Psixologik nazariya. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushuntirishda psixologik nazariyalar ham o‘z o‘rniga ega. Psixologik nazariya tarafdorlari (J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni kirtish mumkin.) fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga ob’ektiv iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqalar ta’sir ko‘rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro‘y beradi. Kredit tizimining rivojlanishi talab va ishlab chiqarishning o‘sishi odamlarning ruhiyatini ko‘taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilarda likvidligi yuqori bo‘lgan pul jamg‘arishga moyillik ortib borishi o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi62. Biroq iqtisodiy fanda ularning faqat bir nechta turlari aniq bo‘lib qisqa, o‘rta va uzoq muddatli sikllarni ajratish qabul qilingan. Mazkur sikllarning barchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, uzoq muddatli sikllar oqimida o‘rta va qisqa muddatli, o‘rta muddatli sikllar to‘lqinida esa bir nechta qisqa muddatli sikllar mavjud bo‘ladi. Ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan asosiy turlari 19-jadvalda ifodalangan.
Sikl turlari
Siklning davomiyligi
Asosiy xususiyatlari
Kitchin sikli
2–4 yil
Zaxir Zaxiralar miqdori: YAMM, inflyasiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari
Jyuglar sikli
7–12 yil
Investitsion s Investision sikl : YAMM, inflyasiya va bandlikning tebranishi
Kuznets sikli
16-25 yil
Daromad immigratsiya uy-joy qurilishi yalpi talab