225 O’rta osiyo xalqlari tarixida IX-XII asrlarda yuz



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix18.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#99714
1   2   3   4   5
o-rta-osiyo-xalqlari-tarixida-ix-xii-asrlarda-yuz-bergan-uygonish-davri-yuksalishni-yuzaga-keltirgan-omillar

 
 

Fanda "Uyg'onish davri" deb ataladigan davr G'arbiy va Markaziy Yevropa 
mamlakatlarida XIV-XVI asrlardagi rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini ifodalash 
uchun ishlatilgan.Birinchi marotaba "uyg'onish" atamasini XVI asr italyan rassomi va 
tarixchisi J.Vazari o'z asarlarida ishlatiladi. [2, 154-156 b.] "Uyg'onish", "Uyg'onish 
davri" atamalari XIV -XVI asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, 
ko'proq antik davr merosini,ya'ni antik madaniyatga o'xshash madaniyatini qaytadan 
"tirilishi", uyg'onishi" ma'nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng 
qoʻllanila boshlandi.Shu ma'noda ko'pchilik tadqiqotchilar IX-XII asrlar O'rta Osiyo 
xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishini o'ziga xos xususiyatlarini ham 
"uyg'onish"davr deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek,shartlidir deb hisoblaydilar.[2, 
156-158 b.]


227 
IX-XII asrloar O'rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va maʼnaviy hayotning 
rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo'ldi.VIII asrda Arab 
xalifaligi hozirda O'rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo'lgan, bosib olingan 
yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy -iqtisodiy va maʼnaviy hayot Arab xalifaligi 
tartib-qoidalariga butunlay bo'ysindirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o'lkalarda 
faqat islom diniga emas,balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili 
xalifalikning davlat tili bo'lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu 
mamlakatlarda arab tilini o'zlashtirshga intilish kuchli bo'lgan.islomni qabul qilgan 
aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur'on suralarini tilovat qilishdan 
iborat boʻlgan bo'lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan 
yaqinlashish va mamlakatda o'z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashni garovi 
deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo'lgan ehtiyoj va intilish tufayli ko'p vaqt o'tmay 
Movarounnahrda o'z ona tilidan ko'ra arab tili va yozuvini o'zlashtirib olgan bilimdonlar 
paydo bo'ldi. Chegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun 
ilm ahli suv va havodek zarur bo'lib qoldi. Davlatni boshqarishda xalifalik ma'muriyati 
bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli 
bo'lgan bilimdonlar ham oz bo'lib, borlari ham zaif edi. 

Ilm – fan, madaniyat va san’atda o’ziga xos o’zgarish yasagan qomusiy bilim 
sohiblari, olim, fozil, barkamol shaxslar ilk o’rta asrlar zamoni Sharq Uyg’onish davri 
nomi bilan ma’lum. O’zining ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy belgilarga ko’ra bu davr XV – 
XVI asrlarda G’arbiy Yevropada mamlakatlaridagi madaniy hayot, ilm – fan, falsafiy 
tafakkur sohasidagi buyuk yuksalishlar yuz bergan Renessans davriga ham qiyos qilinadi. 
[1, 446-447 b. ] Sharq renessansi iborasi va fikri ilk bor yevropalik sharqshunos olim 
A.Mets ning “Musulmon Renessansi” kitobida ilgari surilgan edi. Bu asar IX – X 
asrlardagi arab xalifaligi tarixiga bag’ishlangan kitob ko’plab olimlarning diqqat 
e’tiborini jalb qildi. Sharqda uyg'onish davri deganda ko'pchilik olimlar davrning 
madaniy taraqqiyot sohasidagi muvaffaqiyatlarini nazarga olib, uyg'onish g'oyasini 
muayyan bir tarixiy davrga xos ilm-fan, madaniyatning yuksalishi dehan ma'noda talqin 
etadilar.ularning fikricha sharq renessansi insoniyatning madaniy - tarixiy taraqqiyotidagi 
ana shu yuksalish davrlaridan biridir."Renessans" ( uyg'onish) tushunchasi esa sharqqa 
nisbatan shartli ravishda qo'llaniladi.
Sharq va g'arb uyg'onish davrlaridagi ijtimoiy -iqtisodiy negizlarining turlicha 
holatlarini ko'rsatish bilan birga IX-XII asrlarda sharq musulmon mamlakatlaridagi 
uyg'onishning yevropa renessansi arafasida jahon madaniyati taraqqiyotidagi muhim 
bosqich bo'lganini esdan chiqarmaslik lozim. Sharq uyg'onish davri tarafdorlarining 
ko'pchiligi bu nuqtayi nazarni e'tirof etadilar. Ammo ular sharqqa nisbatan renessans 
tiklanish, uyg'onish istilohini shartli ravishda ishlatish mumkin deb hisoblaydilar. Ming 
yilliklar davomida turli sivilizatsiya va madaniyatlar, jahon savdo yo'llari chorrahasida 
joylashgan o'lkamiz hududida o'ziga xos bebaho ma'naviy qadriyatlar va madaniyat 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin