225 O’rta osiyo xalqlari tarixida IX-XII asrlarda yuz



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix18.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#99714
1   2   3   4   5
o-rta-osiyo-xalqlari-tarixida-ix-xii-asrlarda-yuz-bergan-uygonish-davri-yuksalishni-yuzaga-keltirgan-omillar

228 
mavjud bo'lgan. Ilg'or madaniyat, ilm - fan xalifalik hukmi davrida aynan yurtimiz 
hududida rivoj topgan bevosita Bag'dod xalifaligidagi musulmon uyg'onish davri, ilm - 
fan madaniyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Ulkan xalifalik hududida taraqqiyot 
darajasi turlicha o'lka va xalqlarning bir davlatga birlashuvi, ular o'rtasida tegishli 
munosabatlarning o'rnatilishi, iqtisodiy hayotning ravnaq topishi ichki va tashqi savdo 
aloqalari rivojiga turtki bo'ldi. Bu esa xalifalik xalqlari madaniyatining yuqori taraqqiy 
etishiga ham turtki bo'ldi. Taraqqiyot, shuningdek, al-kimyoni rivojiga keng yo'l 
ochadi.ulkan xalifalik hududida arab tili nafaqat vosita tili balki ilm -fan tiliga ham 
aylandi.shu davrda yaratilgan aksariyat ilmiy adabiyotlar arab tilida bitilar edi.
Abbosiy xalifalar (750-1258) davrida yuqorida taʼkidlangan o'zgarishlar 
yanada taraqqiy etdi. Islom madaniyati,ilm turmush tarzi, urf-odat, madaniyat, 
meʼmorchilik sohalarida ko'proq sharqiy hududlar xususan Movarounnahrda namuna 
oldi, koʻp holatda Eron, Xuroson, Movarounnahr zaminidan chiqqan arboblar xalifalik 
ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy hayotida muhim rol oʻynay boshladilar. Abbosiylar davrida 
yaratilgan ma'naviy boylikda ajdodlarimizning ulkan hissasi katta edi. 762-yili xalifalik 
poytaxti Damashqdan Bag'dodga ko'chdi. Tez orada Bag'dod xalifalik ilmiy markazga 
aylandi.abbosiy xalifalardan Xorun ar -Rashid (786-809), ayniqsa Al -Ma'mun (813-833) 
nafaqat ilm fanga hayrixohlik bilan qaradilar, balki uning rivojiga ham homiylik qildilar. 
[1, 446 b.] Xorun ar-Rashid davrida Bag'dodda tashkil etilgan kutubxonada ko'plab noyob 
kitoblar jam etilib, boshqa tillardagi adabiyotlarni tarjimonlar arab tiliga o'girar edilar.
Al -Ma'mun hukmronligi davrida ilm-fan sohasiga homiylik yanada kuchaydi. 
Tabobat, falsafa, astronomiya, matimstika fanlariga oid yunon, suriya sanskrit pahlaviy, 
xorazm tillaridagi asarlar arab tiliga tarjima qilindi. Al-Ma'mun diniy ilmlar, falsafa aniq 
fanlar bilan qiziqqan va o'zi ham ular bilan muntazam shugʻullangan. Uning bevosita 
homiyligi ostida Yunoniston, Hindiston, Rum, Eron va Marvdan "Bayt ul -hikma"ga katta 
miqdorda turli mavzudagi kitoblar tushgan. Shu tariqa xalifalik poytaxti Bag'dodda "Bayt 
ul -hikma" ("donishlar uyi") -"halifa ma'mun akademiyasi tashkil topdi. Ilm markazida 
olimlaring aksariyati Xuroson, Movarounnahr, Baqtriya va Fargʻonadan bo'lgan. Bizning 
davrimizgacha IX - XII asrlar madaniayti, ilm - fan va falsafiy tafakkur robojiga doir 
anchagina manbalar yetib kelgan. Masalan, Yoqut al- Hamaviy ( 1179 - 1229 ) " Irshod 
al- arib ila ma'rifat al - adib" asarida IX - XII asrlarda Markaziy Osiyo va Xurosonda 
yashagan. Mashhur va iste'dodli fan va madaniyat arboblari haqida, jumladan Mahmud 
ibn Aziz al - Xorazmiy, Ahmad ibn Muhammad Abul - Fadi, Ahmad ibn Muhammad 
Abul - Husayn al - Xorazmiy, Hasan ibn al - Muzaffar Abu -Ali, Ali ibn - Iroq , Abu - 
Yaqub as - Sakkokiy ( Xorazmdan ), Muhammad ibn Muhammad al- Muhammad al- 
Xorazmiy kabinadib va faylasuflar haqida batafsil ma'lumotlarni beradi. [1, 447-449 b.] 
Shu tariqa aksariyat O'rta Osiyo zaminidan chiqqan olimlar qo'li bilan arab tildagi 
ilm - fan yuzaga keldi. Yevropada keyinchalik katta xatoga yo'l qo'yilib, ularning 
barchasini "arab olimlari" deb atashgan edi. "Bayt ul - hikma" da yunon fani, hind - 


