15. O`zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o`zaro aloqasining dastlabki huquqiy asoslari to`g`risida nimalarni bilasiz?
Iqtisodiy qo‘mita, Parlamentlararo assambleya va boshqalardan iborat, Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qo‘mitasi MDHning doimiy ishlovchi organi hisoblanadi.
O‘zbekiston MDH da davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga harakat qilib kelmoqda.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda Yagona iqtisodiy hudud (1993), Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (1999), Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti (MOHT, 2002)ni tuzish tashabbuslari ma’qullandi.
2000 yil 10 oktyabrda Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston davlatlarining rahbarlari tomonidan Ostona shahrida imzolangan shartnoma asosida Evrosiyo iqtisodiy hamjamiyati tuzildi.
2005 yilning oktyabrida O‘zbekiston Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashida Evrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (EvrAzES)ga a’zo bo‘lish maqsadini bildirdi.
2006 yil 25-yanvarda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan EvrAzES sammitida O‘zbekistonning Hamjamiyatga a’zo bo‘lishi hamda MOHTning EvrAzES bilan birlashishiga doir qarorlar qabul qilindi.
Mazkur tashkilotning asosiy maqsadlari: davlatlararo integratsiyaning yuqori darajasini ta’minlagan holda o‘zaro savdo-sotiqda bosqichma-bosqich to‘siqlarni bekor qilish yo‘li bilan,