mazkur shartnoma talablariga kat’iy rioya qilish; ota-ona to‘lovinio‘z vaqtida amalga oshirish; xodimlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan DMTT rahbariyati va Kuzatuv kengashi bilan muammoni hal qilish; DMTTga joylashtirish uchun tarbiyalanuvchining sog‘ligi haqidagi tibbiy xulosa va qonuniy vakili haqidagi ma’lumotlarni (telefon rakamlari, yashash va ish joyi xakida ma’lumotnomalar) takdim etish; tarbiyalanuvchi betob bo‘lganda, zudlik bilan DMTT ma’muriyati va tibbiyot xodimiga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘ayganidan so‘ng tibbiy malumotnomani taqdim etish; tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun ota-onalar to‘lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatni DMTTga taqdim etish; tarbiyalanuvchi DMTTga vaqtincha kelmagan kunlari uchun DMTT rahbariyatiga ariza taqdim etish; DMTTning barcha xodimlariga, boshka tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish; tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini kuzatib borish, uni DMTTga toza va ozoda kiyingan holda olib kelish; tarbiyalanuvchining tug‘ilgan kuni va boshqa tadbirlarini nishonlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va pishiriqlarni DMTTga olib kirmaslik; DMTTga tarbiyalanuvchini har qanday qimmatbaho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu hollarda DMTT ma’muriyati ularning saqlanishiga javobgar bo‘lmaydi; yashash joyi yoki telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda DMTTning tegishli guruh tarbiyachisiga va rahbariyatiga bu hakda xabar berish; bolani DMTTdan olib ketishnivoyaga yetmagan yokibegona shaxslarga topshirmaslik topshirmaslik; ertalab bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda DMTTga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish. Qonuniyvakilnning qonun hujjatlariga muvofiq boshka majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.