229 
sanskrit madaniyatini o'rganildi, tibbiyot, astranomiya, matematikaga oid adabiyotlar 
tarjima qilindi, ularning ba'zilariga sharh yozildi, zamonaviy algebra, geometriya, optika 
asoslari yaratildi, kimyo fani juda taraqqiy topdi. Akademiya nafaqat tarjima va tahlil 
ishlari bilan, balki ilmiy asnodagi ekspeditsiyalarni ham uyushtirgan. Shu davrda nafaqat 
poytaxt Bag'dod balki Kat, Marv, Buxoro, Samarqand, Balx va boshqa O'rta Osiyo 
hududlaridagi shaharlarda ham ilm - fan keng taraqqiy topa boshlagan. Islom dini Qur'on 
va hadislardagi ta'limotda ilmga intilish, diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlarni 
ham egallashga imkoniyatini namoyon qildi. Bu esa o'z navbatida oddiy aholi ichida ham 
xat - savod chiqarish, badiiy adabiyotdan boshlang'ich ma'lumot olish, islom diniga oid 
bilimlar ko'nikmasiga ega bo'lish, afsona, rivoyat, doston, ertaklardagi qahramonlarni 
madh etish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Rasmiy doirada ilm - fan, ma'rifatni qo'llab - 
quvvatlash mazkur soha vakillari obro' - e'tiborini nihoyatda yuksak mavqega erishuviga 
sabab bo'ldi. Islom dinining birlashtiruvchi kuchi tufayli ilm - fan va madaniyat bobida 
ulkan muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. 
IX - XII asrlar O'rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma'naviy hayotning 
rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo'ldi. IX - X asrlarga 
kelib Movarounnahr hududida mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy 
barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta ta'sir ko'rsata 
boshladi. Buxoro, Samarqand, Gurganj va Marv kabi shaharlar ilm - fan va madaniyat 
markazlari sifatida shakllanib, rivojlana boshladi. Yoqut al - Hamaviy " Mo'jam al - 
buldon" asarida shunday yozadi: " Movarounnahr eng ko'rkam, eng unumdor va xazinasi 
ko'proq o'lkalardandir. Aholisi esa yaxshilikka va saxovatga rag'batli chaqirgan kishiga 
kamtarlik bilan muomila qiluvchi, qo'llarida borini baham ko'ruvchilardir. Agar bir 
xonadonda bir kechada yuz, ikki yuz yoki ko'proq odamlar ot ulovlari bilan mehmon 
bo'lsa, ulovlarga yem - xashak, o'zlariga taom va ko'rpa to'shaklar ham topish mumkin 
edi. Uy egalari esa bu narsa doimiy odat bo'lganligi uchun hech qiynalmasdilar. 
Movarounnahr aholisining ko'pchiligi o'z mablag'larini bog' - rog' barpo qilishga, yo'llarni 
ta'mirlashga sarf qilishga odatlanganlar. Ko'rkamlikda esa butun dunyoda Buxorodan 
go'zal joy yo'q". [1, 448 b.] 
Yuqorida koʻrib oʻtilganidek, IX-XII asr boshlarida O'rta Osiyoda Somoniylar
Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar.bu 
davlatlar xalqaro maydonda o'z mavqei va tutgan o'rni jihatidan katta e'tibor va nufuzga 
ega bo'ldilar. Ahmad, Nasr, Ismoil Somoniy, Alptagin, Mahmud Gʻaznaviy, To'g'rulbek, 
sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko'ra oladigan davlat arboblari 
davrida O'rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat 
hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. 
O’rta Osiyo hukmdorlari ahli bilan yaqinlashib, mamlakatni boshqarishda ularning bilimi 
va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o'z saroylarida 


230 
olim,shoir va usta san'atkorlar, turki sohalar boʻyicha qimmatbaho kitoblarni to'plashga 
odatlandilar.
Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar, kutubxonalardagi nodir qoʻlyozma asarlar 
bilan mag'rurlanadilar. Damashq, Qohira, Bag'dod, Kufa, Basra va boshqa katta 
shaharlarda O'rta Osiyodadan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshgan 
ajdodlarimiz soni bu davrga kelib ko'paya bordi. Bag'dod shahri sharqning ilm-fan 
markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda "Bayt ul -hikma"-("donisandlar 
uyi") sharqning o'ziga xos fanlar akademiyasi tashkil etilgan edi. [4, 136-138 b.] Bunga 
monand xolda X asr oxirida Xorazmda ham Xorazmshoh Ma'mun davrida (995-997y). 
Donishmandlar uyi -"Baytlar ul -hikma -"Ma'mun akademiyasi "(Xorazm 
akademiyasi)tashkil topdi. Bu ikki ilm o'chog'ida sharqning mashhur va ma'lum olimu-
allomalari tahsil olganlar.ular orasida Ahmad Farg'oniy, Al-Xorazmiy,Beruniy ,ibn Sino 
va boshqa buyuk allomalarning nomlari bor. 
Xulosa:
Ushbu maqola nafaqat Sharq balki G'arb mamlakatlarida vujudga kelgan 
uyg'onish davri tarixidan bayon etiladi. O'rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma'naviy 
hayotning rivojlanishida oldingi davrlarida nisbatan yuksalish davri bo'ldi. Bu davrda 
arab tilining keng yoyilishi ham bilimlarning rivojlanishiga turtki bo'ldi. Ko'pchilik 
olimlar faylasuflar shu davrda ijod qilishgan. Ulkan xalifalik hududida taraqqiyot darajasi 
turlicha o'lka va xalqlarning bir davlatga birlashuvi ular o'rtasida tegishli 
munosabatlarning o'rnatilishi, savdo sotiqning rivojlanishiga olib keldi. Rasmiy doirada 
ilm - fan, ma'rifatni qo'llab quvvatlash mazkur soha vakillari obro' e'tiborini nihoyatda 
yuksak mavqega erishuviga sabab bo'lgan. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin