O`zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə1/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
TARIX SESSIYA


TKTI 2022-2023 o’quv yili uchun 1-kurs Kunduzgi ta’lim shakli talabalariga “O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan Yakuniy nazorat savollari jamlanmasi va ularning javoblari.



  1. Eng yangi tarix” tushunchasiga ta`rif bering.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim hisoblanadi.O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazish muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotni isloh qilish bilan bir vaqtda, milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlash jarayonlari boshlandi. Tarixiy xotira - milliy o‘ziga xoslikni tarixan idrok etishda asos bo‘lib xizmat qildi. Ma’lumki, tarixiy xotira xazinasi millat taraqqiyotiga yordam beradigan milliy ongning samarali kuchi sifatida ona tiliga, turmush tarziga, urf-odatlari va madaniyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Bu shunchaki ma’naviy merosni saqlab qolish uchun tarixiy qadriyatlarni jalb qilish emas, balki ma’naviy tiklanish yo‘lini boshlash uchun xalq o‘zining ko‘p asrlik tarixiga, ming yillik madaniy tajribasiga, buyuk ajdodlari merosiga murojaat qilishi va O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qanday ma’naviy-axloqiy boyliklar bilan kirishi kerakligini anglatadi.





  1. O`zbekiston eng yangi tarixini necha bosqichga bo`lib o`rganamiz?

O‘zbekistonni mustaqil rivojlanishining mohiyati, mazmuni va ahamiyatini baholab, mamlakat yaqin tarixini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin.



Yüklə 179,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin