23 м strreplMakroiqtisodiy beqarorlik: inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya


Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə2/16
tarix30.03.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#91669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Makroiqtisodiy beqarorlik inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya 23-fayllar.org

Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib otib, ozining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar otgan davr tushuniladi.2 Iqtisodiy sikl milliy iqtisodiyotning bir inqiroz boshlangandan keyingi inqiroz boshlanguncha davrdagi harakat shaklidir.



Inqirozning turli xil oqibatlari faqatgina uning xarakterini emas, balki inqirozni yumshatishi yoki qattiqlab yuborishi mumkin bo‘lgan inqirozga qarshi boshqaruvning tavsifini ham aniqlaydi.

I qtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarni iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi chuqur o‘zgarishlarni aks ettiradi.

I qtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan davrni ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi (30-rasm). Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning bir qator fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.
Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning o‘sishi to‘xtab, ssuda foiz normalari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi.
Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi.


Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham sekin ko‘tarilib, ssuda foiz normasi o‘sa boshlaydi.

Iqtisodiyot bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.




Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin