LUGʻAT — 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud boʻlgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan soʻzlar yigʻindisi, leksika; 2) soʻzlar (yoki morfemalar, soʻz birikmalari, iboralar va b.) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida maʼlumotlar jamlangan kitob. LUGʻAT — 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud boʻlgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan soʻzlar yigʻindisi, leksika; 2) soʻzlar (yoki morfemalar, soʻz birikmalari, iboralar va b.) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida maʼlumotlar jamlangan kitob. Lugʻat bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: oʻquvchiga muayyan hodisa haqida maʼlumot beradi; uni oʻz va oʻzga tillardagi soʻzlar bilan tanishtirada; tilni, uning lugʻat tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam beradi. Tilimizning boyishi va takomillashuvida tashqi manba, ya’ni o‘zlashma so‘zlar ham muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda o‘zbek tili leksik tarkibining taxminan yarmini arab, fors-tojik, yunon, lotin, rus, ingliz fransuz va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar tashkil qiladi.
Taraqqiyot sari qilingan ildam odimlar natijasida, tilimiz ko‘plab yangi tushunchalarni atovchi so‘zlar bilan yanada boyidi. So‘nggi yillar ichida til lug‘atimizga jadal kirib kelgan kompyuter, fayl, sayt, biznes, barter, market, marketing, monitoring kabi so‘zlar ham mazkur Lug‘atda o‘z o‘rnini topdi.
O‘zlashma so‘zlarning aksariyati tilimizga rus tili orqali kirib kelganligi sababli, ularning talaffuzi ham ko‘p hollarda rus tilidagi talaffuzidan farq qilmaydi va bu hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me’yor hisoblanadi. Shuning uchun Lug‘atda so‘zlarning transkripsiyasi, ya’ni talaffuziga doir maxsus ko‘rsatmalar keltirilmagan. Biroq o‘zbek tilida urg‘u turg‘un bo‘lib, u asosan so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, hind-yevropa oilasiga mansub tillarning aksariyatida esa urg‘u erkin bo‘lgani uchun, so‘zning har qanday bo‘g‘iniga tusha oladi. Shuningdek, hindcha, yaponcha, portugalcha va ayrim arabcha so‘zlarda ham urg‘u so‘zning birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘iniga tushishi mumkin. Shu bois so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushmagan hollarda urg‘u yozuvda ko‘rsatildi.
XXI asrda har bir til o'z jozibasi, tasviriy ifodadalashda aniqligini, ramziylik, tarixiylik, ma'lum uslub ifodasida koloritning kuchini yo'qotmasligi uchun axborotlashgan jamiyatning negiziga tobora chuqurroq kirib borishga harakat qilmoqda. Bunday harakatlardan eng samaralsi, albatta ta'lim sohasida milliy tilning batafsil va puxta o'tilishidir. Bunday jarayonlarda mumtoz va zamonaviy lug'atlar o'rtasida aloqani yo'lga qo'yish milliy tilning va jamiyat mulaqot madaniyatining bir necha davrlarga milliy til madaniyati, e'tiqodi va boyligi bilan o'sib borishiga zamindir. Bu jabhada esa ta'lim sohasida turli unumli metod va ta'limiy o'yinlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq.
O'qituvchilarning o'rni beqiyos bo'lib, o'quvchiga mumtoz so'z va izoh talab qiluvchi so'zlarning semalari batafsil va tushunarli berilishi lozim. Bu o'rinda "O'zbek tili izohli lug'ati" va turli mumtoz adabiyotlar izohli lug'atlaridan boxabar bo'lishlari talab etiladi. "Mumtoz matn va lug'atlar ustida ishlash" mavzusi dars soatlarini quyida keltirilgan materiallar va uslubiy
qo'llanmalar asos va ko'rinishida o'tishlari maqsadga muvofiqdir. Avvalo berilgan Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" kitobidan olingan "Talab vodiysi" parchasining nasriy bayonini o'quvchilarga tanishtirish, tahlil va tavsifini to'laqonli berib o'tish bilan boshlash lozim.
Hozirgi o’zbek tilining lug’at tarkibi (leksik boyligi) o’zbek tilining butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan xodisasidir. Undagi so’zlarning paydo bo’lish davri va kelib chiqish manbai xam xar-xildir.
Umuman, xar qanday til o’z lug’at tarkibi va grammatik ko’rulishiga ega bo’ladi. Lekin xalqlar o’rtasidagi uzoq, tarixiy davrlar maboynida davom etadigan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga xam, shubhasiz, o’z ta‘sirini ko’rsatadi. Natijada bir tilga xos fonetik, leksik va boshka elementlar ikkinchi bir tilga o’tib, o’zlashib ketadi. Bunday o’zaro ta‘sir etish ayniqsa leksikada kuchli bo’ladi.
O’zbek xalqi xam o’z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo’lgan va bu xalqlarning tili o’zbek tiliga m‘lum darajada o’z ta‘sirini qoldirgan xususan, boshqa tillardan o’zbek tiliga quplab o’zlar o’zlashganini shu ta‘sir bilan izoxlash mumkin. Natijada o’zbek tili lugat tarkibi dashu tilning o’ziga xos leksik qatlam bilan irga o’zlashga leksik qatlam ham yuzaga kelgan.
O’z qatlam. O’z qatlamga o’zbek tilining o’ziniki bo’lgan, shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy so’zlar kiradi. O’zbek tili lug’at sostavida turkiy tillar uchun umumiy (bo’lgan so’zlar anchagina qismni tashkil etadi. Bunday so’zlar deyarli barcha so’z turkumida bor: otlar: tosh, tog, yer, bosh, sonlar: bir, ikki, uch, to’rt - olmoshllr: men, sen, u. O’zbek tilining bevosita uziniki bo’lgan asosiy leksik kismini shu tilning taraqqiyotida. prokessida uning ichki imkoniyatlari, o’ziga xos qonun - qoidalari asosida xosil etilgan yasama so’zlar tashkil etadi. Bunda uch xolat kuzatiladi.
1. Asli uzbekcha suzlardan shu tilga oid qushimchalar yordamida yasalgan so’zlar: qatnashchi, terimchi, ogmachi, q.otishma.
2. O’zlashma so’zlardan o’zbek tili vositalari yordamida xosil qiligan so’zlar: a) tojikcha so’zlardan yasalgan so’zlar: jangchi, mardlik, sabza votchilik, pulsiz; b) arabcha so’zlardan yasalgan so’zlar: raxbarlik, qimmatli, nomusli; v) ruscha - baynalmilal so’zlardan yasalgan so’zlar: sportchi, shofyorlik, betonlik ;
3. Boshqa tillardan o’tgan yasovchi vositalar yordamida o’z va o’zlashma so’zlardan hosil qilingan so’zlar: tilshunos, madadkor, mexnatkash, ga-zetxon, ilmiy.
Demak, yasama suz komponentlari, yoki komponentlaridan biri asli o’ziga tilga oid bo’lsada, lekin yasalma (yasama so’z) shu tilning o’zida yaratilgan bo’lsa, bu so’z o’z qatlamga xos so’z xisoblanadi.
O’zlashgan qatlam. O’zbek tili o’tmishida qardosh bo’lmagan juda ko’p tillar bilan o’zaro alokada bo’ldi va bu tillardan o’zbek tiliga ma‘lum miqdorda so’zlar o’zlashdi. Bu jarayonda o’zbek tiliga ayniqsa fors -, tojik, arab va rus bugungi kunda ingliz tillari barakali ta‘sir etadi:
Tojikcha so’zlar: Osmon, oftob, baxor, shirin, agar, balki, jona-jon....
Arabcha so’zlar: kitob, maktab, paxta, xalq., maorif, nutq., savol kabi.
Ruscha - baynalminal so’zlar: traktor, kino, televizor, radio, akatsiya...
So’z o’zlashtirish asosan ikki xil; usul bilan amalga oshadi: a) so’z aynan olinadi: mashinka, avtobus, b) kalkalab olinadi. Kalkalab o’zlashtirishda so’zning o’zi emas, balki uning manosi uzlashtiriladi: qatnashchi - uchastnik, darslik - uchebnik.
Tulik kalka - veteran - faxriy, pensiya — nafaka, pensioner - nafakaxur.
Yarim kalka - sportchi - sportsmen, sinfdosh - odnoklasnik.
II. Tilning taraqiyoti jarayonida uning barcha soxalarida ma‘lum uzgarishlar yuz beradi. Bunday uzgarish ayniqsa uning leksikasi uchun juda xarakterlidir.
Bunda, birinchidan, tildagi ayrim so’zlarning eskirishi, iste‘moldan chiqib ketishi kuzatilsa, ikkinchidan, tilda yangi suzlarning paydo bulishi kuzatiladi. Bu ikkala xodisa xam ma‘lum ob‘ektiv sabablar asosida ro’y beradi.
Xozirgi adabiy til nuqtai nazaridan eskirgan so’zlarning jami eski qatlam. yangi so’zlarning jami yangi qatlam deyiladi. Demak, tarixiylik nuqtai nazaridan o’zbek tili leksikasi uch asosiy qatlamga bulinadi:
. Zamonaviy qatlam. Bunga umumiste‘oldagi leksika yoki faol leksika kiradi: non, choy, xavo, inson.
Eski katlam. Bu katlam tarixiy so’zlarga (istorizmlarga) arxiaizmlarga bo’linadi. Ko’l. jarchi, paranji - istorizmlar. Ulus (xalq),tilmoch (tarjimon) - arxaizm.
Yangi qatlam. Tilda yangi paydo bulga i va yangilik belgisi sezilib turadigan so’zlar yangi leksik katlamni tashkil etadi. Bunday so’zlar neologizmlar deb xam yuritiladi: faks, aktsiya, fermer.
III. Ilm - fan, texnika, kishloq. Xo’jaligi va boshqa soxalarga oid tushunchalarning aniq, atamasi bo’lgan so’z yoki so’z birikmasi termin deyiladi. Xar bir fan, kasb - xunar o’z terminlariga ega. Bunday maxsus leksika terminologiya deb ham yuritiladi.
Terminlar yuqorida aytilgandek, kasb - hunarga, ilm - fanga doir tushunchalarni ifodalaydi. Mana shunga kura terminlar - ilmiy terminlar va professional terminlarga ajratiladi.
IV. Frazeologiya tilshunoslikning frazeologik birikmalarini o’rganuvchi sohasidir. Frazeologiya termini tilshunoslikda ikki ma‘noda ko’llaniladi: 1) tildagi frazeologik birliklarning jami
ma‘nosida va 2) shunday birliklarni o’rganuvchi soxa (fan) ma‘nosida.
Ikki yoki undan ortiq so’zdan tarkib toptan va yaxlit bir ma‘no ifodalaydigan til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi: og’zi qulogida - xursand, tepa sochi tikka bulmoq. -jaxillanmoq. kabi.
Tilning lugat boyligi leksika va frazeologiyadan iboratdir. So’z xam, frazelogizm xam lugaviy birlik xisoblanadi.
Frazeologizmlar birdan ortiq so’zdan tashkil topishi bilan so’z birikmasi yoki gap tipida bo’lsada, lekin ular nutq birligi bo’lgan bu birlikdan tamoman farqlanadi va lug’aviy birlik sifatida ko’p jixatdan so’zlarga yaqin turadi, so’zlarga xos bo’lgan juda ko’p xususiyatlar frazeologizmlarga ham xosdir.
Frazeologizmlar so’z 'birikmasi yoki gaplar kabi nutq jarayonida xorsil bo’lmaydi, balki ular, xuddi so’zlar kabi, tilda tayyor xolda bo’ladi. Demak, frazeologizmlar nutq xodisasi emas, balki til xodisasi xisoblanadi.
So’z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So’z va so’z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo’lgan barcha so’z va iboralarning yig’indisi lug’at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o’zbek tilining lug’at tarkibini o’rganadigan bo’limdir. Leksikologiya lug’at tarkibidagi so’zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qo’llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so’zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko’chish hodisasi kabilarni o’rganadi. SHu sababli leksikologiya lug’at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, mazmunga mos so’z va so’z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug’ati qanchalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo’ladi; o’z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. SHuning uchun lug’atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o’stirishning muhim sharti hisoblanadi.
Hozirgi o’zbek adabiy tili ulkan lug’at boyligiga ega. Besh jildlik «O’zbek tilining izohli lug’ati» da 80000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi berilgan bo’lib, bular umumiy qo’llaniladiganlaridir. Bunga o’zbek tilida nashr etilgan turli terminologik lug’atlarda, o’zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug’atlarida va turli izohli lug’atlarda berilgan so’zlar qo’shilsa, lug’at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko’p so’zlar ko’p ma’noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug’atda bosh so’zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm bilan bog’langan ma’noda ishlatilishi berilgan.
Ona tili o‘qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o‘rni, vazifasi bilan belgilanadi. Til aloqa vositasi – so‘zlovchi fikr-mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ruyobga chiqqan fikrni anglatadi.
Ona tili fani o‘qituvchilarni fikr bayon qilish va uni o‘qib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ruyobga chiqar ekan, har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning grammatik – qonun qoidalarini, ta’rifini o‘zlashtirishgina emas, balki ona tilning boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilishdir, ya’ni fikrini og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili dasrlarida lug‘at ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Lug‘at ishida so‘zning ma’nosi talaffuzi va imlosi e’tiborda tutiladi. Shular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o‘quvchilarning nutqda foydalanishlariga erishish, o‘zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi ona tili darslarida qo‘llangan har bir so‘zning, ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, o‘zaro suhbat, turli tadbirlarda, ishlatilgan so‘zlarning ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab olish kerak.
Tilning lug‘at boyligini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi uchun ona tili darslarida so‘zlarning quyidagi ma’nolari bilan tanishtiriladi.
O‘quvchilarni notanish so‘z va iboralar bilan tanishtirish.
O‘quvchilar darslikdagi so‘z va iboralarga birinchi marta duch kelayotgan bo‘lishi mumkin. Bu so‘z yangi paydo tbo‘lgan so‘z bo‘lmasa ham o‘quvchi uning ma’nosini bilmaydi, demak, o‘quvchi uchun yangi so‘z hisoblanadi. Masalan, 1sinf “Ona tili” darsligida xabib (do‘st) darparda (oyna o‘rniga shaffof qog‘oz yopishtirilgan deraza parda), (mag‘rur (kekkaygan, mag‘rur-kamtar), kamol (har tomonlama yetuk, to‘kis, kamol topmoq-xazon bo‘lmoq), xaroba (qarovsiz qolgan vayrona), qardosh (do‘st, birodar, qarindosh-urug‘), safdosh (harbiy xizmatda birga, tashkilotda birga), xavza (daryo va ko‘llarga qo‘yiladigan, uni tashkil etadigan irmoqlar yoki majmui rasm ko‘rsatiladi), sarkarda (qo‘mondon, lashkarboshi), zeb (bezak, ko‘rk, husn), ziynat (go‘zallik uchun xizmat qiluvchi buyum), qasr (xashamatli saroy, ko‘shk) kabi so‘zlarga duch keladilar. Bunday so‘zlarning ma’nosini sinonimlar keltirib kengaytirish yo‘li bilan qarshi ma’noli so‘zlar bilan izoh berish, gap tuzish orqali ma’nosini yechish, rasmlar orqali tushuncha hosil qilish mumkin. Bunday ishlash o‘quvchilarda so‘z ma’nolariga nisbatan sezgirlikni yuzaga keltiradi.
O‘quvchilarni so‘zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish. O‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlarning bir ma’nosini tushunsa, boshqa ma’nosini bildirmasliklari mumkin. Bolalar so‘zlarning hamma ma’nolarini birdaniga o‘zlashtirib ololmaydilar. Ularning ma’nosini o‘zlashtirish bosqichma bosqich amalga oshiriladi. 1-2 sinfda ko‘p ma’noli so‘zning bir-ikki ma’nosi bilan tanishsa, 3-4sinflarda yana boshqa ma’nolarini bilib oladi. Tilning barcha sathlarini: fonetika, leksika, so‘z tarkibi, morfologiya, sintaksis (boshlang‘ich sinfda bu bo‘limlar “Tovushlar va harflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli nutq” deb nomlanadi)ni o‘rganish jarayonida tasviriy ifodalar, iboralar, ma’nodosh, shakldosh, qaramaqarshi ma’noli so‘zlarning ma’nolari turli ish turlari asosida tushuntirib boriladi. 1sinf ona tili darsligida fikr buzuq-ko‘chma ma’noli ibora berilgan, uni soat buzuq birikmasi bilan taqqoslang. Qaysi birikma boshqa ma’noda qo‘llanayapti? (soat buzuq) Qaysi birikma boshqa ma’noda qo‘llanayapti? (fikri buzuq). Fikri buzuq birikmasi qanday ma’noni ifodalayapti? Bolalar o‘ylab, niyati yomon kishilarni fikri buzuq deyishadi deb izoh beriladilar. Ko‘rinadiki, taqqoslash usuli so‘z ma’nolarini izohlashda samarali usul sanaladi. Quloch otib, tanbeh yedi, ko‘zi o‘ynar, qalbi olov, til topishdi, rohatini totdi iboralarining ma’nosi ustida ham shu tarzda ishlanadi.
So‘zlarning qo‘llanishini faolashtirish uchun yozma ishlar o‘tkazilayotganda ham o‘quvchilar e’tiborini ayrim so‘zlarni boshqasi bilan almashtirishlari ta’kidlandi. Masalan, 1-sinfda rasmlar asosida og‘zaki hikoya tuzayotgan o‘quvchilarning nutq elementlari biri-biridan farqli bo‘lishi –biri ikkinchisining so‘zini qaytarmasligi talab qilinadi. Masalan, shirinsuxan so‘zi o‘rnida shirinso‘z, nasim-tonggi yel (shamol), tanbeh berdi –dashnom berdi, zilol suv-tiniq suv, kichik mo‘jaz, tik-adl, nafis-nozik, ishbilarmon –ishning ko‘zini biladigan kabi…
Yozma bayon yozishga tayyorlanish jarayonida ham (2-sinf) so‘zlarni boshqasi bilan almashtirishga, kitobiy so‘zlar tanlashga e’tibor berish lozim.
Darsliklarda bola hissiyotiga ta’sir qiluvchi ko‘chma ma’nodagi badiiy ifodalar ko‘p qo‘llangan, ular ustida maqsadga muvofiq ishlash o‘quvchi nutqini jozibador qiladi, ularning nutqiy adabiy tilga yaqinlashtiradi.
Yangi paydo bo‘lgan so‘z ma’nolari ustida ishlash. Bunday so‘zlar darslikda kam qo‘llaniladi. Bunday so‘zlarning bolalar hayoti bilan bog‘liq bo‘lganlarini ajratib olib “Bilib qo‘ygan yaxshi” rubrikasi ostida ishlansa o‘quvchining nutqi zamon bilan baravar rivojlanib boradi.
5.Grammatik atamalar ma’nosi bilan tanishtirish. Grammatik atamalarning avvalo to‘g‘ri talaffuzi, imlosi o‘rgatiladi. Shundan so‘ng misollar asosida uni mazmuni ochiladi. Qoidani o‘qitish va mashqlar bajarish orqali atama ma’nosini to‘laqonli anglashlariga erishiladi.
Lug‘at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi:
So‘z ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul ko‘chma ma’noli so‘z va iboralar, paronim so‘zlar, shakli bir xil so‘zlar ma’nosi, imlosi, talaffuzini izohlashda qo‘llaniladi. Urush-urush: ikki kishining janjallashib qolishi –urish; ikki xalq, ikki davlat orasidagi jang-urush. Bu so‘zlarning talaffuzi ham ikki xil.
So‘zlarning kuzatish usuli orqali so‘zlarning imlosini, ma’nosini va talaffuzini o‘rgatish. Bu usul o‘zakdosh so‘zlarni o‘rganish jarayonida, ko‘m-ko‘k, oppoq, qip-qizil sifatlarining (qizil, oq, ko‘k) ma’no nozikliklari, imlosi, talaffuzini o‘rgatishda qo‘llaniladi. Masalan: Gul: guldon, gulchi, gulzor, gulli, gulsiz, gulla so‘zlarning tarkibini kuzatadilar. Bu so‘zlar ma’nosidagi farqni izohlaydilar va tilning yangi so‘zlar hisobiga boyib borishini anglay boshlaydilar. Shunday o‘rinda o‘qituvchi so‘zlarni o‘z so‘ziga aylantirishi orqali aniq fikr yuritishga o‘rganish o‘quvchining burchi ekanini aytishi lozim.
Kuzatish usuli shakllari o‘zgarayotgan so‘zlarning imlosini o‘rganishda ham qo‘llaniladi: og‘iz+im –og‘zim, singil+im-singlim, u+ga-unga.
So‘zlarni belgilariga ko‘ra guruhlash usuli. Guruhlash aqliy faoliyat usuli bo‘lib, u ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda muhimdir. Bu usul so‘zlarning anglatayotgan ma’nosi, turkumi, yasalishi, imlosi, uyasi kabilarga ajratish imkonini beradi. Guruhlash kuzatish va taqqoslash usuli bilan bog‘liq. So‘zlarni guruhlash uchun avvalo ular kuzatiladi, so‘ng taqqoslanadi. Bu jarayonda ularning o‘xshash va farqli tomonlari ajratiladi: Masalan, qavmqarindoshlik bo‘yicha guruhlash:
Ota urug‘i: ota, amaki, amma, dada, oppoqdada, buvi, buva.
Ona urug‘i: ona, xola, tog‘a, oyi, buvi, buva.
Sifatlarda a)xususiyat bildiruvchi sifat: sho‘x, og‘ir, bosiq, aqlli, aqlsiz, xayoli, hissiz, andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar va h. b)ta’m bildiruvchi sifat: shirin, achchiq, nordon, taxir, sho‘r, mazali, bemaza, chuchmal va h.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Ona tili (Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik) O'zXTaV. Toshkent - 2019.
2. Lison ut-tayr(Qush tili). Sharofiddin SHARIPOV,f.f.n. Vahob RAHMON O'zRESda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi nasriy bayoni. "Tafakkur" nashriyoti, Toshkent - 2020.
3. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", Davlat ilmiy nashriyoti - 2006.
4. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", Davlat ilmiy nashriyoti - 2006.
5. Ona tili (Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 8-sinfI uchun darslik) O'zXTaV. Toshkent - 2019.
6. Lison ut-tayr(Qush tili). Sharofiddin SHARIPOV,f.f.n. Vahob RAHMON O'zRESda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi nasriy bayoni. "Tafakkur" nashriyoti, Toshkent - 2020.
7. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", Davlat ilmiy nashriyoti - 2006.
8,SH.SHoabdraxmonov va boshqalar. «Xozirgi o’zbek adabiy. tili» qism T. O’qituvchi - 1980
9,M. Irisqulov «Tylshunoslikka kirish» T. O’qituvchi - 1992
10,I.Quchqorov va boshqalar. «Tilshunoslikka kirish»
T. 1975, 39 - 41betlar.
11,O.Azizov. «Tilshunoslikka kirish» T. 1963, 8-bet
Dostları ilə paylaş: |