Sikl to‘g‘risidagi nazariyalar, uning asosiy turlari. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlash orqali bir qator nazariyalar vujudga kelgan. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
Sof monetar nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha bozor iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarda markaziy o‘rinni pul va kredit harakati egallaydi. Iqtisodiyotning siklli o‘zgarishi eng avvalo pul massasi oqimini o‘zgartirishga bog‘liq.
Iqtisodiy faollikning o‘sishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi, uning turg‘unlik bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining o‘zgarishidir. Tovarlarga talabning ortishi nati-jasida savdo hajmi, chakana narx o‘sib, ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi.
Pul oqimi (iste’mol sarflari summasi) pul miqdorining o‘zgarishi natijasida o‘zgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi.
Pul va kredit tizimi beqaror tavsifga ega ekanligi sababli pul oqimini barqarorlashtirish qiyinlashadi. Hozirgi paytda kredit pullari to‘lov va muomala vositasi sifatida asosiy rolni o‘ynaydi. Aynan bank tizimi kredit pullarni yaratadi, shunga ko‘ra, pul oqimining o‘zgarishida banklarning hisob stavkalari katta ahamiyat kasb etadi. Bu nazariyaning ayrim tarafdorlari pulni harakatga keltiruvchi kuch sifatida qarab, uni muvozanat buzilishiga asosiy sabab deb ko‘rsatadi.
Ikkinchi guruhi esa pul tizimi mutanosiblikni buzmaydi, faqat uning buzilishiga olib keluvchi boshqa omillar uchun sharoit yaratadi, degan fikrni ilgari suradilar. SHunga mos ravishda monetar va nomonetar yo‘nalish vujudga keldi. Monetar nazariyaning e’tiborga loyiq tomonlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1) yuksalish fazasi davrida kreditni kengaytirish tufayli kelib chiqqan ishlab chiqarish tuzilmasidagi nomutanosibliklari tahlil qilinadi;
2) mazkur nomutanosibliklarning salbiy natijasida sifatida kelib chiquvchi inqirozlar tahlil qilinadi.
Siklik Ta’sir: Uzoq-Muddatli va Qisqa Muddatli Garchi iqtisodiy sikl iqtisodiyotda har qachon kuzatilsada, u turlicha segmentlarga turlicha yo’llar orqali turlicha darajalarda ta’sir ko’rastadi. Asosiy tovarlarni ishlab chiqarayotgan fi rmalar va ishlab chiqarish tarmoqlari va uzoq muddatli iste’mol tovarlariga iqtisodiy sikl katta ta’sir ko’rsatadi. Imkoniyat darajasida, fi rmalar asosiy tovarlarni ishlab chiqarishni kechiktirib turishlari mumkin. iqtisodiyot oqsayotgan bo’lsa, ishlab chiqaruvchilar yangi asbob-uskunalarni xarid qilishni va yangi zavod-fabrikalarni qurilishini kechiktirib turadi. Iqtisodiyotning istiqboldagi ahvoli asosiy tovarlarni ishlab chiqarilish ko’lamini oshirishni kafolatini bermaydi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari yaxshi bo’lganda, asosiy tovarlar odatda, ular umuman foydalanishdan chiqarilishidan avval boshqasiga almashtiriladi. Ammo, inqiroz qo’ng’irog’i bong ursa, fi rmalar o’zlarining eski uskunalarini ta’mirlab, ularni qayta foydalanishga jalb etadi. Natijada, asosiy tovarlarga qo’yiladigan investitsiyalar keskin sur’atda pasayib ketadi. Ishlab chiqarish qudrati yuqori bo’lgan firmalar muomaladan chiqib ketayotgan sarmoyani o’rniga qo’yishga bosh qotirmaydilar. Ular uchun, sof investitsiya salbiy ko’rinishda bo’lishi mumkin. Bu holat avtomobillar va asosiy uy jihozlari kabi uzoq muddatli foydalanib bo’ladigan iste’mol tovarlariga ham taa’luqlidir. Qachon iqtisodiy inqiroz yuz bersa va uy-xo’jaliklar o’z byudjetlarini qisqartirsa, bu mahsulotlarni xarid qilinishi sekinlashadi. Oilalar yangi uy johozlari yoki avtomobillar sotib olish o’rniga eskilarini ta’mirlashga tushib ketadilar hamda bu mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan firmalar bundan katta aziyat chekadilar. Aksincha, xizmatlar ko’rsatish sohasi va qisqa muddatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar har qalay inqirozning bunday keskin oqibatlaridan uzoqroqda bo’ladilar. Odamlar endi kerakli tibbiy va qonuniy xizmatlarga xarajatlarni qisqartirmaydilar. Inqiroz garovga narsa qo’yib pul beruvchi garovxona egalari va bankkrotlik ishlari bilan shug’ullanuvchi huquqshunoslik fi rmalariga qaysidir darajada foyda keltiradi. Chunki ular inqiroz ketidan ancha pul ishlab olishlari mumkin. Oziq-ovqat va kiyim-kechak kabi qisqa muddatli tovarlarning xaridlarini kechiktirib bo’lmaydi. Qisqa muddatli tovarlarning xaridlarining sifati ham, miqdori ham pasayadi, lekin bu ko’rsatkich asosiy va uzoq muddatli tovarlarda kuzatilmaydi.6 Shunday qilib, bu nazariya jamg‘arishning davriy ravishda oshib ketishi va mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulning xarakterini ko‘rsatadilar. Nomonetar nazariya tarafdorlari esa texnologik o‘zgarishlar, yangiliklar, ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, ularning pul jamg‘arishning ko‘payib ketishidagi rolini ko‘rsatishadi. Monetar va nomonetar nazariyalar o‘rtasidagi farq uncha katta bo‘lmasdan, biri ikkinchisini to‘ldiradi.
Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faollikning o‘zgarishiga iste’mol emas, balki investitsiya sabab bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi.