Dumalash podshipnigining kinematikasi. Sharchalar podshipnikda planetar harakat qiladilar. 23.6 - rasmda ichki halqa aylangan holat uchun tezliklar rejasi tasvirlangan.
bu yerda V1= (23.6)
23.6-rasm. Dumalash podshipnigi kinematikasiga oid tarh
Sharchaning o‘z o‘qi atrofidagi burchak tezligi
ωsh=2(v1-v0)/Dsh=0,5ωD1/Dsh . (23.7)
Sharchaning val o‘qi atrofidagi burchak tezligi yoki ajratgich (separator) ning burchak tezligi
. (23.8 )
Demak, ajratgich val aylanishi bo‘yicha valning yarim burchak tezligiga teng burchak tezlik bilan aylanadi.
(23.8) – formuladan ajratgichning burchak tezligi sharcha o‘lchamlariga bog‘liqligi ko‘rinadi. O‘zgarmas D1 da Dsh qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik ωc kichik bo‘ladi. Sharchalarning diametrlari bir podshipnikda turlicha bo‘lsa yoki ular noaniq tayyorlanganda kattalari separatorni to‘xtatishga harakat qilsa, kichiklari separatorni tezlatishga intiladi. Ajratgich va sharchalar o‘rtasida katta bosim va ishqalanish kuchi hosil bo‘lishi mumkin. Mana shu holat bilan sharchalar va ajratgichning yeyilishi, podshipnikdagi isrofning ortishi va ajratgichlarning sinishi aloqadordir. Mana shundan kelib chiqqan holda podshipnik detallarini tayyorlash mas’uliyatli vazifaligini ta’kidlaymiz.
Sharchaning halqalar bilan aloqasi qandaydir a-b-a yoy bo‘yichadir (23.6 - rasmga qarang). Sharchaning dumalashida a va b nuqtalarning tezliklari turlichadir. Mabodo, b nuqtada sirpanish mavjud emas deyilsa, u a nuqtada albatta bo‘ladi va aksincha. Demak, sharikli podshipniklarda dumalab ishqalanish bilan bir qatorda sirpanib ishqalanish ham kuzatiladi. Bu dumalash podshipniklaridagi qo‘shimcha yeyilish va isroflarga sababchi bo‘ladi. Rolikli podshipniklarda kontaktning hamma nuqtalari rolikning o‘qidan bir xil masofada yotganligi uchun faqat dumalash sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |