16. Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda haqikiy hisoblanadi. 17. Ushbu shartnoma bo‘yicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar qoidaga ko‘ra, ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar. 18. Taraflar o‘rtasida o‘zaro hal qilinmagan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida hal qilinadi. 19. Mazkur shartnomada ko‘zda tutilmagan holatlar amaldagi qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibida hal etiladi. VIII. FORS-MAJOR HOLATLARI 20. Taraflar shartnomani fors-major holatlari, ya’ni yengib bo‘lmaydigan kuch, favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar tufayli majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar bo‘lmaydilar. 21. Sodir bo‘lgan fors-major holatlari to‘g‘risida taraflar bir-birlarini zudlik bilan yozma yoki og‘zaki tartibda xabardor qilishi shart. 22. Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlarini davomiyligini hisobga olib shartnomani amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin. IX. Korrupsiyaga qarshi qoidalarining ASOSIY SHARTLARI 23.Tomonlar shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarayotganda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga zid keladigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaydilar, shu jumladan pora, ya’ni (davlat organi yoki tashkilotning nomi) xodimi o‘z xizmat majburiyatlaridan foydalangan holda pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab muayyan harakatlarni sodir etishi yoki sodir etmasligi shartligi yohud mumkinligi uchun moddiy qimmatliklarni yoki mulkiy naf olish uchun quyidagi harakatlarni qilmaydi: pora berishni taklif qilish yoki va’da berish; tovlamachilik qilish; pora sifatida pul to‘lash; bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik berish.