga komil ishonch va qisqa yo’l bilan erisha olamiz. O’qitishning samarali borishi, o’quvchi-talabalarning har bir fanni chuqur o’zlashtirib olishlari, shuningdek ular bilimlarni ongli va mukammal egallashlari uchun hamda yoshlarda mustaqil va ijodiy faoliyat-fikrlarining rivojlanishiga bevosita o’qituvchining ta‘lim usullaridan keng va mohirona foydalana olishiga bog’liqdir. Pedagogika tarixidan, pedagogika amaliyotida ham o’qitish usullarining juda katta boyligi to’plangan.

Ta‘lim usuli deganda, ta‘lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushuniladi. O’qitish usullari ta‘lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi-talaba faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. Demak, o’qitish usullari har ikkala faoliyatning, ya‘ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan yo’llarni, usullarni o’z ichiga oladi. Ammo, har ikkala faoliyat ham hamisha bir xil va bir yo’nalishda bo’lavermaydi. Dars jarayonida o’tiladigan mavzuning xarakteri, mazmuniga qarab, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati turlicha yo’nalishda bo’lishi mumkin.

  • Ta‘lim usuli deganda, ta‘lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushuniladi. O’qitish usullari ta‘lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi-talaba faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. Demak, o’qitish usullari har ikkala faoliyatning, ya‘ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan yo’llarni, usullarni o’z ichiga oladi. Ammo, har ikkala faoliyat ham hamisha bir xil va bir yo’nalishda bo’lavermaydi. Dars jarayonida o’tiladigan mavzuning xarakteri, mazmuniga qarab, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati turlicha yo’nalishda bo’lishi mumkin.
  • Ta‘lim jarayonida ma‘lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning turlicha bo’lishi yangi-yangi usullarni keltirib chiqaradi.
  • Ta‘lim usullari, o’qituvchining o’qitish faoliyati tug’risida o’tmishda ham, jumladan Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida alohida asoslab berilgan. Abu Nasr Forobiyning «Fan va san‘atning afzalligi» risolasida o’quv jarayonini tashkil etishga va o’qitish metodlariga qo’yiladigan talablar mukammal ifodalangan. Olim o’zining o’qitish metodlari haqidagi fikrlarida o’quvchilarga turli bilimlar berish bilan birga, mustaqil holda bilim olish yo’llarini ham ko’rsatish, ularni bilimlarning zarurligiga aniq ishontirish kerakligini o’qtirgan.

Yüklə 12,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin