22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari


Xalqaro logistik tizimlarning faoliyat ko‘rsatishining konseptual jihatlari



Yüklə 115,04 Kb.
səhifə3/24
tarix28.11.2023
ölçüsü115,04 Kb.
#169186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari-fayllar.org

8.2. Xalqaro logistik tizimlarning faoliyat ko‘rsatishining konseptual jihatlari

Logistika bo‘yicha zamonaviy xorijiy adabiyotlarda ham, mamlakatimizdagi adabiyotlarda ham logistik tizimlar tushunchasining yagona talqini mavjud emas. Ko‘pincha xorijiy olimlar va logistika va logistik menejment bo‘yicha mutaxassislarning ishlarida “logistik tizim” atamasi, “logistik zanjir” yoki “logistik kanal” atamalaridan farqli o‘laroq, juda kam ishlatiladi. Ko‘pincha bu tushunchalar tenglashtiriladi va shu sababli shuni ta’kidlash mumkinki, garchi logistikada u bazaviy tushuncha bo‘lib hisoblansada, logistik tizimning qaror topgan ta’rifi yo‘q. Aksariyat hollarda logistik tizim (logistic system) deganda qaytar bog‘laniga ega bo‘lgan, u yoki logistik funksiya va logistik operatsiyani bajaradigan, qoidaga ko‘ra, bir nechta tagtizimlardan tashkil topgan, tashkiliy jihatdan tugallangan, yagona boshqarish jarayoniga va tashqi muhit bilan rivojlangan aloqalarga ega bo‘lgan moslashuvchan tizimni tushunish qabul qilingan [14, 10-bet].


Logistik tizim shuningdek uning elementlari ularning ustida umumiy maqsadlar va samaradorlik kriteriylaridan kelib chiqish bilan bu elementlarni bog‘laydigan logistik operatsiyalar bajariladigan moddiy, moliyaviy va axborot oqimlari bo‘lib hisoblanadigan tizim sifatida ham ta’riflanadi. Logistik tizimga bu ta’rif iqtisodiy nuqtai-nazardan berilgan.
Biroq keyingi vaqtlarda ilmiy adabiyotlarda logistik tizimning yana bir tushunchasidan tobora ko‘proq foydalanilmoqda, unda biznesning uslubiyatli yonlashuvi va pozitsiyalari ko‘proq to‘liq umumlashtirilgan: logistik tizim – murakkab, tashkiliy jihatdan tugallangan, yagona boshqarish kengligida moddiy oqimlar va boshqa hamrohlik qiluvchi oqimlar bilan o‘zaro bog‘langan, ularning jamlanmasi, faoliyat ko‘rsatish chegaralari va vazifalari biznesni tashkil qilishning konkret maqsadlari bilan birlashtirilgan elementlar va zvenolardan tashkil topadigan iqtisodiy tizimdir [14, 11-bet].
Logistik tizimning maqsadi – tovarlar va mahsulotlarni berilgan joyga kerakli miqdor va assortimentda, xarajatlarning optimal darajasi bilan, ishlab chiqarish iste’moli yoki shaxsiy iste’molga maksimal darajada tayyor holatda yetkazib berishdan iborat. Logistik tizim funksional tagtizimlar bilan bir qatorda ta’minlovchi tizimlarni (moliyaviy tizimlar, axborot tizimlari, huquqiy tizimlar, xodimlar tizimlari va boshqalar) ham o‘z ichiga oladi [2, 69-bet].
Logistik tizimlarni bor-yo‘g‘i ikkita kriteriy – harakatlar sferasining ko‘lamlari va foydalaniladigan logistik tizimlarning turlari bo‘yicha tasniflash bilan logistik tizimlarning to‘qqizta turini olish mumkin, ular 8.1 jadvalda keltirilgan.
8.1 jadval.
Logistik tizimlarning tasnifi

Tasniflash alomatlari


Harakatlar ko‘lami


Logistik zanjirlarning turi bo‘yicha


To‘g‘ri

Qayishqoq

Eshelonlangan


Makrologistik tizimlar


I

II

III

Mikrologistik tizimlar

I daraja


IV

V

VI

II daraja

VII

VIII

IX

Logistik tizimlar faoliyat sferasining ko‘lami bo‘yicha makro- va mikrologistik tizimlarga bo‘linadi.


Yüklə 115,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin