23 м strreplMakroiqtisodiy beqarorlik: inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya


Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə6/16
tarix30.03.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#91669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Makroiqtisodiy beqarorlik inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya 23-fayllar.org

Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi. Bu nazariyada daromadlarni ko‘proq jamg‘arib, etarli darajada iste’mol qilmaslik iqtisodiyot siklli rivojlanishining sababi qilib ko‘rsatiladi:
1) mablag‘ni jamg‘arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turg‘unlikka olib kelishi mumkin, chunki bu mablag‘ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi;
2) pulni jamg‘arish iste’molga sarflarini qisqartirib, iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi.
3) investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg‘arish hajmi o‘sib, iste’mol tovarlariga talab kamayib borishi sharoitida, taklif ortganda, narx pasayadi, iste’mol tovarlari bozoridagi nomutanosiblik inqirozga olib keladi.


Jamg‘arish nazariyasi. Bu nazariya iqtisodiy siklni ishlab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish hajmi bilan bog‘laydi. Kunlik va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari hamda investitsion tovarlar ishlab chiqarish sikllari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi.
Kunlik iste’mol tovarlari doimiy iste’mol qilinishi sababli, ularni iste’mol qilish hajmi o‘zgargan taqdirda ham iqtisodiy faollikda uncha katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar domiy ravishda emas, balki iste’molchi daromadi ko‘paygan taqdirda sotib olinadi. SHu sababli, bunday tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni uzluksiz davom ettirish talabi esa investitsion tovarlarni doimiy ishlab chiqarish zarur qilib quyadi.
Iste’mol o‘sib borishi bilan investitsion tovarlarga talab ham ortadi. Bunda ishlab chiqarish tarkibida nomutanosibliklar yuz beradi, ya’ni kundalik va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari hamda investitsion tovarlarni ishlab chiqarish o‘rtasida nisbatlar buziladi.
Inqirozning sababi ana shu nisbatlarning buzilishidir. Lekin ko‘pchilik iqtisodchilar etarli darajada iste’mol qilmaslik inqirozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb ta’kidlaydilar. Ya’ni iste’molchilar daromadlarini ko‘proq jamg‘arishga ajratganlari uchun emas, balki to‘lov qobiliyatining etarli emasligi, ya’ni xarid qilish uchun pulning etishmasligidan bunday inqiroz kelib chiqadi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin