MAZMUNI: 21. “O‘zbekiston SSR tarkibida Qoraqalpog‘iston ASSR suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya” qachon qabul qilindi?
Ko‘p millatli O‘zbekistonda fuqarolar o‘rtasida tinchlik va millatlar o‘rtasida totuvlikni ta’minlashga alohida e’tibor berildi. Jumladan, qoraqalpoq xalqi ham o‘zbek xalqi yordamida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohada katta yutuqlarga erishdi. 1990 yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston ASSR Oliy Soveti 4-sessiyasida “O‘zbekiston SSR tarkibida Qoraqalpog‘iston ASSR suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya” qabul qilindi.
22. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” Qonun qachon qabul qilingan va u necha moddadan iborat? O‘zbekiston Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari 6-sessiyasida O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilindi va “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi.
17 moddadan iborat bu qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining quyidagi asosiy belgilarini ko‘rsatib berdi:
1-moddada O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilinishi ko‘rsatib o‘tildi.
2-moddada O‘zbekiston Respublikasining xalqi suveren ekanligi va u respublika davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi ta’kidlandi.
3-moddada O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilashi qonunlashtirildi.